Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari berish tartibi va undan foydalanish
O‘zbekiston Respublikasining «Yer» kodeksi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunlariga muvofiq, fermerlarga yer uchastkalari uzoq mud- datli ijaraga berish tartibi bo‘yicha beriladi.
Yer uchastkalari fermer xo‘jaliklariga tanlov asosida ijaraga berilib, ijara muddati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Fermer xo‘jaliklariga quyidagi yerlardan ijaraga beriladi:
zaxira yerlaridan;
yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi yerlaridan;
qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi koopera- tivlari (shirkat xo‘jaliklari) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlaridan;
qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlaridan beriladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, Oliy o‘quv yurtlariga, akademik litseylari- ga, kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga, o‘quv-tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilmaydi.
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi xo‘jalikning biznes-rejasida nazarda tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva
mollarini boqish shartlari bilan tashkil etiladi. Bunda shartli ravishda har bir bosh mol hisobiga quyidagi koeffitsiyentlardan foydalaniladi: korxonalar (si- girlar, nasl olinadigan novvoslar, bo‘rdoqiga boqiladigan novvoslar) va otlar uchun 1 ga, yosh qoramollar uchun – 0,6, qo‘y va echkilar uchun – 0,1, cho‘chqalar uchun 0,3 hamda parrandalar uchun – 0,025.
Fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami har bir shartli bosh chorva moliga hisoblanadi;
Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyat- laridagi sug‘oriladigan yerlarda – kamida 0,30 gektarni;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlardagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni:
sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda – kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashayotgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami:
paxtachilik va g‘allachilik uchun – kamida 10 gektarni;
bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun – kamida 1 gektarni tashkil qiladi.
Yer uchastkasi fermer xo‘jaligiga imkoni boricha yagona mavze bo‘yicha, konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, uchastka chegaralari sug‘orish tarmoqlari, kollektorlar, yo‘llar va boshqa topografik elementlar bo‘yicha belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga berilayotgan yer uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vu- judga keltirmasligi kerak.
Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy, maqsadga muvofiq holda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari ekinlari- dan qishloq xo‘jaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan, belgilan- gan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi, amaldagi qonun huj- jatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqi- batlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qo‘pol ravishda buzilishi hi- soblanadi.
Agar bo‘lish vaqtida yangi tashkil etilgan yer uchastkalari «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va ushbu Nizom- da nazarda tutilgan eng kam o‘lchamlardan kam bo‘lmasa, fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilganda bo‘linishi mumkin.
Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha material- lar yer tuzish xizmati organlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hiso- biga tayyorlanadi.
Yer uchastkalari berish qoidaga ko‘ra, fermer xo‘jaligini tashkil etish va yer uchastkasini ijaraga olish to‘g‘risidagi barcha hujjatlar qishloq xo‘jaligi ekinlari yig‘ishtirib bo‘lingan muddatda rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlarda va zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari berish tartibi – bunda tu- man hokimi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlardan va (yoki) zaxiradagi yerlardan yer uchastkalari ajrat- ish to‘g‘risida, shuningdek, ushbu yerlarni fermer xo‘jaliklariga berish bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hokimning tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori mahalliy ommaviy ax- borot vositalarida e’lon qilinishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organ- lari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (ma’muriyati) binolarida osib qo‘yilishi kerak. E’londa quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: yer uchastkasining o‘lchami, joylashgan joyi, sifati va boshqa tavsiflari, tashkil etilayotgan fermer xo‘jaligining mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuvi, tanlovning o‘tkazilish vaqti va joyi. Tanlov uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar qilingan vaqtdan boshlab, bir oy mobaynida o‘tkazilishi kerak.
Yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi ariza tashkil etilayotgan xo‘jalikning biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi ilova qilingan holda tanlov e’lon qilingan- dan boshlab bir oy mobaynida tuman hokimiga beriladi. Ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, uning turarjoyi, so‘ralayotgan yer uchast- kasi joylashgan joy, uning maydoni, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi)ning nomi, mo‘ljallanayotgan ixtisoslashuv, chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi tashkil etishda–boqilishi mo‘ljallanayotgan mollarning turlari bo‘yicha bosh soni, yer uchastkasini ijaraga olish muddati ko‘rsatiladi. Fuqarolarning arizasi maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tuman hokimi arizani yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga beradi, komissiya fermer xo‘jaligiga yer uchast- kalari berish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi.
Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tuman hokimiga beriladi. Tuman hokimi komissiya qarori asosida, uch kun mobaynida fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ushbu qarorni hamda tanlov komissiyasi ishi natijalarini viloyat hokimi bosh- chilik qiladigan yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasiga tasdiqlash uchun yuboradi. Viloyat hokimi boshchilik
qiladigan komissiya taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash (yoki tasdiqlashni rad etish) haqida qaror qabul qiladi.
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foy- dalanishdagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydala- niladi. Ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyek- ti bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo‘jaligi tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin.
Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartiriladi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot et- gan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga mu- vofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi mud- datga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxo‘ri ega bo‘ladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflar o‘rtasida nizolar chiqqanda, sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shart- nomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq mahalliy budjetga to‘lanadigan har yilgi ijara haqi tariqasida yer uchastkasi- ning sifatiga, joylashgan yeri va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, yerning kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan yagona yer solig‘i stavkasi miqdorida undiriladi.
Davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida, fermer xo‘jaligi yer uchastkasidan foydalanganlik uchun ijara haqi to‘lashdan ozod etiladi.
Fermer xo‘jaligi loyiha asosida yerni o‘zlashtirsa, besh yil davomida o‘zlashtirilgan yer uchun yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |