Huquqiy madaniyat
keng ma’noga ega bo‘lib, shaxs-
ning qonunga, davlat tomonidan o‘rnatilgan tartib-
qoidalarga rioya etishdagi xulqi, munosabatini bildiradi.
Umuman madaniyatli va madaniyatsiz shaxs bo‘lga
ni -
dek, odamlar huquqiy madaniyatli, huquqiy madaniyat-
sizlarga bo‘linadi. Huquqiy madaniyatli bo‘lish uchun
hamma qonun me’yorlarini yoddan bilishi shart emas,
unga rioya etish, qonun asosida ish tutish lozim. Ayrim
huquq me’yorla
rini mukammal biladigan shaxslar
huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortiladilar. Ular
huquqiy bilimli bo‘lganlari bilan huquqiy madaniyatdan
uzoqdirlar. Demak, huquqiy madaniyat shaxsning ongli
ravishda huquqiy me’yorlarga rioya qilishi, o‘z xulq-
atvori bilan o‘rnatilgan tartib-qoidaga bo‘ysunishi, desak
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |