126
Boblar va sarlavhalar nomlarining rasmiylashtirilishi
Dissertatsiya tadqiqotining har bir bobi yangi sahifadan boshlab yoziladi.
Bobning nomidan keyin paragrafning sarlavhasi qo’yiladi.
Bob yoki sarlavhalarning nomi asosiy matndan qo’shimcha
interval bilan
ajratib yoziladi.
Boblar va paragraflar nomlari xatboshisidan
yoziladi, nuqta qo’yilmaydi,
tagiga chizib, ta’kidlanmaydi va bochqa betga ko’chirilmaydi. Agar bunday nomlar
ikki yoki undan ko’proq gaplardan iborat bo’lsa, unda ularning o’rtasiga
nuqta
qo’yiladi.
Bob nomi bilan matn o’rtasidagi interval 15 mm bo’lichi kerak, bob bilan
paragraf nomlari o’rtasidagi interval - 8 mm bo’ladi.
Paragraflar arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Paragraf raqami oldidan bob
raqami yoziladi, so’ngra paragraf raqami va nomi qo’yiladi. Raqamlar oxirida
nuqta qo’yilmaydi (1.1).
Titul varag‘ini rasmiylashtirish
Dissertatsiya titul varag’ini rasmiylashtirish
quyidagi talablarga muvofiq
bo’lishi kerak:
• dissertatsiya nomi - shrift 16;
• muallifning familiyasi, ismi - shrift 14;
• malaka - shrift 14.
Dissertatsiya ishi mavzuining nomi, magistrantning familiyasi, ismi, otasining
ismi, «magistrlik dissertatsiyasi» iborasi va yil katta harflar bilan yoziladi.
Shriftni tanlashda faqat Times New Roman
yoki Arial shriftlaridan
foydalanish maqbuldir.
Matndagi qaydlar, ko’chirmalar va o’zlashtirilgan parchalarni
rasmiylashtirish
Ishning bayoni jarayonida magistrant
mazmun shartlariga muvofiq
joylashtirilgan jadvallar, rasmlar,
misollar, sxemalar,
formulalar va boshqa
elementlarni qayd qilib o’tishi mumkin, bunday qismlar o’zlari tegishli bo’lgan
matn bilan yonma-yon qo’yilmasligi ham mumkin.
127
Boshqa manbalardan o’zlachtirilgan ma’lumotlar sahifa ostida izoh tarzida
ko’rsatib o’tiladi. Izoh asosiy matndan uzun chiziq bilan ajratiladi va arabcha
1
’
2
’
3
raqamlari bilan raqamlanadi yoki *** kabi yulduzchalar bilan qayd qilinadi.
Dissertatsiya matnida ko’pincha boshqa mualliflar
aniqlagan faktlarni qayd
qilish yoki o’zlashtirilgan materialni matnga kiritishga to’g’ri keladi.
O’zlashtirilgan parchalarni bayon ishida rasmiylashtirish shakllari xilma-xil, lekin
nutqdagi akademik etiket bir qator barqaror nutq shtamplarini ishlab chiqqanki,
ular o’zlashtirilgan material manbaini aniqroq va qisqaroq tarzda ko’rsatichga
yordam beradi.
Boshqa manbalardan olingan barcha materiallarni izohda ko’rsatish kerak.
Masalan: (5. 42-bet).
Misollar:.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risida”gi Farmoni
1
Mirziyoyev.Sh.M Buyuk kelajakni mard va oliyjanob
xalqimiz bilan birga
quramiz. T.:O’zbekiston. 2017.(103 b)
Do'stlaringiz bilan baham: