2-rasm. SFUning tashkiliy tuzilmasi
SFUlar nima? Ular bugungi kunda qanday vazifalarni bajaradi va uning boshqaruv tizimi qanday tartibda amalga oshiriladi?
Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) bir yoki undan ortiq suvdan foydalanuvchilarning xohish istagi bilan tuziladigan nodavlat-notijorat tash- kilotdir. SFUga qishloq xo‘jaligida shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari ki- rib, ularga beriladigan suvlarni adolatli taqsimlab, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini, magistral kanallar va suv yo‘llarini ta’mirlash uchun taqsim- lash va undan o‘z vaqtida foydalanishdan iboratdir.
SFU a’zoligiga yerga egalik huquqini qo‘lga kiritgan yuridik yoki jis- moniy shaxslar kiradi.
Uyushma a’zolarining bevosita o‘zlari yoki ularning vakillari SFU fa- oliyatini demokratik tamoyillar va uning Nizomi asosida boshqaradilar. SFU- ning boshqaruv tashkiliy tuzilmasi quyida aks ettirilgan.
SFUning oliy boshqaruv organi umumiy yig‘ilish qarori bo‘lib, unda bar- cha uyushma a’zolari yoki suvdan foydlanuvchilar vakillari qatnashadi. Ularning har biri bir ovozga ega hisoblanadi. Umumiy yig‘ilish vakolatiga SFU faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan ichki hujjatlarni tasdiqlash, ishchi va xiz-
matchilarning ish haqlarini belgilash, badal to‘lovlari hamda joriy va uzoq muddatli ish rejalarini tasdiqlash kiradi.
Umumiy yig‘ilishda kengash va taftish komissiyasining hisobotlari eshitiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
SFU kengash a’zolari esa ___kishi (jamoatchilik) asosida (ish haqisiz)
faoliyat yuritadi va har oyda o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazadi.
Taftish komissiyasi Uyushma va kengashning moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyatini (tahlil) nazorat qiladi va bu to‘g‘risida umumiy yig‘ilishga hisobot beradi.
Ijro organi va boshqaruvchi SFUning kundalik faoliyatini amalga oshiradi. SFUning moliyaviy manbalari, uyushma a’zolarining badallari, shartnoma asosida ko‘rsatilgan boshqa xizmatlar uchun to‘lovlardan tashkil topadi.
Fermer xo‘jaliklari uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
Fermer xo‘jaligi quyidagi huquqlarga ega:
berilgan yer uchastkasida o‘z ustavida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishni amalga oshirish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers kontraktlari tuzish;
yetishtirgan mahsulotini, shu jumladan, bu mahsulotni iste’molchilarga realizatsiya qilish huquqini o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish;
yetishtirayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan xizmatlariga narx belgilash;
elektr energiyasi, yonilg‘i–moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari yetkazib berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi yuzasidan shartnomalar tuzish;
tadbirkorlik faoliyatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad olish;
olgan daromadlarni, bank muassasasidagi o‘zining hisob varaqlarida bo‘lgan pul mablag‘larini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hamda mol-mulklarini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yo‘naltirilish;
kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini, shuningdek, yer uchastkasini ija- raga olish huquqini garovga qo‘yish;
kichik hamda xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari hamda boshqa mol- mulkni olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish hamda ularni ta’mirlash;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
3.7 Dehqonchilikda sug‘orish usullari va ilg‘or texnologiyalar
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning III bosqichi davom ettirilmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalarining qayta tuzilishi jarayoni intensiv ravishda amalga oshirilmoqda. Istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari asosida fermer xo‘jaliklari tashkil etilmoqda. 2005-yilda fermer xo‘jaliklari soni 140 mingga yetdi. Ushbu fermer xo‘jaliklarini suv bilan muntazam ta’minlashda 268 ta SFUlar tashkil etildi. Ikkinchidan, suv resurslarini boshqarish gidrografik asosda o‘tkazildi. Uchinchidan, qishloq xo‘jalik obyektlarini, inshootlarini modernizatsiya qilishni amalga oshirishga kirishildi. Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda sug‘orishning quyidagi usullari, turlari mavjud:
Yer ustidan, yuzasidan sug‘orish.
Yomg‘irlatib sug‘orish.
Tuproq ostidan, ichidan sug‘orish.
Tomchilatib sug‘orish.
Purkab, mayda dispersli, aerozol, tumanlatib sug‘orish.
Sug‘orish usuli sug‘orish tartibiga, mehnat unumdorligiga, yerning meliorativ holatiga, tekislash ishlariga, suv tarmoqlari joylashishiga, konstruk- siyasiga, qurilish va ekspluatatsiya xarajatlariga, mahsulot unumdorligiga ta’sir qiladi. Uning turini to‘g‘ri tanlash qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini va mahsuldorligini belgilaydi.
Sug‘orish usuli va turini belgilashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |