118
Huquqshunoslik
qilingan bo‘lsa, shu bolaga nisbatan bo‘lgan qa rin dosh lik
faktiga
asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan
undan ta’minot olish, shuningdek, bolali fuqarolar
uchun
qonun hujjatlarida belgilangan im
tiyoz lar va
nafaqalar olish huquqlaridan
mahrum bo‘ ladi.
Ota-onalik huquqidan
mahrum qilinishi ota-onani
o‘z bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qil-
maydi.
Farzandlarning huquq va burchlari
Farzandlar ham ota-onalarining oldida o‘z burchla
-
rini bajarishlari shart. Bu burchlar, ayniqsa, mehnat qo-
biliyatini yo‘qotgan, kasal bo‘lgan,
boquvchisiz qolgan
ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilishdan iboratdir. Farzandlar
burchlarini bajarishlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respub
-
likasi Konstitutsiyasining 66-moddasida, jinoyat, nikoh
va oila qonunlarida ko‘r satilgan.
Qonun ajrim bilan birgalikda, agar talab qilsalar,
voyaga yetmagan farzandga nafaqa to‘lashni ham hal
qilish yo‘llarini ko‘rsatgan.
Alimentni ota yoki ona to‘lashi mumkin.
Farzand
kimning qaramog‘ida qolsa, o‘sha shaxsga aliment olish
huquqi beriladi. Aliment miqdori yuqorida ko‘rsatildi.
Voyaga yetgan farzandlar esa o‘z navbatida, ota-onalari
talab qilsalar, ularga ham aliment to‘laydilar. Faqat ali-
ment sud hay’ati belgilagan miqdorda amalga oshiriladi.
Ota-onaga to‘lanadigan aliment aniq miqdorda ko‘rsatil-
magan.
Nikohda turgan ota-onalardan tug‘ilgan
farzandning
familiyasi ota-onasining nikohi haqidagi hujjat bilan bel-
gilanadi.
Farzandlikka olish tartibi
Har bir voyaga yetgan erkak va ayol, fuqarolar
farzandlikka olish huquqiga ega. Faqat qamoqdagilar,
119
ota-onalik
huquqidan mahrum qilinganlar, ruhiy kasal-
lar, muomalaga layoqatsizlar yoki narkologiya muassa
-
salarida ro‘yxatda turuvchilar, jinoiy jazoga tortilganlar
bunday huquqdan foydalanishdan mahrumdirlar.
Farzandlikka olish haqidagi ariza farzandlikka oluv
-
chi shaxs turgan joydagi yoki
farzandlikka olinuvchi tur-
gan joydagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.
Farzan d likka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga
nisbatan va ularning manfaatlarinigina ko‘zlab yo‘l
qo‘yiladi.
Farzandlikka oluvchining iltimosiga ko‘ra farzandlik-
ka olinuvchining familiyasi va ota ismi — farzandlikka
oluv chining familiyasi va ismiga qarab berilishi, shu
-
ning dek, farzandlikka olinuvchining ismi o‘zga
rishi
mum kin. Farzandlikka olinish sir saqlanadi.
Farzandlikka olinishning sir saqlanishini ta’minlash
maqsadida farzandlikka olinuvchi bolaning tug‘ilgan joyi
haqidagi yozuvini, uning tug‘ilgan
vaqti haqidagi yozuv -
ni o‘zgartirishi mumkin. Farzandlikka olishni sir saqlash
qonun bilan himoya qilinadi.
Ma’lumki, ayrim bolalar otasiz-onasiz qolishlari
mumkin. Bu holatlar bolaning ota-onasi vafot etishi tu-
fayli, ota-onasi otalik-onalik huquqlaridan mahrum etil-
ganligi, ota-onasi kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra
vujudga keladi. Bunday sharoitda qolgan bolalarga vasiy-
lar va homiylar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: