Modern Talking
in English
O’zbekcha Inglizcha SO’ZLASHGICH
Contents – Mundarija
Prologue – Muqaddima………………………………………3
About language – Til haqida……………………….………...5
Starting conversation – Suhbat boshlash…………..………7
A meeting – Yig’ilish …………………………………………8
Family – Oila…………………………………………………..11
Talking about the weather – Ob-havo haqida
suhbatlashish………………………………………………….15
In front of the hotel – Mehmonxona oldida………….…….18
Cinema or theatre - Kino-teatr yoki Teatr…………………..21
An English Language Party – Ingliz tili kechasi…….……...27
Sports – Sport……………………………………………..……29
School –Maktab………………………………………………...35
At the restaurant – Restoranda………………….……………36
At the dentist‘s office -Dentist Qabulida………...…………..39
Shopping – Xarid………………………………………………42
Travelling by a Land – Quruqlikda sayohat………………..44
Travelling by a Water – Suv orqali sayohat ………………..46
Travelling by Air – Havoda sayohat………………………….48
Supplement - Ilova………….......................................................51
Prologue - Muqaddima
Hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biri yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ,milliy g’urur, yuksak axloq va ma’naviyat, qadimiy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Buning uchun yoshlarning istak va xohishlarini e’tiborga olib, ularni har tomonlama yetuk va barkamol inson qilib yetishtirishda jahonning ilg’or tajriba usullaridan foydalanish zarur . Buning uchun esa yoshlarga jahon tili hisoblangan ingliz tilini mukammal o’rgatish, tili o’rganilayotgan mamlakatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishlarini ta’minlash davr talabidir.
Iqtisodiyoti yuksalib borayotgan mustaqil O’zbekiston davlatining mamlakatlar bilan siyosiy-iqtisodiy ,madaniy va ma’rifiy aloqalari kengayib borishiga ko’ra o’quvchi yoshlarga xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti ,tarixi,urf-odatlari va tiliga bo’lgan qiziqishi kun sayin ortib bormoqda . Oliy o’quv yurtlari 1-kurs talabalari, maktab o’quvchilari va ingliz tilini o’rganuvchilarga mo’ljallangan ushbu so’zlashuv qo’llanmasi ularning og’zaki nutqini rivojlantirish , so’z boyligini oshirish va o’zaro muloqotga kirishishini nazarda tutuvchi materiallarga boydir . So’zlashuv kitobi o’quv dasturi va rejalari asosida juda muhim bo’lgan va kundalik muloqotda ko’p ishlatiladigan mavzularni qamrab olgan.
So’zlashuv kitobi ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida “Uchrashuv”,”Oila”,”Ob-havo”,”Maktab”,”Telefonda suhbat”,Kino yoki teatrda”,”Sport”,”Taomlar”,”Xarid”,”Sayohat” va shu kabi mavzular asosida so’z-iboralar va dialoglar berilgan . Ikkinchi qismda esa hamdo’stlik mamlakatlari,ularning poytaxti Amerika shtatlari,Britaniya va Amerika pul birliklari haqida ma’lumotlar berilgan.Va o’ylaymizki, til o’rganuvchilar uchun bunday ma’lumotlarni bilish foydadan xoli emas.
Oliy o’quv yurtlari 1-kurs talabalari ,maktab o’quvchilari va ingliz tilini o’rganuvchilarga mo’ljallangan bu qo’llanma ularga amaliy yordam beradi degan umiddamiz. Mualliflar
Do'stlaringiz bilan baham: |