Monatsit– (Ce, La…)PO4 Yunoncha «monaydzen» – «yakka qilish» demakdir («monax» so‘zidan olingan). Tabiatda u yakkayakka holda uchraydi. Tarkibi – seriy va lantan 50–68 %, P2O5 – 22– 31,5 %. Izomorf aralashma holida ittriy – 5 % gacha, toriy – 5–60 % atrofida bo‘ladi. Monatsit monoklinal singoniyali, tabletkasimon, prizmatik shakllarda uchraydi. Magmatik jinslarda (intruziv va pegmatitlarda) mayda donali, ba’zan bir necha kilogrammlik xillari mavjud. Uning rangi xilma-xil – qo‘ng‘ir, sarg‘ish-qo‘ng‘ir, jigarrang, qizil, ba’zan yashil; shishadek yaltiraydi, yog‘langandek. Qattiqligi – 5,5, solishtirma og‘irligi – 5,5. Monatsit kam uchraydi. Odatda nefelinli sienit, granit, alyaskit va ularning pegmatitlarida ko‘proq tarqalgan. U seriy, lantan hamda toriy olishda asosiy manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |