O karimova huquqshunoslik


Huquq nazariyasi. Huquqning vujudga kelishi



Download 360,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/184
Sana15.02.2022
Hajmi360,45 Kb.
#449246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   184
Bog'liq
huquqshunoslik

Huquq nazariyasi. Huquqning vujudga kelishi
Insoniyat vujudga kelishi bilan jamiyatda o‘zini tutish
qoidalari ham vujudga kelgan. Davlatgacha davrda bu
qoidalar, urf-odat diniy me’yorlar shaklida bo‘lib, jami -
yat a’zolari bularga rioya qilganlar. Asta-sekin ja 
miyat
rivojlanishi mehnat taqsimotini, oilaviy turmushda yakka
nikoh vujudga kelishi bu qoidalarni ixtiyo riy bajarish bi-
lan birgalikda majburiy bajarishni ham talab qila boshla-
di. Jamiyatdagilarning o‘zaro munosabatini vujudga
keltira boshlagan xususiy mulkchilik kishilar 
ning
huquqlarini, talablarini, ehtiyojlarini tartibga so lish ni ij-
timoiy hodisa — hayot talabiga aylantirdi. Bir so‘z bilan
izohlaganda, jami yatdagi o‘zaro munosabatlarning shakl-
lanishini amalga oshirish yo‘lini ko‘rsatib beruvchi
qoidalar, me’ yorlar vujudga kela boshladi. Bu me’yorlar
huquq, huquqiy aktlar deb atala boshladi.
Huquqning vujudga kelishi to‘g‘risida har xil naza riya -
lar, qarashlar mavjud. Sitseron, Lokk, Russo, Mon tes k ye,
Golbax, Radishev huquqni tabiiy voqea deb tushuntirgan-
lar. Bu nazariya asosida tabiiy huquq — yashash, rivoj -
lanish, kasb bilan shug‘ullanish, jamiyat va davlat ishida
ishtirok etish huquqlari yotibdi. Har bir davlat insonsiz
mavjud bo‘lmaganidek, inson ham tabiiy huquqlarga ega.
Tarixiy huquq nazariyasi
inson o‘ziga-o‘zi bajari 
lishi
shart bo‘lgan qoidalarni vujudga keltirib, o‘zi uning ba-
jarilishini ta’minlaydi, degan fikrni bildiradi. Bu nazariya
tarafdorlari qonunshunos o‘zidan o‘zi huquq me’yorlari-
ni ishlab chiqmaydi, buning uchun ijtimoiy tuzum,
jamiyat rivojlanishining talabini e’tiborga olish lozim,
deb ham talqin qilishadi.
Realistik huquq nazariyasi
huquqni tashqi rivojla nish,
taassurot asosida vujudga keladi, deb tushuntiradi. Inson
o‘z oldiga qandaydir bir maqsad qo‘yib, huquq asosida
o‘z maqsadiga erishadi.
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi


26
Huquqshunoslik
Sotsiologiya huquq maktabining
asosi insonning
huquqqa taalluqli, huquq bilan bog‘liq xulq-atvorini,
huquqiy munosabat tizimini o‘rganishga qaratilgan.
Huquq kelib chiqish nazariyasining yana bir shakli
qoidali yo‘nalish bo‘lib, uning tarafdorlari huquq tizimi-
ni bosqichma-bosqich, bir tizimdan ikkinchi ti 
zimga
o‘tadi, deb talqin qilishadi. Asosiy o‘rin qonunga, unga
bo‘ysu nishiga qaratilib, boshqa huquqiy hujjatlar qonun
asosida bo‘lishi kerakligi ko‘rsatiladi. Bu huquq
nazariyasi tarafdorlarining fikri huquqiy davlat g‘oyasiga
yaqinroqdir.
XX asrda 
psixologik huquq nazariyasi
tarafdorlari
keng tarqala boshladi. Jamiyat a’zolarining mulkiy va
shaxsiy munosabatlarini, shaxslarning jamiyat boyliklari-
dan foydalanish erkinliklarini, huquqlarini amalga osh i -
rish jarayonining yechimini psixologik huquq nazariyasi
ko‘rsatib beradi.
Materialistik huquqiy nazariya
negizida huquq iqti-
sodiy hukmron sinfning irodasini ifoda etadi, degan
tushuncha bildiriladi. Bu nazariyaga binoan hu 
quq
davlatdagina mavjud, davlat o‘z kuchini yo‘qotishi bilan
huquq ham tugaydi deb tasdiqlashadi.
Yuqoridagi bir necha huquq vujudga kelishi to‘g‘risi -
dagi nazariyalardan kelib chiqqan holda huquqqa xos
quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Huquqiy me’yorlar jamiyatda davlat tomonidan
maxsus hujjat sifatida tasdiqlanadi.
2. Huquqiy me’yor davlat tomonidan muhofaza qili -
nib, ayrim vaqtda bajarishga majburlashni talab qi ladi.
3. Huquq shu jamiyatda, davlatda yashovchi
shaxslar uchun shart bo‘lgan huquq tizimi bo‘lib xiz-
mat qiladi.
4. Huquq shu davlat fuqarolarining umumiy va shaxsiy
ehtiyojlarining uzviy bog‘liq vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Demak, huquq jamiyat a’zolari rivojlanishini, jami 
-
yatda tartib o‘rnatishni tashkil etish, ijtimoiy muno 
-
sabatlarni tartibga solish vositasidir.


27

Download 360,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish