S O ‘Z B O S H I
Bugungi kunda mam lakatim izda barcha sohalarda keng ko'lam li islohotlar
amalga oshirilmoqda. Ayniqsa. m aktabgacha ta ’lim sohasida tub o'zgarishlar
am alga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta ’lim-tarbiya
olishi masalasi
davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.
M irziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan isblar, qabul qilinayotgan
farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. M aktabgacha ta'lim vazirligining
tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta ’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi 2707-sonli
Qaror
(2016-yil,
29-dekabr),
“M aktabgacha ta ’lim
tizimi
boshqaruvini
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g 'risida”gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil
30-sentyabr), 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha
ta ’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to ‘g ‘risida” gi 528-sonli Qarori
(2017- yil, 19-iyul), “O ‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta ’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi m e'yoriy huquqiy hujjatlarning qabul
qilinishi maktabgacha ta ’lim tizimida ta ’lim sifati va samaradorligini oshirishda
alohida ahamiyat kasb etmoqda.
M a ’Jumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy
vazifalari
bolalarni jismoniy, aqliy va m a’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning
tug‘m a layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini
hisobga olgan holda milliy
va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat.
M aktabgacha
ta ’lim
yoshidagi
bolalarga
ta’lim
berish jarayonini
takom illashtirishda b o ‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi,
ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda
matem atik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk
insonlar boMib ulg‘ayishida o ‘ziga xos o ‘ringa ega.
M atematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib
olganliklari va nimaning
uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda. aniq t'zim va ketma-ketlikda
bcriladi. Hi; jarayonda “Matematik tasaw u rlam i shakllantirish nazarivasi va
iv.etodikasi” lanining niazmunidan kclib chiqib tayyorlangan ushbu qoMlanma
m aktabgacha ta’lim yo'nalishi bakalavnat talabalari, shu y o ‘nalishning
maxsus
sirtqi
va
sirtqi
ta’limi
talabalari
hamda
maktabgacha ta ’lim
tashkiloti
tarbiyachilariga kerakli m a'lum ot va metodik yordam bera oladi. Q o‘llanma
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun
talablariga to ‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“M atem atik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va m etodikasi” fanining
asosiy m aqsadi boUajak m aktabgacha ta'Hm tashkiloti xodimlari - tarbiyacbilarni
maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va
rivojlantirishning ilmiy ham da metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
M azkur o ‘quv qo'llanm ada
ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda q o ‘llanishi
maqsadga m uvoliq bo'lgan zamonaviy ta'lim texnologiyalari, didaktik o ‘yinlar.
usul va vositalar masalasi yoritildi. Ushbu o ’quv qo'llanm a m aktabgacha ta ’lim
yoshidagi
bolalarda
m atem atik
tasavvurlarni
shakllantirish
nazariyasi
va
metodikasiga bag’ishlangan. Q o'llanm ada turli yosh guruhidagi bolalarda
matematik tasavvurlarni shakllantirish ta ’limining asosiy didaktik tam oyillari,
bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish,
ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning
o ‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari,
vaqtni idrok
qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar,
oilada va m aktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni
rejalashtirish kabi masalalarga oid m a’lumotlarga keng o ‘rin berilgan. Bolalarda
matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida foydalaniladigan yangi
pedagogik texnologiyalar, didaktik o ‘yinlar ko'rsatib o ‘tilgan.
0 ‘quv q o ‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5111800 - maktabgacha ta’lim
bakalavriat y o ‘nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.