Baliqchilikda ishlatiladigan yemlaming xarakteristikasi
Xo'jalik hovuzlaridagi baliqlarni boqish uchun o'simlik va hayvon
mahsulotidan tayyorlangan ozuqa, kombikorm, oziq-ovqat sanoati
chiqindilari 37-jadvalda keltirilgan. Baliqlar issiq qonli hayvonlar ye-
maydigan ozuqa obyektlarini yeydi, ayniqsa karp hamma xur hayvon,
u achchiq lyupinni, shrot, kunjara, don qoldiqlari, begona o 't urug'i
hayvon qoni, suyak, go'sht uni kabilar bilan oziqlantiriladi.
Ko'p sonli baliq o'tkazib boqishda ularni yaxshilab oziqlantirish
zarur. Shundagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Ayniq
sa, oqsilli ozuqa nihoyatda zarur. Ozuqa mahsuloti tarkibiga protein
155
moddasi nihoyatda zarur. Ozuqa mahsulotining tarkibi jadvaldagi
ko‘rsatilgan protein miqdoriga e’tibor bering. Qaysi ozuqa proteinga
boy ekanligini darhol tushunib olasiz. Oqsilli ozuqaning qimmati
uning tarkibidagi aminokislotalarning xilma-xilligiga bog‘liq (Lizin,
metionin, triptofan 40-jadval).
Baliq ham boshqa hayvonlar singari zarur bo'lgan ba’zi bir am ino-
kislotalarni sintez qila olmaydi. Shu juntladan zarur bo'lgan oksilni ba
liq ratsionida u yoki bu almashinib boimaydigan aminokislotalarning
yetishmasligi baliq o'sishinini sekinlashtiradi ((organin, lizin), anemiya
(gistiddin), garmonlar (fenolalanin), ko‘payishi uchun (triptofan), nerv
sistemasi uchun (valin), hamda oksil sintezi uchun (izoleytsin, leytsin,
treonin) bu aminokislotalar nihoyatda zarur).
Baliqlarning fiziologik funksiyalari normal o‘tishi uchun yog‘ning
ahamiyati katta. Yog' asosan energiya manbasi hisoblanadi. Baliq ta-
nasidagi yog' miqdori uning yoshiga, yil fasliga, oziqlanish xarakteri va
boshqalarga bog'liq. Baliqlarda yog' asosan uglevodlardan, ozuqa tarki
bidagi yog'dan sintezlanadi, hattoki baliq va uning segoletkalarining
qishdan eson-omon chiqishi undagi yog' zaxirasiga bog'liq.
Baliqlarning normal o'sishi va rivojlanishi uchun vitaminlar, mi
neral tuzlar, mikroelementlar va boshqa moddalar ham zarur. Baliqlar
da moddalar almashinuvi uchun vitaminlarning ham ahamiyati katta.
Intensiv hovuz baliqchilik xo'jaligini tashkil qilish va tig'iz baliq
o'stirishda tabiiy ozuqa miqdori ancha kamayadi. Shuning uchun ham
ozuqa ratsioni tuzishda undagi vitamin miqdoriga ham e’tibor berish
kerak. Vitaminga boy ozuqa sifatida gidrolizli drojasi, ozuqa konsen-
trati, yashil o'sintliklar, karatinga boy (provitamin A) vitamin man
basi sifatida foydalaniladi. Bir tonna omuxta yem uchun 0,5 kg V12 va
20—30% yashil o'simlik pastasini qo'shib berish tavsiya etiladi.
Baliqlarni sun’iy oziqlantirishda mineral tuzlarning ahamiyatiga
e’tibor beriladi. Baliqlarda mineral tuzlarning yetishmasligi ularda
moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga ka-
sallik, ozuqa sarfining oshishi, ko'payish funksiyasining buzilishiga
olib keladi. Baliq ozuqasiga mikroelementlarning qo'shilishi kobalat,
marganets, rux baliq o'sishni tezlashtiradi. Baliqning ozuqa tarkibi 40-
jadvalga keltirilgan.
Mikroelementlar moddalar almashinuvi jarayonlarini stimullaydi,
qon aylanishini yaxshilaydi. Baliq ozuqasiga qancha mikroelement
qo'shishdan oldin suv va tuproq tarkibidagi elementlar aniqlanadi va
qaysi element zarur bo'lsa yoki yetishmasa keyin ozuqaga qo'shiladi.
156
Do'stlaringiz bilan baham: |