O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


Tabiiy suvliklarda baliq ko‘paytirish



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

Tabiiy suvliklarda baliq ko‘paytirish
2000-yillardan boshlab tabiiy suvliklarni baliqlashtirish va baliq bi- 
lan boyitishga butun mamlakatning diqqat-e’tibori qaratilgan.
Baliq ovlashdan, baliq yetishtirishga yoki hovuz baliqchiligini tashkil 
qilishga o'tish davr talabi bo‘lib kelmoqda. Bu ishlar uvildiriqlarni va 
yosh baliqlarni qutqarish, yuqori darajali effekt berishi mumkin. Lekin 
mayda chavoqlar bilan suv havzalarini baliqlashtirish o‘zini oqlamagan. 
Chunki chavoqlar lichinkaxo'r hasharot lichinkalari, baqa va boshqa suv 
hayvonlarining ozuqasiga aylangan. Shu sababli chavoqlar yoki 5—10 g 
og‘irlikdagi mayda baliqchalar bilan baliqlashtirish muvaffaqiyat keltir- 
magan. Respublika miqyosida har yili tabiiy suvliklar million-million 
oq amur, do‘ngpeshana, karp kabi turlarning chavoqlari bilan ba- 
liqlashtirilgan. Lekin ko‘proq miqdori chavoqlik stadiyasida, oz miqdori 
esa segoletkalik stadiyasida nobud bo‘lgan. Tabiiy suvliklarni baliqlasht­
irish ishlari o‘tgan asrning 70—80-yillaridan boshlangan. Ko‘pchilik 
viloyatlarda Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Buxoroda inkubatsion 
sexlar tashkil qilindi va baliqlashtirish ishlari jadal sur’atlar bilan olib 
borildi. Lekin sun’iy ravishda baliq yetishtirish aytilgan darajada natija 
bermadi. Chunki baliqlarni ko‘paytirish, tashish, boqish texnologiyasi 
bo‘yicha tushuncha yo‘q. Baliqlashtirishdan oldin yirtqich baliq turlari 
(sudak, terex, ilon baliq, laqqa) to‘g‘risida tushunchaga ega boiish ke- 
rak. Masalan, Qoraqirning katta suvligida (10 ming/ga) har 25-30 ta 
baliqning 7—10 donasi laqqa, shu kolning tuzli k oi (oz solenoe) qis- 
mida har 20—30 dona ovlangan baliqning 18—20 donasi jerexdan iborat. 
Shu ko‘lning akvarium qismida yirtqich baliqlarning ozuqa koeffitsienti 
5-9 ni tashkil qiladi. Yirtqich baliqlar asosan 5—10 g mayda baliqlarni 
iste’mol qiladi. Aksiga olib keltirib qo'yiladigan segoletkalarning og'irligi 
(oktabr-noyabr) 10—15 g ortiq emas. Baliqlar qushlar tomonidan: bak- 
lan, chayka, saplya va boshqalar sutka davomida 3—5 kg dan 15—20 g 
gacha bo'lgan baliqchalarni iste’mol qiladi. Aksiga olib kichik baklan 
«Qizil kitob» ga kiritilgan. Shu munosabat bilan kichik baklanga qarshi 
kurash olib borish mumkin emas. Baliqxo'r qushlarning tuxumi yig‘ib 
olinsa, ularning soni ancha kamayadi.
3 2 3


Yuqoridagi vaziyatlar hisobga olinmasdan turib baliqlashtirish al- 
batta o‘z samarasini bermaydi.
Baliqlashtirish chora-tadbirlari zaruriy holat bo'lib, baliq zaxirasini 
ko‘paytirish va uni sifat jihatidan yaxshilash bosh masaladir. Qoidaga 
muvofiq baliqchilik xo‘jaligi ishini yaxshilab ilmiy analiz qilib mu- 
vofiqlashgan choralarni qohlash zarur. Mavjud baliqlarni himoyalash, 
boshqarish yoki meliorativ holatni yaxshilash kabi ishlarni bajarish 
zarur, nerest paytida qo‘yiladigan kamchiliklarni oldini olish kabi cho- 
ralar ko'riladi. Har bir tabiiy suvlikni baliqlashtirish normalarini ishlab 
chiqarish tavsiya etiladi.
Ayniqsa, suv bilan ta’minlash rejimi buzilishi mumkin. Chunki ba- 
liqchilikda bosh omil suv bilan ta’minlanishi hisoblanadi.
Sun’iy ravishda baliqlashtirishning muvaffaqiyatida asosiy ko‘rsatkich 
keltirib qo‘yilgan baliqlarning yashovchanligining ko‘rsatkichi bilan ba- 
holanadi. Chunki uvildiriqlardan chiqqan chavoqlarning yashab qolishi 
bilan bog‘liq.
Baliqchilik amaliyotida «ov qaytarilishi» yoki «yashovchanlik» ter­
mini qabul qilingan. Qo'yilgan (promisloviy vozvrat) uvildiriqlardan 
va chiqqan chavoqlardan aniq yillar ichida voyaga yetgan baliqlar soni 
bilan belgilanadi. Yana «zotlar tiklanishi» termini mavjud bo‘lib, uning 
ma’nosi ovlashgacha baliqlarning qancha qismi yashab qolganligiga tu- 
shuniladi. Masalan, 100 000 dona segoletka bilan baliqlashtirildi. Shun- 
dan 10 000 yoki 20 000 dona ovlansa, demak, yashovchanlik 10—20% 
ni tashkil qiladi. Baliq ovlashgacha yoki voyaga yetgungacha yashab 
qolgan baliqlarning son yoki foiz ko‘rsatkichiga baliqchilik koeffitsienti 
deb aytiladi. Baliqchilik koeffitsienti sun’iy ravishda baliq ko‘paytirish 
ko‘rsatkichidir, tabiiy ko‘payishi hisobga kirmaydi.
Tabiiy sharoitda yashovchanlik masalasi bilan ko‘p olimlar shu- 
g‘ullanganlar, ammo hanuzgacha aniq ilmiy fikrlar yo‘q. Sabab bu ho­
latni, ya’ni yashovchanlik koeffitsientini aniqlash tabiiy sharoitda ancha 
murakkab va mushkul. Chunki qancha uvildiriq qo'yilgan, voyaga yet­
gan zotlar sonini aniqlash juda ham qiyin. Hanuzgacha mavjud ada- 
biyotlarda berilgan ma’lumotlarga asosan lesh uchun yashovchanlik 
ko‘rsatkichi har 10000 uvildiriqdan 16—45 dona, voblada 5 ta dan to 
23 tagacha. Eng kam ko‘rsatkich sudakda har 100 000 uvildiriqdan 9 
tagacha baliqlar voyaga yetadi.
Yashovchanlikning yuqori ko'rsatkichi losossimonlarda har 100 
000 yozgi uvildiriqdan 340 dona, kuzgi uvildiriqdan 420 dona. 
Zog'ora, turkiston mo‘ylovdori, jerex kabi turlar uchun yashovchanlik
324


koeffitsienti to‘g‘risida aniq m a’lumot yo‘q. Yuqoridagi m a’lumotlar 
Volga va Amur daryolarining deltalarida kuzatilgan. 0 ‘zbekiston 
suvliklarida ovlanadigan baliqlarning qo‘yilgan uvildiriqlardan ne- 
cha foizi to voyaga yetgunga qadar yetib borishi to‘g‘risidagi ilmiy 
m a’lumotlar yo‘q.
Sun’iy baliq ko’paytirish sharoiti texnik va tashkiliy xususiyatga 
qarab bir nechta mustaqil zvenolarga bo‘linadi. Bulardan birinchisi 
yaxshi, yetilgan ota-ona zotlarini yetishtirish. Bunday baliqlar to‘liq 
yetilgan va barcha talablarga javob beradigan zotlar bo’lib, uvildiriq va 
urug‘lari to'liq va hayotchan bo'ladi. Nerest paytida uzoqdan shunday 
yetilgan ota-ona zotlarni olib kelish maqsadga muvofiq emas. Chun- 
ki bu davrda ularning jinsiy mahsuloti to'kilib ketib nobud bo'ladi, 
nasi beradigan ota-onalarni yanvar-fevral oylariga ABMK dan olinsa 
maqsadga muvofiq bo'ladi. ABMK kanalidan oq amur, oq va chipor 
do’ngpeshana kabi turlarni nevod bilan ovlab, eson-omon inkubatsion 
sexning hovuzlariga keltirib inyeksiyaga tayyorlash mumkin. Bu ishlar- 
ni iloji boricha yanvar-fevral oylarida amalga oshirish lozim, mart-may 
oylarida mumkin emas. O ta-ona zotdor baliqlarni maxsus matochniy 
hovuzlarda saqlanadi. Olingan uvildiriqlar otalantirish jarayonlari, 
gipofizar inyeksiya ishlari sex sharoitida olib boriladi.
Voyaga yetishi uchun ayniqsa jinsiy mahsulotlarining yetilishi uchun 
quyidagi faktlar zarur: suv harorati, suvdagi gaz rejimi, suv oqimi, suv 
tiniqligi, yaxshi oziqlanish.
Turli xil turlarga tegishli bo’Igan baliq chavoqlari turli xil aktiv- 
likka ega. Ko‘pchilik karpsimonlarning chavoqlari endogen stadiyasini 
bir necha kun davomida o‘taydi. Buning uchun apparatdan olingan 
chavoqlar maxsus hovuzlarda boqiladi. Chavoqlarni suvga qo’yishdan 
oldin l*lm\kv kattalikda qamishdan kvadrat yoki to‘rtburchak mosla- 
ma yasaladi, so‘ngra shu moslama ichiga chavoqlar qo‘yiladi. Chavoq­
lar avvaliga sariqlik hisobida yashaydi, so'ngra chavoq yoki lichinka 
o‘stirish hovuziga chiqariladi. Bular sun’iy oziqlantiriladi. Agar tabiiy 
ozuqa yetarli bo’lmasa, un beriladi. Hovuzlar belgilangan normasiga 
qarab mineral o‘g‘it ishlatiladi (ammafos).
Baliqchilik hovuz xo‘jaligini ilmiy asoslangan holda tashkil qilish 
baliq zaxirasini ko‘paytirish uchun manba hisoblanadi.
Ratsional baliqchilik xo’jaligini tashkil qilish uchun quyidagilarni 
bilish shart:
1) 
ixtiofauna tarkibini va har bir tur baliqning biologik xususiyatini 
yaxshi bilish;
3 2 5


2) yilning qaysi faslida baliq ovlash rentabelligini bilish. 0 ‘zbekiston 
sharoitida havo issiqligini hisobga olib yoz oylarida baliq ovlamaslik 
maqsadga muvofiq;
3) suv havzasining (tabiiy ko‘llar) qaysi qismida baliq ovini tashkil 
qilish (biologik, iqtisodiy va texnikaviy maqsadga muvofiqligiga qarab);
4) baliq tabiiy zaxirasini buzmasdan qancha baliq ovlash mumkin;
5) qaysi ovlash usuli (kuramatur, nevod, breden) va ovlash qurolini 
ishlatish effekti;
6) suv havzasining baliq mahsuldorligini oshirish uchun qanday 
meliorativ ishlar qilish kerak;
7) tabiiy ozuqa zaxirasini hisobga olib baliqlashtirish uchun baliq 
turi va sonini aniqlash.
Har bir suvlikdan olinadigan sanoatbop bo‘lmagan, xashaki baliqlar 
to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish va ularni bir-biridan ajrata bilish ke­
rak. Sanoatbop baliqlar asosan sifat ko'rsatkichga ega bo‘lishi, xari- 
dorgir (zog‘ora, karai, oq amur)ligi bilan ajralib turadi. Ammo baliq 
mahsuloti sifati suvning kimyoviy tarkibi bilan, suvning balchiqlanish 
darajasi bilan ham ajralib turadi.
Sekin o'sadigan bozorgir bo‘lmagan baliqlar foydali baliqlarni 
ozuqasiga konkurent baliqlar (vobla, shemoya, xramuliya) ular intensiv 
ravishda ovlanishi kerak. Bunday baliqlar asosan oktabr oyidan bosh- 
lab to fevral oyigacha ovlanadi. Chunki bularni ovlashga mayda ko‘zli 
to‘r (36,40,46 nomerli) lar ishlatiladi. Yilning boshqa faslida bu to‘rlar 
ishlatilmaydi. To‘rlarni belgilashda «Baliq ovlash qoidalari» 2006-yil 
2-may 1569-sonli qarorga asoslangan bo‘lishi kerak.
Agarda vobla soni 70—80% ni tashkil qilsa, unda tabiatni mupofaza 
qilish xodimlarini diqqat-e’tiborda bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega. 
Har bir turning serpushtligi, hamda individual serpushtligini bilish foy- 
dadan xoli emas.
Ba’zan yuqori darajali serpushtlik yuqori darajali yashovchanlik- 
ni ta’minlay olmaydi, sababi kech voyaga yetishi, inkubatsion davr- 
ning cho‘zilishi va uvildiriqlarning ko‘p miqdorda rivojlanmay nobud 
bo'lishi, ya’ni voyaga yetish davrigacha yetib kelmasligi.
Baliq qanchalik tez voyaga yetsa, inkubatsiya davrining qisqaligi 
yuqori darajali bo‘lsa yashovchanlikni ta’minlaydi. Bular tezda ko‘payib 
baliq ovini o‘z vaqtida ta’minlaydi. Shuning uchun ham shularga xos 
bo'lgan serpushtlikni aniqlash katta ahamiyatga ega. Turga xos serpusht- 
likni aniqlash bosh baliqshunos yoki ixtiolog kabi mutaxassislarning 
ishidir.
3 2 6



Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish