O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


 Qishloq xo‘jaligini joylanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

2. Qishloq xo‘jaligini joylanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
Zaminning biron-bir burchagida qishloq xo‘jalik bilan shug‘ullanmaydigan mamlakat 
bo‘lmasa kerak. Respublikamiz uchun qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning ustivor 
yo‘nalishlaridan biridir. U mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning deyarli uchdan bir 
qismini beradi. 
Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat, to‘qimachilik va 
boshqa sanoat tarmoqlariga xom-ashyo yetkazib beradi. 
Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligi geografiyasi ko‘pgina omillar ta’siriga bog‘liq: 
iqtisodiy, tabiiy va siyosiy. Qishloq xo‘jaligining joylanishiga tabiiy sharoit katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Uning rivojlanishi uchun yorug‘lik , issiqlik, namlik va tuproqda ozuqa moddalari 
bo‘lishi zarur. O‘zbekistonning agroiqlim resurslari holati uni materikning ancha ichkarisida 
joylashgan geografik o‘rni hamda murakkab yer yuzasi relefining tuzilishiga bog‘liq. Shu 
jihatdan uning iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qodir. 
O‘zbekitstonning agroiqlim ko‘rsatkichlari (jumladan, yog‘in-sochin va uning miqdori, 
tushish muddati, havo haroratining yillik ijobiy va foydali ko‘rsatkichlari) yer sirtiga quyosh nuri 
tushish burchagining kattaligi ziroatchilikni rivojlantirish uchun kuchli omil bo‘lib maydonga 
chiqadi. Ziroatchilik qilinadigan barcha vodiy va vohalarda, ko‘p yillik meteorologik 
ko‘zatishlarga qaraganda, quyosh yog‘dusi davomiylik yil davomida o‘rtacha 2500 – 3000 soat 
gacha boradi. 
Serquyosh O‘zbekiston janubiy mamlakatlarga xos bo‘lgan qimmatbaho ziroatchilik, 
bog‘dorchilik va uzumchilik, shuningdek, o‘simliklarning o‘sish o‘zoq bo‘lgan (vegetatsiya) 
muddati hamda quyoshli kunlarni talab qiladigan subtropik mevalar yetishtirishni tabiiy issiqlik 
yordamida rivojlantirishning juda katta imkoniyatlariga ega. 


73 
Issiqlik resurslari turli xil ziroatchilikni joylashtirish, ulardan yuqori hosil olish va 
tabaqalashtirib rivojlantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu jihatdan yillik havo haroratining 
ijobiy va foydali ko‘rsatkichlari shuningdek, sovuq bo‘lmaydigan kunlar muddati amaliy 
ahamiyatga molikdir. 
Qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni va uning natijasiga tabiiy sharoit sanoatidagiga 
qaraganda ancha ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasi sarf qilingan 
mehnatning miqdori va sifatiga, mashina va o‘g‘itlardan foydalanish darajasiga qarab 
belgilanadi. 
Agar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ekin maydonlarini kengaytirish va 
chorva mollarini sonini oshirish hisobiga ko‘paysa, bunday qishloq xo‘jalik ekstensiv xo‘jalik 
deyiladi. Buning uchun aksincha, qishloq xo‘jalik xo‘jaligi mahsulotining hajmi maydon 
birligiga agrotexnika vositalaridan ko‘proq foydalanish yoki chorva mollarining ko‘proq 
mahsuldor zotlarini yaratish hisobiga oshsa, bunday qishloq xo‘jaligi intensiv xo‘jalik deb 
ataladi. 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning intensiv yo‘lidan borishi katta 
ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda mexanizatsiya, elektrlashtirish va 
kimyolashtirish qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va intensivlashtirishning asosiy yo‘li 
bo‘lib hisoblanadi. 
3

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish