Oddiy mahalliy laqqa — Silurus glanis Linne
Baliqning bu turi aholini eng sevimli va talab katta bo‘lgan turlardan
biri. Yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida, ayniqsa Chexiya hamda
35
Slavakiyada oddiy laqqa maxsus baliq pitomniklarda yetishtiriladi. Baliq
pitomnikida yetislitirilgan laqqa segoletkalari bilan tabiiy — hovuz va
suvliklarni baliqlashtiradilar. Masalan, ko'llar, kollektor, kanallar, zo-
vurlar va suv omborlari. 0 ‘zbekistonda janubiy-g‘arbiy Qizilqum suv-
liklarining hovuz xo'jaligida ko‘paytirish yo'Iga qo'yilmagan.
Oddiy laqqa katta yirtqich baliq. Amudaryoda 1965-yilda 450 kg
zot ovlanganligi matbuotda ma’lum qilingan. Neper daryosida uzun-
ligi 5 metr, og'irligi 300 kg mavjudligi zotlar mavjudligi to'g'risida
ma’lurnotlar bor. Oddiy laqqaning o'rtacha 16-55 kg og'irlikdagi zotlari
uchraydi. Qoraqir ko'lining «Akvarium» degan hududida 2005-yil aprel
oyida uzunligi 2,48 metr, og‘irligi 5 kg bo'lgan laqqa ovlangan. 0 ‘lja
yoki yirtqich baliq ichi yorib ko'rilganda 4 dona urg'ochi zog'ora bor-
ligi aniqlandi. Zog‘oralar umumiy og'irligi & kg, yoshi 4 da, barchasi
uvildiriqli, uvildiriqlar IV rivojlanish stadiyasida edi.
Oddiy laqqa odatga ko'ra tez o'sadi, segoletkalarning o'rtacha
og'irligi 175-250 g. Voyaga yetish yoshi 4 -5. Bu davrda uning og'irligi
1,5—2,0 kg bo'ladi. Janubiy-g'arbiy Qizilqum suvliklarida u 3 yoshda,
tana uzunligi 53-60 sm, og'irligi 800-1700 g bo'lganda voyaga yetadi.
(Abdullayev, 1989). Voyaga yetilish koeffitsienti nerestdan oldin erkak
zotlarga 1,4, urg'ochi zotlarda 5,1. Barcha voyaga yetgan zotlarning
nerest muddatlari may-iyun, suv harorati 20—25° bo'lganda kuzatiladi.
Oddiy laqqaning absolut serpushtligi Dnepr daryosida og'irligi 6,5—
18 kg bo'lganda 130—500 ming, Dunayda 60—100 ming, Balxash ko'lida
93 ming uvildiriq. Janubi-g'arbiy Qizilqum suvliklarida o'rtacha 46
ming dona. O'rtacha har bir kg og'irligiga nisbatan 20—24 ming uvildi
riq to'g'ri keladi. Katta og'irlikdagi zotlarda bir necha million uvildiriq
bo'ladi. Ovdagi jinslar nisbati ko'pincha 1:1 ga teng. Otalangan uvildiriq
diametri 3,0-3,5 mm, suv harorati 20°C bo'lganda embrion rivojlanish
muddati 2-3 sutka. Sariqlik xaltasining so'rilishi 5-sutkada tugaydi va
taogen oziqlanishga o'tadi. Uvildiriq rangi sarg'ish, yopishqoq bo'ladi
(uvildiriqlarni mayda qamish o'sgan o'simlikzorlarda qo'yadi). Oddiy
laqqa uvildiriqlarni maxsus tayyorlangan inga qo'yadi. Erkak zotlar
inni qo'riqlaydi. Nasi uchun g'amxo'rlik qilish instinkti bor. Laqqani
tabiiy suvliklarda polikultura shaklda o'stiriladi. Lekin hovuz baliqchi-
lik xo'jaligida monokultura shaklda ko'paytirish yaxshi natija berishi
mumkin, chunki oddiy laqqa yirtqich, boshqa baliq chavoqlarini yeb
nobud qiladi. Aksincha oddiy laqqa chavoqlarini boshqa baliqlar ham
yeb yuborishi mumkin. Lekin tabiiy suvliklarda bajarilgan baliqlashti-
rish ishlari, ayniqsa oddiy laqqa segaletkalari baliq mahsuldorligini 110
36
kg/ga gacha oshganligi adabiy manbalarda qayd qilingan. Oddiy laqqa
agarda suvlikda ko'p bo'lsa xashaki baliqlarni bistryanka, gambuziya,
shipovka, bichok kabilarni yeydi va ozuqa raqobatini ancha pasaytiradi.
Bulardan boshqa — baqa, itbaliq, krevetka, gammarid hamda zoobentos
kabi ozuqa obyektlarini iste’mol qiladi. Sutkalik ratsioni tana og'irligini
25—30% ni tashkil qiladi. Katta yoshdagi va katta og'irlikka ega bo'lgan
zotlar, 52 kg boigan zotning sutkalik, ozuqa koeffitsienti tana og'irligini
11,8% tashkil qilgan (Qoraqir, akvarium 2005-y).
Oddiy laqqani ko'paytirish va boqish ishtiyoqida bo'lgan xo'jaliklar
zotdor ota-onalarni tabiiy suvliklarda tayyorlaydilar. Bir yil oldin tay-
yorgarlik ko'riladi. Bu ishlarni kuzda yoki bahor fasllarida amalga oshi-
riladi. Bu vaqtda laqqalar suv tubidagi chuqur joylarda konsentratsiyala-
nadi. Avvaliga ovlangan laqqalar oqar suvdagi sadoqlarda saqlanadi.
Bunday qilishdan maqsad ularning ichidagi ozuqa komponentining
to'liq hazm bo'lishi uchun, agar transportirovka paytida shunday qilin-
masa lining suvga chiqqan axlati suvni buzadi.
Oddiy laqqani iloji boricha aktiv ov turlari orqali ovlagan ma’qul
(nevod). Qurama to'rlar bilan ovlashda u 2—3 soat to'rda ilinib qoli-
shi mumkin. Bunda ular jarohatlanadi yoki holsiz holatda tushadi. Iloji
boricha 5—9 yoshli zotlarni tanlab olish kerak. Bunday zotlarning tana
uzunligi 80—100 sm. Qishda laqqalar oziqlanmaydi. Shuning uchun ham
qishda yoki qishlash hovuzida boshqa baliqlar bilan birga saqlasa bo'ladi.
Erta bahorda laqqalar jinsga qarab ajratiladi. Urg'ochi laqqani erkak
laqqadan ajratib, alohida saqlaydilar. Urg'ochi zotlarda qorin osilgan, oz-
moz shishgan, boshi yumaloq bo'ladi. Jinsiy so'rg'ichlari yo'g'onlashgan
va nerest oldi vaqtida ochiq qizil rangga ega bo'ladi. Erkak zotlarda
qorin ancha ko'tarilgan, bosh burchaksimon shaklda, jinsiy so'rg'ichlari
o'tkirlashgan shaklda (nakonechnik), umuman baliqlarda jinsiy meta-
morfoz kuchli bo'ladi, aniqlash ancha qiyin, shu jumladan laqqani ham
urg'ochi va erkak zotini bir-biridan ajratish ancha mushkul. Shu sa-
babli laqqa baliqlar jinsini aniqlash uchun veterinar-mutaxassisni jalb
qilgan ma’qul. Buning uchun ular jinsini aniqlashda gonada holatini
aniqlaydilar. Maxsus optik nazorat uchun tibbiyotda qo'llaniladigan
uretroskop, sistoskop, otoskopdan foydalaniladi.
Laqqa nerest oldidan ancha faol ovqatlanadi. Tabiiy nerest o'tkazish
paytida laqqalarni unchalik katta bo'lmagan maydoni 500—700 m2 ho-
vuzlarda saqlash kerak. Hovuz tubi zich bo'lishi va balchiq bo'lmasligi
kerak. Nerest subsrat sifatida, in qurish uchun tolning havo ildizi si-
fatida ko'rilib foydalaniladi. lldizlarni o'zaro tutashtirib aylana hosil
37
qilinadi. Aylana diametri 60—70 sm bo‘ladi. Tol ildizini aylana qilish
uchun qalinligi 6 mm bo'lgan sim bilan o'zaro tutashtiriladi. Yumshoq
simdan foydalaniladi. Tol ildizidan tayyorlangan halqa maxsus qoziq
bilan mustahkamlanadi. In balqalari snv tubidan 30—35 sm balandlik-
da joylashtiriladi. Laqqa inlari suv tushadigan joyda, qirg'oqdan 3 m
uzoqroqda quriladi. Laqqa baliqning nerest o'tadigan hovnz chuqurligi
1 m gacha, snv harorati 20—25° C bo'lishi kerak. Ota-ona laqqalarni
iloji boricha kechki (18:00 ga) paytlarda nerest hovnziga konussimon
sachoqlarda keltiriladi. Jinslar nisbati 1:1 bar ikkala jins vakillarini
nerestdan oldin gipofizar inyeksiya qilinadi. Karpsimonlar gipofizidan
foydalaniladi. Inyeksiya normasi quyidagicha: bar bir kg og'irlik hiso-
bida 3 mg gipofiz preparati, 3 ml fiziologik eritmada eritiladi, so'ngra
laqqalarga ukol qilinadi. Bu ishni bosh baliqsbunos bajaradi. Gipofizar
inyeksiya isblari bajarilgandan keyin 1 sutka o'tishi bilan nerest boshla-
nadi, agarda snv harorati 20—25“C dan pasayib ketmasa, nerest 4—5 soat
davont etadi. Shunisi bam borki, ona laqqa o‘z nvildirig‘ini bitta inda
emas, bir nechta inda qo'yadi. Nerest paytida hovuz atrofida untuman
shovqin bo'lmasligi kerak. Demak, laqqa neresti uchun tanlanadigan
hovuz shovqin-surondan ancha uzoq bo'lishi kerak. Nerest hovuzi or-
ganik ifloslanmagan, suv toza, va undagi kislorod 6,5—7,0 nig/1 dan kam
boimasligi kerak, suv kirib turishi zarur. Laqqalarning neresti o'tishi
bilan barcha inlar hovuzdan yig'ishtirib olinadi. Inlar uvildriq bilan ap-
paratiga yoki suzuvchi sadoqlarga joylashtiriladi. Lekin eng qulay sadoq
o'simlikxo'r baliqlar uchun 15-30 mm kapron turidan tayyorlangan,
hajmi 70x45x30 sm sadoqda saqlash ma’qul. Demak, inlar uvildiriq bilan
birga olinadi. Inlar sadoqning tubiga joylashtiriladi. Sadoqlar oqar suv-
larda mustahkam qilib qo'yiladi. Sadoq ustiga oftob tushmasligi uchun
ayvon qo'yiladi. Agarda sharoitlar yaxshi tashkil qilinsa uvildiriqlarning
otalanish darajasi 80—90%, chavoqlar chiqishi 75—80 % ni tashkil qiladi.
Laqqa embrionlarining inyeksiya muddati 1700—1800 gradus/soat.
Laqqa chavoqlarini inkubatsiyadan so'ng sadoqlarda saqlanadi.
lnkubatsiya davri tugashi bilan sadoqdan inlar sug'irib olinadi. Inku-
batsiya o'tib bo'lishi bilan oradan 4 sutkadan keyin aralash oziqlanishga
chavoqlar o'tadi, 10-sutkadan boshlab chavoqlar oziqlanishi faollasha-
di. Keyingi boqish, ya’ni chavoqlarni malki (mayda baliqcha boqiladi-
gan) hovuzlarda boqiladi. Laqqa chavoqlari oldin aytganimizdek, aso-
san monokulturada o'stiriladi. Laqqa chavoqlari normasi gektariga 300
ming dona. Chavoqlar zooplankton bilan oziqlanadi va bir oyda 2—3 g
bo'ladi. Yashovchanlik 75-80%. Malki davriga o'tishi bilan molocl davri
38
boshlanadi. Laqqa molodlari karp o'stirish hovuzlarida o‘tkaziladi.
Zichlik normasi gektariga 3—5 ming dona. Kuzda borib segoletkalar
massasi 20—30 g bo'ladi. Yashovchanlik 70%.
Qishda segoletkalar qishlash hovuzlariga o‘tkaziladi, karp va bosliqa
o‘simlikxo‘r segoletkalar bilan birgalikda. Chunki laqqa qishda oziqlan-
maydi yoki yirtqichlik qilmaydi. Qishlash hovuzida 2-3 tonna gektariga,
yashovchanlik 35—100% natija berishi mumkin. Bir yashar laqqachalar-
ni karp boqiladigan hovuzlarga qo‘yib yuboriladi. Zichlik normasi gek
tariga 100—200 dona. Laqqa boqiladigan hovuzlardagi xashaki baliq-
lar (bistryanka, gambuziya, bichok, vobla) soni hisobga olinadi. Hovnz
sharoitida 2 yashar laqqalar og‘irligi 1,1—1,2 kg gacha yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |