12
Bizda risk toifalarining darajalanishi bank aktivlarini risk darajasini xisobga olgan
holda guruhlash ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Vujudga kelish shakllariga ko‘ra bank risklari: tizimli yoki tizimsiz risklarga
bo‘linadi.
Tizimli risklar – bank tizimidagi umumiy
vaziyat natijasida bankning
moliyaviy ahvoli o‘zgarishi ehtimoli sifatida ta’riflanadi.
Tizimsiz yoki nomuntazam
risklar – bank tizimida umumiy ahvol barqaror saqlangan holda alohida olingan
bankning moliyaviy ahvoli yomonlashish ehtimolini bildiradi.
Bank riskining bu turlari
odatda bir-biri bilan juda bog‘liq bo‘lganligi uchun amaliyotda bu turdagi risklarni bir-
biridan ajratish juda qiyin.
Vujudga kelish sabablariga ko‘ra risklar: sof va sun’iy risklarga bo‘linadi.
Sof risklar
– ko‘pincha ob’ektiv xususiyatga ega bo‘ladi va salbiy («0») natijaga erishish ehtimolini
bildiradi. Bu risklarga tabiiy, ekologik, transport risklari, tijorat riskining bir qismi kiradi.
Chayqovchilik risklari iqtisodiy faoliyat, jumladan bank
faoliyati bilan bevosita
bog‘liqdir. U ijobiy yoki salbiy natijaga erishish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Bu
risklarga paydo bo‘lish sabablariga qarab tabiiy, ekologik,
siyosiy va boshqa
kategoriyalar vositasida yuzaga keluvchi moliyaviy risklar kiradi.
Ta’sir vaqtiga ko‘ra risklarni:
retrospektiv, joriy yoki istiqboldagi risklarga ajratish
mumkin.
Retrospektiv risklar – bank faoliyatining o‘tgan davrdagi turli risklarga
bog‘liqligini ifodalaydi va joriy hamda istiqboldagi risklarni baholashga yordam beradi.
Boshqarish usuli buyicha bank risklari: ochiq va yopiq bo‘ladi.
Ochiq risklarni –
tartibga solib bo‘lmaydi.
Yopiq risklarni – esa boshqarish mumkin. Yopiq risklar
diversifikatsiya siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan tartibga solinadi. YA’ni
bunda bank
operatsiyalari umumiy hajmini saqlash maqsadida bir necha mijozlarga berilgan
kreditlarni kichik summalarda keng miqyosda taqsimlash yoki yirik kreditlarni
konsorsional
asosda berish; depozit sertifikatlarini joriy qilish; qayta hisobga olish
operatsiyalarini
kengaytirish, kredit va depozitlarni sug‘urtalash amalga oshiriladi.
Banklarda ko‘pincha mijoz tanlashga nomunosib yondashuv natijasida balanslashmagan
13
likvidlilik riski paydo bo‘lib, u beqaror iqtisodiy vaziyatdagi tashkilotlarni kreditlashga
ustunlik berilganda kelib chiqadi.
Hisoblash usuliga ko‘ra risklarni: umumiy yoki xususiy risklarni ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: