O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

Oq amur 
— Ctenopharygodon idella (Valencainnes) xuddi karpga 
o'xshagan issiqsevar tur, karpsimonlar oilasiga niansub, Sliimoliy Xi- 
toyda Amur daryosida keng tarqalgan tur. Umurnan uzoq Sharq ixtio- 
faunasiga tegishli va ko'pchilik daryolarda uchraydi. Yaxshi sharoitda 
uzunligi 122 srn va og'irligi 32 kg gacha bo'lgan zotlar Amudaryoda 
uchraydi. O'zbekistonda tabiiy sharoitda 5—6 yoshda yetiladi. Rossiya 
Federatsiyasining janubiy viloyatlarida, Krasnodar o'lkasida 4—5 yosh- 
da yetiladi. Shimoliy rayonlarda 7—8 yoshda yetiladi. Oq amurning ser- 
pushtligi 800 ming uvildiriq, lekin asosan serpushtlik turining yoshi va 
og'irligi bilan chambarchas bog'liq. 12 kg, yoshi 8 dagi zotlarda 2,2-2,4 
min dona uvildiriq bo'ladi (Amu Buxoro mashina kanalidan ovlan- 
gan — 15-noyabr 2007-y.), uvildiriq umumiy og'irligi 1,4 kg ni tashkil 
qiladi. Oq amur o'z vatanida aprel—avgustgacha uvildiriq qo'yadi, aso­
san uvildiriqni, kuchli oqim va kuchli girdobda tashlaydi. Uvildiriqlar 
unchalik yopishqoq emas, pelagik bo'ladi. Inkubatsiya muallaq holatda
suv bag'rida o'tadi, suv harorati 26—30°C bo'lganda 32—4 soat davo- 
mida o'tadi. Uvildiriqlar kattaligi 5 -6 mm gacha shishadi. Hovuz, ko'l 
yoki to'xtagan suvda ko'paymaydi. Shuning uchun ham inkubatsion sex 
sharoitida chavoq olinib ko'paytiriladi. Oq amur chavoqlari ham boshqa 
baliq chavoqlari singari boshlang'ich rivojlanish bosqichlarida zooplank­
ton bilan oziqlanadi, yana keyingi rivojlanish bosqichida vaqtinchalik 
zoobentos bilan ham oziqlanadi. Uzunligi 2,5—3 sm bo'lishi bilan av- 
valiga yumshoq o'tlar bilan keyinchalik ayniqsa 2 yoshdan o'tgandan 
keyin dag'al suv o'simliklar bilan oziqlanishga o'tadi. Oq amur suv 
o'simliklari bilan oziqlanishi sababli u biomelioratorlik funksiyasini ba- 
jaradi, o'simliklarning g'ovlab ketishiga yo'l qo'ymaydi. Ozuqa obyekti 
o't, daraxt barglari va boshqa o'simliklarni iste’mol qiladi. Ikki yoshli 
oq amurning sutkalik ratsioni baliq tana og'irligining 40% ni tash­
kil qiladi. Suv harorati 11—12°C tushishi bilan oziqlanishdan to'xtaydi. 
Tabiiy suv havzalarni evitrofikatsiyalanish oldini olishda qo'l keladi. 
Oq amur suv havzasini o'tlardan tozalab boshqa baliqlar uchun yaxshi 
muhit yaratadi.
Oq 
do'ngpeshana — Hypophthelmichtys molitrix (Valencinnes) ham 
xuddi oq amurga o'xshagan vatani uzoq Sharq daryolari. Amur daryosi ­
da keng tarqalgan bu tur ham sermahsul, uzunligi 1 metrdan oshiq va 
og'irligi 16 kg. To'da bo'lib yuradigan baliq turiga kiradi. Yozda daryo 
o'zaniga uvildiriq qo'yadi. Uvildiriq pelagik xususiyatga ega. Serpushtiigi 
480—550 ming uvildiriq. Uvildiriqlarning inkubatsion davri va yetilishi 
xuddi oq amurga o'xshash. To'xtagan suv havzalarida va ko'llarda tabiiy
29


ravishda ko‘pavmaydi. Albatta inkubatsion sex sharoitida uvildiriqlar- 
dan chavoq olinadi. Yosli chavoqlar taogen oziqlanishga o'tishi bilan 
avvaliga zooplankton bilan oziqlanadi, uzunligi 1,5—2,5 sm bo'lishi bi­
lan fitoplankton va detrit bilan oziqlanadi. Oq do'ngpeshananing sutka- 
lik ratsioni tana og'irligining 17% ni tashkil qiladi. Ozuqa koeffitsienti 
o'rtacha 30-40 ni tashkil qiladi. Boshqa turlardan jabra cho'zilishi bilan 
farq qiladi. Jabralar shakl jihatdan o'zgargan. Jabra tichinkalari o‘zaro 
o'sib kctib, bir butun to'rsimon hosilaga aylangan bo'lib, filtrlash uchun 
moslashgan. Oq do'ngpeshananing hazm sistemasi ancha o'zgargan 
bo'ladi, ayniqsa ichak ancha uzun bo'lgan. Agarda ozgina shovqin se- 
zilsa darhol suvdan tovush tomonga qarab sakraydi. Oq do'ngpeshana 
suvning gugullashi oldini oladi. Snv havzasini evtrofikatsiyadan saqlay- 
di. Suvdan 2—3 metr balandlikkacha sakraydi. Suv harorati 9-40°C 
bo'lganda oziqlanmay qoladi.
Chipor 
do‘ngpeshana-Aristichthys nobilis Rich - oq do'ngpe- 
shanadan farqi asosan jabra tuzilishida, jabra tichinkasi o‘zaro o'sib 
ketmagan bo'lib undan farq qiladi, lekin boshqa farq bu turning tez 
o'sishidir. Xuddi oq do'ngpeshana singari kuchli tovush to'lqinida suv­
dan baland sakrantaydi. Bu asosan zooplankton va fitoplankton bilan 
oziqlanadi. Sutkalik ozuqa ratsioni tana og'irligining 50 %ni tashkil 
qiladi. Ozuqaga nihoyatda talabchan. Baliqlarning yashash zonalari 12- 
rasmda ko'rsatilgan.

Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish