O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/222
Sana08.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#335138
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   222
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Valuta  siyosati. 
Valuta  kursining  davlat  va  b o z o r   to m o n i d a n  
muvofiqlashtirilishini o ‘zaro solishtirish uning dinamikasiga ta ’sir etadi. 
Valuta  kursining  valutaga  b o ‘lgan  talab  va  taklif  mexanizmi  orqali 
v a lu ta   b o z o rla rid a   shakllanishi,  o d a td a ,  kurs  nisbatlarin i  keskin 
o ‘zgarishi bilan xususiyatlidir.  Tqtisod,  pul  muomalasi,  rnoliya va kredit 
holatining  ko‘rsatkichi  ham da  muayyan  bir  valutaga  boMgan  ishonch 
darajasi  bo'lmish  aniq  (real)  valuta  kursi  bozorda  shakllanadi.  Valuta 
kursini  davlat  tom onidan  muvofiqlashtirilishi  m am lakatning  valuta- 
iqtisodiy  siyosati  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  uning  ko‘tarilishi 
yoki  pasayishiga  qaratilgandir.  U shbu  m aqsadda  m a ’lum  bir  valuta 
siyosati  amalga  oshiriladi.
Shunday  qilib,  valuta  kursining  shakllanishi  —  bu  milliy  va ja h o n  
iqtisodiyotlari  h a m d a   siyosatlarining  o ‘zaro  m u n o sa b a tla ri  b ila n  
asoslangan  murakkab  ko‘p omilli jarayondir.  Shu sababli valuta kursini 
prognozlashda yuqorida ko'rib chiqilgan kursni shakllantiruvchi omillar 
ha m d a  ularni  valutalarning  o ‘zaro  nisbatiga bir xilda  b o 'lm agan t a ’siri 
aniq  bir  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda  hisobga  olinadi.
V a lu ta   kursi  milliy  va  j a h o n   bozorlari  q iy m at  k o ‘rsatkichlari 
o 'rtasid a  aloqa  instrumenti  sifatida  maydonga  ch iqqan  holda  xalqaro 
iqtisodiy  m unosab atlar  h a m d a   ta k r o r   ishlab  c h iq a ris h d a   faol  rol 
o'ynaydi.  T adbirkor  valuta  kursidan  foydalangan  holda  o ‘z  ishlab 
chiqarish  xarajatlarini  jah o n   bozoridagi  b aholar  bilan  taqqoslaydi. 
U shbu  tadbir  alohida  korxona  yoxud  butun  bir  m am lakatning  tashqi 
iqtisodiy  operatsiyalar  natijasini  aniqlash  im konini  beradi.  J a h o n  
bozorida tovar sotilganda milliy m ehnat  mahsuli bo'lm ish  tovar qiymat 
o'lchovining baynalmilallashgan  birligi sifatida jam oatchilik to m o n id a n  
tan  olinadi.  Jahon valuta bozorida esa valutalarning baynalmilallashgan 
qiymatining  pariteti  aniqlanadi.
V a lu ta lar  kurslari  nisbati  asosida  u sh bu   m a m la k a t n in g   j a h o n  
savdosidagi  solishtirma  og‘irligini  hisobga  oigan  holda  samarali  valuta 
kursi  hisoblanadi.  Valuta  kursi  eksport va  import  bah olarining  nisbati, 
firmalarning  raqobatdoshligi,  korxonalar foydasiga  m a ’lum b ird a ra ja d a  
t a ’sir  etadi.
Valuta kurslarining keskin tebranishi xalqaro  iqtisodiy, shu ju m lad an 
valuta-kredit  va  moliyaviy  m unosabatlar  muvozanatsizligini  kuchay- 
tiradi  ham da  salbiy  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlarga,  ayrim  davlatlarni 
zararlarga,  ayrimlarini  esa  yutuqlarga  olib  keladi.


Boshqa omillarning aks ta ’siri  b o ‘lmagan  paytda  miliiy valuta kursi 
pasayganda  eksportyorlar  tushum  sifatida  olingan  va  qimmatlashgan 
xorijiy  valutani  nisbatan  arzonlashgan  miliiy  valutaga  alm ashuvi 
hisobiga  eksport  mukofotini  oladilar  ham da  tovarlarni  o 'rta c h a  jahon 
baholaridan  past  darajada  sotish  imkoniga  ega  bo'ladilar.
M iliiy  v a lu t a   k u rsin in g   p a s a y is h i,  y u q o r id a   b a y o n   e tilg a n  
im tiyozlardan  tashqari,  bir  v aqtning  o ‘zida  im po rtning  q im m a t-  
lashishiga  olib  keladi.  Bu  esa  mamlakat  ichkarisida  baholar  o'sishiga, 
tovar  olib  kirish  va  iste’mol  qilishni  qisqarishiga  ham da  miliiy  tovar 
ishlab chiqarishni o'sishiga olib keladi.  Valuta kursining pasayishi miliiy 
valutada  ifodalangan  real  qarzdorlikning kamayishiga,  xorijiy valutada 
ifodalangan tashqi  qarzlar og‘irligining kuchayishiga olib keladi.  Xorijiy 
investorlar  to m o nidan   mamlakat  miliiy  valutasida  olinayotgan  foyda, 
foizlar  va  dividendlarni  chetga  olib  chiqish  manfaatsiz  bo‘lib  qoladi. 
Ushbu foyda reinvestitsiya qilinadi  yoki  mamlakat  ichki baholari asosida 
tovarlar  sotib  olish  ham da  ularni  eksport  qilish  uchun  ishlatiladi.
V a lu ta   kursi  k o 'ta r ils a   m a m la k a t  ichkarisidagi  b a h o la r n in g  
raq obatdoshligi  h a m d a   e k sp o rtn in g   sam aradorligi  pasayadi.  O 'z  
navbatida  ushbu  jarayonlar  eksport  tarmoqlari  ham da  yalpi  miliiy 
ishlab  chiqarishning  qisqarishiga  olib  kelishi  mumkin.  Im p ort  esa 
aksincha  kengayadi.  Mamlakatga xorijiy hamda  miliiy kapitallarni oqib 
kelishi  rag'batlantiriladi, xorijiy kapital q o ‘yilmalariga olingan foydalarni 
olib  c hiqilishi  o 's a d i.  Q a d rsiz lan ib   b o ray o tg a n   xorijiy  va lu ta da  
ifodalangan  m am la k a t  tashqi  q a rzining  real  summ asi  kamayadi. 
Valutaning ichki va tashqi qadrsizlanishidagi,  ya’ni uning kurs dinamikasi 
h a m d a   sotib  olish  qobiliyati  orasidagi  uzilish  xalqaro  iqtisodiy 
m un o sa b a tla r  u c h u n   katta  aham iyatga  ega.  Agarda  pulning  ichki 
inflatsion  qadrsizlanishi  valuta  kursining  qadrsizlanishidan  s u r’ati 
b o 'y ic h a   o 'z ib   ketsa,  o'zga  shartlarning  tengligi  sharoitida  miliiy 
bozorda  yuqori  baholarda  sotish  maqsadida  tovarlar  importi  rag‘- 
batlantiriladi. Agarda valutaning tashqi qadrsizlanishi  inflatsiya hisobiga 
vujudga  keladigan,  uning  ichki  qadrsizlanishidan  o ‘zib  ketsa  unda 
valuta  dempingi  uchun  sharoit  yetiladi.  Boshqacha  aytganda,  tashqi 
bozorlarda  raqobatchilarni siqib chiqarish  maqsadida tovarlarni o'rtacha 
jah o n  baholaridan  past darajada ommaviy ravishda eksport qilish uchun 
sharoit  tug'iladi.
Valuta  dempingi  u c h un   quyidagilar  xususiyatlidir:  1)  eksportyor 
tovarlarni  ichki  bozorda  inflatsiya t a ’sirida  ko'tarilgan  baholarda sotib 
oig an   h o ld a   tashqi  b o z o rd a   o 'r t a c h a   j a h o n   ba h o la rid a n   pastroq


darajada  ularni  nisb a ta n   m uvozanatli  b o ‘lgan  valutaga  sotadi;  2) 
eksport  baholarini  pasaytirish  manbasi  b o ‘lib,  tu sh um   sifatida  olingan 
nisbatan  barqaror valutani  qadrsizlangan  milliy valutaga  almashtirgan 
paytida hosil b o ‘ladigan  kurslar farqi hisoblanadi;  3) tovarlarni om m aviy 
ravishda  chetga  olib  chiqilishi  e ksp o rty o rla rg a   n ih o y atd a   y u q o ri 
darajadagi  foydani  t a ’minlaydi.
Demping  bahosi  ishlab  chiqarish  bahosidan  yoki  tannarxdan  h a m  
past  b o ‘lishi  m um kin.  Biroq  eksportyorlar  u c h u n  juda  ham  pasaytirib 
yuborilgan  baho  m anfaatli  emasdir,  ch u n k i  xorijlik  k o n tra g e n tla r 
to m onidan  tovarlar  reeksporti  natijasida  milliy tovarlar bilan  raqobat- 
chilik  vujudga  kelishi  mumkin.
Erkin suzadigan valuta kurslari  rejimi  sharoitida kapitallar,  ayniqsa 
qisqa  m u d d atli  k a p it a ll a r   h a ra k a tig a   u la r   o ‘z g a ris h in in g   t a ’siri 
kuchayadi.  Ushbu  omil  esa  o ‘z  navbatida  ayrim  davlatlarning  valuta- 
iqtisodiy  holatiga  o ‘z  t a ’sirini  o ‘tkazadi.
V alutasining  kursi  k o ‘tarilib   b o r a y o tg a n   m a m la k a tg a   x orijiy 
kapitallarning  oqib  kelishi  natijasida  ssuda  kapitallari  va  kapital 
q o ‘yilmalarining  hajmi  vaqtincha  oshib  ketishi  m umkin.
U shbu  o ‘sgan  sarm oyalar  m am lakat  iqtisodiyotini  rivojlantirish 
ham da  davlat  budjeti  taqchilligini  qoplash  maqsadlariga  ishlatilishi 
m u m k i n .  K a p i ta l la r n i   m a m l a k a t d a n   o q ib   k e tish i  esa  u l a r n i n g  
kamomadini,  investitsiyalar qisqarishini va  ishsizlik kuchayishini keltirib 
chiqaradi.
Valuta kursi tebranishining oqibatlari  mamlakatning valuta-iqtisodiy 
mavqeiga,  uning  eksport  kvotasi  xalqaro  iqtisodiy  m unosabatlarda 
tutgan  o ‘rniga  bog‘liq.  Valuta  kursi  m am lakatlar,  milliy eksportyor va 
importyorlaro'rtasidagi  kurash  obyekti  hamda  davlatlararo  nizolarning 
manbasi  b o ‘lib  xizmat  qiladi.
Ushbu  sabablarga  ko ‘ra  valuta  kursining  m uam m olari  iqtisodiy 
fanda  ahamiyatli  o ‘rinni  egallaydi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish