O. E. Xolmirzayev



Download 377,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana30.04.2022
Hajmi377,55 Kb.
#595456
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
USLUBIY-QOLLANMA-OTAMUROD

1. Tirsaksimon karnaylar. 
2. Tо„g„ri karnaylar

XIX asr oxirlarida tirsakli karnaylar Buxoro amiri saroyida chalingan. 
Amirlikning yemirilishi oqibatida bu turdagi karnaylar asta-sekin yо„qolib 
ketgan. Hozirda faqat tо„g„ri karnaylardan foydalaniladi. Karnay metalllatun 
qorishmasidan yasaladi. Qadim davrlarda karnay harbiy yurishlar, ommaviy 
bayramlardan tashqari sport musobaqalarida ham ishlatilgan. Ushbu fikrimizni 
XVII-XVIII asr Eron miniatyuralarida ishlangan tasvirlar tasdiqlaydi. Qadimda va 
hozir ham karnay yakka о„zi ijro etilishidan tashqari surnay, nog„ora, doira 
jо„rligida о„ziga xos ansamblni tashkil qiladi Bu ansambllar Navrо„z tantanalarida, 
xalq sayllarida, bayramlarda, to„ytomoshalarda va boshqa yig„inlarda faoliyat 
kо„rsatmoqda. 
DО„MBIRA 
torli tirnama о„zbek xalq cholg„u asbobi. Dо„mbirada ichak yoki 
ipakdan qilingan ikkita tor bо„lib, kо„proq kvarta oralig„ida sozlanadi. Dо„mbira 
tut, yong„oq, о„rik daraxtidan о„yma qilib yasaladi. Dasta qismida tonlarni 
belgilovchi pardalar bо„lmaydi. Shuning uchun ham bu asbob cholg„uchidan katta 
mahorat talab qiladi. Dо„mbiradan kо„proq doston ijrochilari dostonlar aytishda 
jо„rnovoz sifatida foydalanadilar, yakka holatda kuy ijro etuvchi sozandalar ham 
bor. Hozirda ayniqsa Qashqadaryo, Surxandaryo vohalari baxshichilik san‟atida 
qо„llanilib kelinayotgan dо„mbira ijrochilari noyob cholg„uni kelajak avlodlarga 
yetkazishda katta hissa qо„shmoqdalar. 


45 
IV-BOB
 
Mashg„ulot davomida interfaol usullardan foydalanish 
О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 28-avgust IX sessiyasida 
qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” amaliy hujjat bо„lib, ta‟lim 
tizimini tubdan isloh qilish, uni dunyoning rivojlangan davlatlar ta‟lim tizimi 
darajasiga yetkazish va yosh avlodni yuksak ma‟naviy, axloqiy va chuqur 
bilimlarga ega qilib tarbiyalashni maqsad qilib qо„ydi. 
I. A. Karimov “Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch” asarida о„qituvchi va 
murabbiylarning sharafli mehnatiga baho berib, shunday fikr bildiradi: 
“Barchamizga ayonki, inson qalbiga yо„l avvalo ta‟lim-tarbiyadan boshlanadi. 
Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho 
merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bо„lgan yana 
bir buyuk zot - о„qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan 
tilga olamiz.”
19
Yuqorida keltirilgan bunday ta‟rif о„qituvchi va murabbiylarning о„z kasblariga 
yanada mas‟uliyatli bо„lishlariga undaydi. 
Ta‟limning samaradorligini oshirish shaxsning ta‟lim markazida bо„lishini va 
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta‟minlash uchun ta‟lim muassasalariga 
yaxshi tayyorgarlik kо„rgan va о„z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan 
tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, 
ulardan о„quvtarbiyaviy mashg„ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini 
biladigan о„qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan о„qituvchilari, xususan, 
musiqiy ta‟lim sohasidagi pedagoglarni yangi pedagogik texnologiyalar va 
interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini о„quv mashg„ulotlarida 
qо„llash malakalariga ega bо„lishlari lozim. Respublikamizda boshqa fanlar 
qatorida musiqiy ta‟lim va tarbiyani tizimli shakllantirishda ham bir qancha ishlar 
amalga oshirilmoqda. Musiqa ta‟limi samaradorligini oshirishda magistrlarning 
musiqiy ta‟limga bо„lgan qiziqishlarini о„stirishda о„qituvchining о„rni katta. 
19
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008. 


46 
Musiqa о„qituvchisi о„z kasbiga mehr qо„ygan, yuksak madaniyatli, izlanuvchan 
va keng dunyoqarashga ega bо„lgan shaxs bо„lishi kerak. Musiqa о„qituvchisi 
musiqa san‟atining nazariy va amaliy sohalarda yetarli darajada bilimga va 
tajribaga ega bо„lishi, darsni qiziqarli usullarda olib borishi zarur. 
О„tgan asrning 90-yillarida ta‟lim jarayonida noan‟anaviy usullardan: seminardars, 
konferensiya-dars, bahs-munozara, musobaqa dars, sahna dars, о„yin darslaridan 
foydalanilgan. 
“Zamonaviy о„qituvchi-kelajak bunyodkorlari, yangi pedagogik texnologiyalar, 
nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqodchisi, 
foydalanuvchisi va targ„ibotchisidir”
20
. Ushbu sifatlar haqli ravishda musiqiy 
ta‟lim о„qituvchilariga ham taalluqlidir. Musiqiy mashg„ulotlarning boshqa fanlar 
bо„yicha о„tkaziladigan mashg„ulotlardan farqi shundaki, ular asosan amaliy va 
yakka tartibda о„tkaziladi. Shundan kelib chiqqan holda pedagogik interfaol 
usullarning qay biridan unumli foydalanishni bilish kerak. Quyida о„quv 
mashg„ulotlarini samarali о„tkazish uchun musiqiy mashg„ulotlarda foydalanish 
mumkin bо„lgan usullardan misollar keltiramiz. Bu usullardan asosan ansambl 
ijrochiligi mashg„ulotlarida foydalanish maqsadga muvofiq bо„ladi. 

Download 377,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish