14
bevosita bog‘liq. Bu risklarning bo‘lishi va ularning darajasi esa importyor yoki
eksportyor davlatlar yoki kontragent mamlakatlardagi siyosiy-iqtisodiy
barqarorlikka
bog‘liq. Har bir mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka asoslanib, shu
mamlakatdagi risk darajasini baholay olish chet el kapitali ishtirokida tashkil topgan
qo‘shma banklar va bosh litsenziyaga ega bo‘lgan bank tashkilotlari uchun dolzarbdir.
Bank amaliyotida uning rahbariyati chet el kontragentlarining
moliyaviy barqarorligiga
noto‘g‘ri baho berish natijasida ancha xatolarga yo‘l qo‘yadilar. SHuning uchun biror
davlat bilan uzviy iqtisodiy aloqani o‘rnatishda, ayniqsa kredit va hisob-kitoblar bilan
bog‘liq
munosabatlarni olib borishda, undagi iqtisodiy-siyosiy barqarorlikni tahlil qilib
risk darajasini aniqlash lozim.
Mamlakat riskini baholashda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni
tahlil qilish lozim:
— iqtisodiyotning samaradorligi (bunda davlat bo‘yicha yalpi milliy
mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishi hisoblanadi);
—
siyosiy risk darajasi;
— jahon banki ma’lumotlariga asosan olingan kreditlar miqdori, ular bo‘yicha
qarzdorlik darajasi, kreditni qaytib to‘lash jarayonining amalga oshirilish sifati,
eksport
hajmi, tashqi qarzlar, tashqi savdo oboroti va boshqalar;
— bank kreditlarini olish imkoniyati;
— qisqa muddatli kreditlash imkoniyati;
— uzoq muddatli kreditlash imkoniyati;
— fors-mojor holatlarining yuzaga kelishi;
— mamlakatning kreditga layoqatlilik darajasi; tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lanmagan
majburiyatlar va boshqalar.
Riskning asosiy turlari bir-biri bilan bog‘liq va amaliyotda ularni ajratish ko‘pincha
murakkabdir. O‘z navbatida siyosiy va iqtisodiy risk ham ichki, ham tashqi bo‘lishi
15
mumkin. Alohida olingan bank faoliyatiga sezilarli ta’sir qiluvchi risklar
ichki risklardir.
Banklar ichki risklariga bankning o‘z
faoliyati, uning mijoz (qarzdor)lari yoki uning
muayyan kontragentlari bilan bo‘lgan faoliyatiga bog‘liq risklar kiradi. Bankning o‘z
rahbariyatining tadbirkorlik faolligi, optimal marketing strategiyasi siyosati va taktikasini
tanlash hamda boshqa omillar ichki risk darajasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ichki risklar bank operatsiyalarining xususiyati, bank mijozlarining tarkibi va tijorat
banklarining turlari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi.
Bank operatsiyalari xususiyatiga ko‘ra risklar:
— balans operatsiyalari riski;
— balansdan tashqari operatsiyalar riski;
— moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq risklarga bo‘linadi.
O‘z
navbatida balans operatsiyalari risklari bankning aktiv operatsiyalari riski,
bankning passiv operatsiyalari riski, aktivlar va passivlarni boshqarish sifati bilan bog‘liq
riskga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: