О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov biologiya


Odam qad-qomatining shakllanishi



Download 59,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/184
Sana20.07.2022
Hajmi59,4 Kb.
#827716
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184
Bog'liq
4 Odam va uning salomatligi 8-sinf 2019

Odam qad-qomatining shakllanishi. 
Qad-qomat odam tanasini o‘zi odatlangan 
erkin tutadigan holati hisoblanadi. Qad-qomat muskullar, skelet, ayniqsa, umurt­
qa pog'onasining to‘g‘ri rivojlanishi bilan bog‘liq. Normal holatda umurtqa pog‘o- 
nasining bo‘yin va bel qismi biroz oldinga, ko‘krak va dumg‘aza qismi biroz orqaga 
egilgan bo‘ladi. Bu egilishlar bola oyoqda tik yura boshlagandan so‘ng bolalik va 
o‘smirlik davrida shakllanadi.
40


Odam tanasi juda ko‘p muskullar, jumladan, tanani yozuvchi orqa muskullar 
yordamida tik holatda ushlab turiladi. Tananing bukilmasdan tik holatda turishi 
umurtqa pog‘onasini yozuvchi va bukuvchi muskullarning o‘zaro ta’siri va gavda 
og'irligining umurtqa pog'onasini bukuvchi muskullarga ta’siri bilan bog'liq. Qad- 
qomati to‘g‘ri shakllangan odam tik turganida boshi va bo‘ynini gavdasiga nisbatan 
tik tutadi, yelkalari bir tekislikda, ko‘kragi keng bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlarda umurtqalar orasidagi tog‘aylar batamom suyakka aylan- 
maganligi tufayli umurtqa pog‘onasi egikliklari to‘g‘ri shakllanmasdan, qiy- 
shayib qolishi mumkin. Bunday qiyshayishlar kifoz, lordoz, skolioz yoki spon- 
diloz tipida bo‘lishi mumkin. Umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri shakllanmasligi ichki 
organlarning rivojlanishi va funksiyasiga ham ta’sir ko'rsatadi. Bunday odamlar 
jismoniy mehnat qilganlarida ularning nafas olishi qiyinlashadi, yurak urushi 
tezlashib, tez charchab qolishadi.
Bolaning qad-qomati to‘g‘ri shakllanishi uchun yoshligidan tekis va biroz 
qattiqroq to‘shakda yotishga o‘rgatish zarur. Yumshoq to‘shak, baland yostiq va 
notekis o'rin umurtqa pog‘onasi va bosh suyaklarining noto‘g‘ri shakllanishiga 
sabab bo‘ladi.
Kichik bog‘cha yoshidagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bir joyda 
uzoq vaqt qimirlamasdan o'tirmasligi, turib qolmasligi, uzoq yurmasligi, og‘ir 
narsalarm ko'tarmasligi, doimo bir qo‘lda ishlamasligi lozim. Bunga rioya qilmaslik 
bolalar umurtqa pog‘onasi va oyoq suyaklarining notocg‘ri shakllanib, ular qad- 
qomatining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin (28-rasm).
28-rasm.
Qad-qomatning shakllanishi: 
a
- t o ‘g‘ri, 
b
-n o to ‘g‘ri shakllangan.


29-rasm.
Tovon skeleti va oyoq izlari: 
a -
sog‘lom odamniki, 
b -
yassioyoq 
odamniki.

Download 59,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish