O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova



Download 292,31 Kb.
bet15/79
Sana06.04.2022
Hajmi292,31 Kb.
#532005
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова (1)

Birinchi yo‘nalish tarafdorlari pedagogik jarayonning barcha unsurlari o‘zaro aloqada va ularni ajratish yaramaydi, degan dalilga tayanishadi, pedagogik tajribani yaxlit o‘rganish zarurligiga urg‘u berishadi. Biroq ular quyidagi holatni nazardan chetda qoldirishadi: pedagogik jarayon o‘zining bor munosabatlari bilan olib qaralganda pedagogika fani ob’ekti hisoblanadi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari pedagogik jarayonning alohida elementlari (metod, shakl va b.) o‘rganishga uringan holda bir narsani unutishadiki, o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimida ajratib olingan hech bir vosita to‘liq hisoblanmaydi.
Bugungi kunning jiddiy metodologik muammosi - bu zamonaviy ta’limni pedagogik tadqiqotlarga oid ilmiy muammolarda ishonarli va samarali aks ettirishdir.
Bajarilayotgan tadqiqotlarda uchraydigan umumiy kamchiliklar:

  • aksariyat mavzularning dolzarb pedagogik muammolar yechimiga qaratilmaganligi, ularda yangi, konseptual g‘oyalarning yo‘qligi;

  • farazlarning isbot talab qilmaydigan holatda noaniq ifodalanishi;

  • jiddiy xulosalarning yo‘qligi, ularning nazariy va amaliy jihatdan noaniqligi;

  • shablonlik; (bir qolipdalilik)

  • tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari yo‘qligi va boshqa cheklaydigan asosiy omillar;

  • malakaning yetarli emasligi;

  • umrini yashab bo‘lgan sobiq eski tuzim pedagogikasi g‘oyalaridan xalos bo‘la olmaslik;

-tadqiqot metodlaridan to‘g‘ri foydalana bilmaslik va h.k.


    1. Metodologik ta’minot manbalari.


Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasiga e'tiborning kuchayishi, bejiz emas. Mamlakatimizda demokratik tamoyillarning qaror topishi, kuchli huquqiy davlat zamirida ochiq fuqarolik jamiyati qurilganligi ta'lim va tarbiyaga yangicha mohiyat, mazmun baxshida etayotganligida o‘z aksini topmoqda. Bu yangi modelning muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan zamonaviy pedagogikaning rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir.


Pedagogika fanining metodologik asosi hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli, ulug‘vor vazifalarni yukladi.
Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni yechish bilan birga xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalar ishonchliligini ta'minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlar pedagogik tadqiqotlarni samarali tashkil etish va amaliyotda tatbiq etish uchun zamin hozirlaydi. Bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud.
Metodologiya tushunchasi murakkab va har doim ham bir xilda talqin qilinavermaydi. Hozirgi kunda pedagogika fanining metodologik asosi falsafadir.
“Falsafaning bosh masalasi - ob'ektiv borliq va inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqani oydinlashtirish hisoblanadi. Olam bilan odam mavjudligini tadqiq qilish insonning cheksiz faoliyatini va xarakterini o‘rganishdir. Individning shaxs darajasida namoyon bo‘lishida tarbiyaning yetakchi mavqeini qadimdan faylasuf (Arastu, Platon, Suqrot, Demokrit va boshqalar)lar tan olishgan va inson tarbiyasi muammosi falsafaning asosiy masalalari qatoriga kiritilgan. Shu tariqa falsafiy ta'limotlar tarkibida pedagogik fikr va g‘oyalar vujudga kela boshlagan va yillar davomida rivojlanib borgan, natijada pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Demak, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, pedagogika fanining metodologiyasini jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ifoda etuvchi zamonaviy filosofiya, uning bilish nazariyasi tashkil etadi”,
N.Sayidahmedov.13 Demak, metodologiya birinchi navbatda keng ma'noda – fan metodologiyasi sifatida qo‘llanilib, barcha ilmiy fanlar uchun ilmiy bilishning falsafiy tayanchi hisoblanadi. Metodologiya fan sifatida ob'ektiv borliqni bilish haqida ta'limot (nazariya)dir. Tor ma'noda esa aniq ilmiy fanlar, shu jumladan pedagogika uchun ilmiy bilish nazariyasini anglatadi.

Download 292,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish