Nasldor baliqlarning eksteryer ko‘rsatkichlari
Baliqlarni eksteryer ko'rsatkichlarini o‘rganish ularni nasliga baho
berishda foydalanilib, baliqlarni yaxshi o‘sganliklarini ko'rsatuvchi
asosiy omillardan iborat.
Baliqlarga eksteryer ko‘rsatkichlari orqali baho berishda ularning
yaxshi ko'rsatkichlari bilan birga ayrirn nuqsonlar, ya’ni umurtqa
134
pog'onasida qiyshiqlik mavjudligi, dum o‘zanining qisqarishi va boshqa
kamchiliklarga yo‘l qo'yilmaydi. Bu nuqsonlar ko'pchilik hollarda irsiy
xususiyat bo'lib, ular madaniylashtirilgan karplarga xosdir.
Karp yoshi o'tishi bilan ular uzunlashib boradilar. Ayniqsa, bu ho-
latlar zog'orada, gibritlarda uchrab ularning yelkadorlik indeksi to'rtga
yetishi mumkin.
Yosh nasldor baliqlarning taxminiy eksterycr ko'rsatkichlari 32-jad-
valda keltirilgan.
32-jcidva!
Har xil zotlarga niansub bo‘igan baliqlarning eksteryer ko‘rsatkichlari
Baliq zotlari
Semizlik koef
fitsienti
Balandlik indeksi
Yo'g'onlik indeksi
erkak
urg'ochi
erkak
urg'ochi
erkak
urg'ochi
Zotsiz oddiy
to'da
2,7-3,1
b
J
О
1
2,7-2,9
2,6-2,8
17-22
18-23
Ukraina karpi
3,0-3,5
3,1-3,6
2,3-2,8
2,2-2,7
-
-
AniLir zog'orasi
2,2-2,7
2,4-3,0
3,2—3,6
2,9-3,3
15-18
15-20
Nasldor baliqlarni sinflarga ajratish
Bonitirovka jurnalida baliqlarni o‘tgan yilgi bonitirovka xulosalariga
asosan va boshqa ma’lumotlarga asoslangan holda sinflarga ajratiladi.
1-
sinf asosan sermahsul baliqlar 6—11 yoshli urg'ochi va 5—10 yoshli
erkak karplar bo‘lib, o'txo'r baliqlardan 6—8 yoshli urg‘ochi va 5—7
yoshli zotlar, semizlik koeffitsienti yaxshi bo'lib, jinsiy belgilar yaqqol
ko‘rinib turgan baliqlar kiradi.
Bu sinfga mansub nasldor baliqlar eng yaxshilaridan elita chavoqlar
olinadi.
2-
sinf. Bu sinfga tegishli bo‘lgan baliqlar yosh boiib birinchi
marotaba urchiydigan, to'ldirib turish to'dasidan nasldor baliqlar
to'dasiga o'tkazilgan yoki boshqa ayrim ko'rsatkichlari birinchi sinf
ko'rsatkichlaridan past bo'lgan baliqlar, bunday baliqlar urchitish mav-
sumida ikkinchi navbatda ishlatilishi mumkin.
3-
sinf. Ayrim sabablar oqibatida to'ldirib turish to'dasidagi baliqlar
tomonidan almashtiriladigan baliqlar (jinsiy belgilari yaxshi rivojlan-
magan eksteryer ko'rsatkichlari yaxshi emas, qarigan yoki tangacha-
lari to'g'ri kelmaydiganlari). Bunday baliqlar zaxirada saqlab turilib
urchitish mavsumi tugagach, ular maxsus dalolatnomaga asosan chi-
qitga chiqariladi. Baliqlarni birinchi yoki ikkinchi sinflarga ajratishda
ko'paytirish uchun eng ma’qul bo'lgan baliq zotlari tanlanadi.
135
Baliqlarning balandligi va qalinligini oMchash usullari 32—33-rasm-
da ko'rsatilgan.
Karp zotiga mansub baliqlarni urchitishda ularni quyidagi tartibda
chatishtirish sxemasi tavsiya etiladi (33-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |