Apatit – Ca5[PO4]3 (F, Cl). Tarkibida CaO – 55,5 %, P2O5 – 42,3 foiz, ftor – 3,8 %, xlor – 6,8 % va tarqoq elementlardan Cl2O3 – 5 foizgacha bo‘ladi. U geksagonal singoniyali, igna shaklida, kalta ustunsimon va tabletkasimon kristallari holida uchraydi.
Apatitning magmatik intruziv jinslarda qilsimon nayzadek va ba’zan qisqa tabletkasimon kristallari mavjud. U rangsiz, shaffof, oq, och-yashil, havo rang, qo‘ng‘ir, ba’zan binafsha rangda uchraydi, shishadek yaltiraydi, notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi – 5; solishtirma og‘irligi – 3,2; mo‘rt, ulanish tekisligi yo‘q. Apatitning yirik konlari nefelinli sienit va ularning pegmatitlari bilan uzviy bog‘liq. Bu jinslar tarkibidagi yaxlit donador massalarda nefelin, sfen, evdialit, ishqorli amfibollar, egirinlar bilan bir assotsiatsiyada bo‘ladi (Kola yarim oroli, Rossiya – mashhur Xibinsk apatit koni). Bulardan tashqari, apatit uyumlari kontakt-metasomatik jarayonlarda vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |