O n la V n tilshunoslikdagi zamonaviv vofnalishlar muammo va vechimlar


O ‘ZBEK TILINIKOGNITIV O ‘RGANISH OMILLARI, VAZIFALARI VA



Download 163,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana23.02.2022
Hajmi163,95 Kb.
#179074
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
996-Article Text-1534-1-2-20200514 (1)

‘ZBEK TILINIKOGNITIV O ‘RGANISH OMILLARI, VAZIFALARI VA 
AHAMIYATI
Bekiyeva M.J., A D T I
Annotatsiya. Mazkur maqolada o ‘zbek tilini kognitiv o ‘rganish omillari, vazifalari va ahamiyati 
masalasi tadqiq etilgan.
XIX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahonning bir qancha tilshunosligida formal 
tilshunoslik keng ommalashgan edi. O‘zbek tilshunosligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, 
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ommaviy savodxonlikni ta’minlash, zamonaviy adabiy 
til me’yorlarini ishlab chiqish va ularni xalq orasida ommalashtirishni hamda o‘z davri 
uchun zarur masalalar yechimini topishni maqsad qilib qo‘ygan, tilshunosligimizni fan 
bo‘lib shakllanishida tamal toshlarini qo‘yib bergan formal tilshunoslik shakllandi. 
«Jamiyat oldida ommaviy savodxonlikni ta’minlash, shevalararo farqlarni yo‘qotish,


Tilshunoslikdagi zamonaviy yonalishlar: muammo va yechimlar
37
adabiy tilni ommaviylashtirish, til va xalqning tarixiy yodgorliklarini nashr etish va 
yoyish, ta’limni zamonaviy usullarda yo‘lga qo‘yish kabi amaliy vazifalar turgan paytda 
eng samarali va eng qulay tasnif hamda ta’lim yo‘li mana shu formal usul» edi.
Albatta, bu tilshunoslik o‘z maqsadiga erisha oldi. Davrlar silsilasi almashar ekan, 
kechagi kun ertangi kunga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishi tabiiy holdir. O‘zbek formal 
tilshunosligi ham o‘z davrining qator dolzarb masalalarini yechib berib, yangi 
tilshunoslikka tagzamin yaratdi, ya’ni formal tilshunoslik yutuqlaridan foydalanilgan, 
dialektik tamoyillar bilan ish ko‘radigan, til va tafakkur aloqadorligini kuzatib, lisoniy va 
nutqiy hodisalar bayoni bilan qiziqadigan, ularni funksional-struktural tahlil usullari bilan 
talqin etish maqsadini qo‘ygan o‘zbek substansial tilshunosligiga o‘rin berdi. Bu 
tilshunoslik vakillari til va nutq munosabatini, til-tafakkur aloqadorligi, tilning ichki 
imkoniyatlari va ularning til-nutq farqlanishi nazaridan voqelanish usullarini o ‘rganish 
hamda tatbiq etish bilan shug‘ullandilar. Bunda dialektik tamoyillar asosida (umumiylik, 
mohiyat, imkoniyat, sabab - til va uning birliklarida; alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat -
nutq va nutqiy birliklarda) ish ko‘rildi.
XX 
asrning ikkinchi yarmida fan-texnikadagi inqilob, kompyuter savodxonligi 
bilan bog‘liq «sun’iy intellekt» nazariyasiga oid qator o‘zgarishlar barcha sohalarda 
bo‘lgani kabi tilshunoslikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymadi. G‘arb tilshunosligi 
allaqachon (XX asr boshlarida) «na tilshunoslik, na boshqa fanlar obyekti bo‘la oladigan 
talay hodisalarni o‘rganish uchun majmuaviy fanlar yo‘lga qo‘yilishi kerak» degan 
xulosaga kelib ulgurgan edi va bu borada jadallik bilan rivojlanib, bir qancha yangiliklar 
joriy eta boshladi. Tilning psixologik, psixofizik tabiatini o‘rganuvchi psixolingvistika, til 
va jamiyat aloqadorliklarini sosiolingvistika, etnolingvistika kabi qator fanlarga ehtiyoj 
paydo bo‘lganligi xalqaro tilshunoslik yig‘ilish va anjumanlarida e’tirof etila boshladi. 
Albatta, bunday yo‘nalishlar lisonning amaliy voqelanishi, ya’ni lison-nutq tamoyili 
asosida o‘z muammolarini hal etardi. Bu davrda o‘zbek tilshunosligi hali-hamon adabiy til 
m e’yorlarini yaratish va ommalashtirish hamda tilshunoslikni rus tili va yevropa tillari 
andozasida o‘rganish bilan ish ko‘rardi. Jahon tilshunosligidagi qator o‘zgarish- 
yevrilishlar o‘zbek tilshunosligiga ham ta’sirini o‘tkazdi. XX asrning 80-yillaridan 
boshlab tilga struktural yondashuv lozimligi, sohaning barcha hodisalarida dialektik 
metodologiyani qo‘llab ish ko‘rish samarador bo‘lishi anglab etilgan edi. Zero, 
Sh.Rahmatullayev ta’kidlanganidek, bu davrda o‘zbek tilshunosligi “asosan rus 
tilshunosligiga suyangan holda shakllandi, taraqqiy etdi, lekin buni nuqson deb baholash 
to‘g ‘ri emas, faqat noo‘rin taqlidchilikka berilib ketish, ayrim fikrlarni ko‘r-ko‘rona qabul 
qilish kabi salbiy holatlarni qoralash lozim” Bu davrda tilshunoslik turg‘unlik holatini 
boshdan kechirmoqda edi. Shu boisdan butun sobiq sho‘ro davlati hududida olib 
borilayotgan oshkoralik va qayta qurish siyosati o‘zbek tilshunosligi fanini ham chetlab 
o‘tmadi. 
O‘zbek 
tilshunosligining 
yangi 
avlodlari 
H.Ne’matov, 
E.Begmatov, 
N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva kabi olimlar qayta qurish sharoitida o‘zbek 
tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha respublika va ittifoq matbuotida chiqish 
qildilar».
Mustaqillik sharofati bilan tilimizga o‘z ichki mohiyatidan kelib chiqib yondashish 
lozimligi, uni rus tili ta’siridan xoli o‘rganish o‘zbek tilining sof tabiatiga zidligini 
ko‘rsatib beruvchi qator yangilik va talqinlar paydo bo‘la boshlaganligi quvonarli holdir. 
Qisqa muddatda ildiz otib, tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bunday «xayrli ishlar» 
(H.Ne’matov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, B.Mengliev, M.Qurbonova,
O.Bozorov, Sh.Shahobiddinovalarning yangicha talqinlari) bugungi kunga kelib 
tilshunosligimiz taraqqiysi uchun yana bir talay yangiliklar paydo bo‘lishiga zamin



Download 163,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish