Baliq zaxirasiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini olish yo‘llari
Yuqorida bizlar baliq zaxirasiga inson faoliyati tomonidan noma’qul
ta'sirlarni xarakterlab berdik. Bu noma’qulchilikning asosiy negizi kvota-
siz ovlash, baliq ovlash qoidalariga rioya qilmaslik hamda kerakli miq-
dorda baliqchilik hovuzlarini o‘z vaqtida baliqlashtirmaslikdan iborat.
Xo'jalik ishini ilmiy asoslangan holda tashkil qilinsa, baliq ovlash qoi
dalariga rioya qilinsa, yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklar oldi olinadi.
Suvning gidrologik rejimini yaxshilash asosan meliorativ ishlarni
yo'lga qo'yish, suv havzasini ifloslanishdan saqlashdan iborat. Baliq
semizlik koeffitsientini va o'sish tempini yoki sur’atini yaxshilash ozuqa
bazasini kuchaytirish orqali amalga oshiriladi. Tabiiy ko'llarni baliq
mahsulotini oshirish uchun undagi ozuqa obyektiga qarab baliq sego-
letkalari bilan baliqlashtirib turish maqsadga muvofiq.
Suv havzasining melioratsiyasi
Melioratsiya chora-tadbirlari yordamida suv havzasining gidrologik
rejimining yomonlashuvi oldi olinadi. Suv havzasi asta-sekinlik bilan
ko'miladi, yuksak suv o‘simliklari ko‘payib ketadi, balchiqlashadi. Shu
kabi kamchiliklar oldi olinishi kerak. Tabiiy sharoitda baliqlar sonining
kamayib ketishi yoki effektsiz bo'lishi, asosan uvildiriq va mayda ba-
liqchalar, ya’ni chavoqlarning ko‘plab nobud boMishi bilan bogiiq.
320
Tashqi muhit ta’sirida otalanmagan uvildiriqlarning foizi ancha
yuqori, kislorod yetishmasligi sababli otalangan uvildiriqlar ham nobud
boiadi. Uvildiriqlarning otalanish jarayoni va otalangan uvildiriqlar
ning nobud bo‘lmasligi suv havzasining gidrologik, gidrokimyoviy va
gidrobiologik rejimi bilan chambarchas bogiiq.
Suv tarkibidagi muallaq moddalarning suv tubiga cho‘kishi, suv
havzasini sayozlanishiga olib keladi. Suv kamaygan paytda, bunday
joylar nerest uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Suv havzasining sayozlash-
gan joylarida yuksak suvo'tlari qamish (Phragmites communis), lux
(Typha angustifolia), ridest (Potamogeton pectinotus) kabilar kuchli
ravishda o‘sib ketadi. Natijada suv havzasi balchiqlashib gidrologik re-
jim buziladi.
Qurib kolgan yuksak suv o‘simliklari qoldiqlari mikroorganizm
ta’sirida chiriydi. Suvdagi erigan kislorodning asosiy qismi chirish ja-
rayoniga sarflanadi va gaz rejimi buziladi. BPK(5) ko‘rsatkichi oshadi
va zamor (dimiqish) hodisasi namoyon boiadi. Shunday qilib baliqchi-
lik suv havzalarining, tabiiy suvlarning yuksak suv o‘simliklari bilan
qoplanishi, gidrologik va gidrokimyoviy holatning buzilishi baliqlarning
tabiiy ko‘payishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Hovuz baliqchilik xo’jaliklarida olib boriladigan meliorativ ishlar-
dan asosiy maqsad hovuz yoki koining gidrologik va gidrokimyoviy re-
jim ini yaxshilashdan iborat. Agarda meliorativ ishlar o‘z vaqtida tashkil
qilinmasa unda suv havzalar evtroflashadi.
Lekin yuksak va tuban suv o’simliklari suv havzasi biologiyasi
uchun muhim o‘rin egallaydi. Suv o’simliklari suvni kislorodga boyita-
di, karbonat angidridini kamaytiradi, kanallar qirg’og’ini yemirishdan
saqlaydi. Ammo me’yordan oshsa, uning foydadan ko‘ra zarari katta
bo’ladi.
Baliqchilik havzalarining 10—15% miqdorini yuksak suv o’simliklari
tashkil qilgani ma’qul. Hozirgi kunda Respublikamizda ko’pchilik ba
liqchilik xo’jaliklarning hovuzlari 60-70% gacha lux-Typha anqustifo-
lia, Phrangmites communis, (qamish), Rdest-Potamoqeton hectinatus
bilan qoplangan.
Yuksak va tuban suv o’simliklariga qarshi mexanik, kimyoviy va bio-
logik kurash usullari mavjud. Mexanik kurash usulini qoilash iqtisodiy
ancha qimmatga tushadi, kimyoviy usulni qoilash xavfli va gerbersitlar
narxi ancha qimmat. Biologik kurash usuli m aium emas. Ko’pchilik
baliqshunoslarning fikrlaricha oq amur lux—(Typha anqustifolia) suv
o’simligini yemaydi.
321
Do'stlaringiz bilan baham: |