50
Huquqshunoslik
hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyo ni
haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish.
3.
Ma’muriy huquqbuzarlikning sodir etish quroli
hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyo ni
musodara qilish.
4.
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan
(transport vositasini
boshqarish huquqidan,
ov qilish
huquqidan) mahrum etish.
5.
Ma’muriy qamoqqa olish.
1. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda ayb-
dor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquq
-
buzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik
aniqlangan vaqtda-
gi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan
holda belgilanadi.
2. Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli
hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ash yoni
u ning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish shu ashyoni
majburiy tarzda tortib olib, uni
keyinchalik sotib yubo rish
hamda sotishdan tushgan pulni ashyo ning sobiq egasiga
tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashla-
gan holda topshirishdan iboratdir.
3. Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hi
-
soblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyo
ni
musodara qilish shu ashyoning haqini to‘ lamasdan maj -
buriy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat.
4. Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan
(transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish
huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudi -
ning ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan uch
yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan
mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘l
-
masligi kerak.
5. Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh
sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sha roitida
51
esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz
sutka gacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy
qamoqqa
olish tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha
sudyasi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida
esa harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i
tomonidan belgilanadi.
Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga,
uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yosh-
gacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxs-
larga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan
shaxslarga, bi rinchi va
ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‘lla
nili shi
mumkin emas. Jazoni qo‘llash chog‘ida sodir etilgan
huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning
aybdorlik darajasi,
mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengil-
lashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
vazifalari har bir ishning holatini o‘z vaqtida, har tomon-
lama, to‘la va xolis aniqlash, uni qonunga muvofiq aniq hal
etish, chiqarilgan
qarorning bajarilishini, shuningdek,
huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan
shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquq buzarlikning oldini
olishdan, O‘zbekiston Res pub likasi Konstitutsiyasi va qo-
nunlariga rioya
etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni
mustahkamlashdan iboratdir.
Ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni amalga
oshirish tartibi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
kodeks bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: