0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OL1Y VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O . A. H U S IN O V
PATOLOGIK FIZIOLOGIYADAN
AMALIYOT DARSLARI UCHUN
QO‘LLANMA
Oliy va o (rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tibbiyot oliy
o'quvyurtlari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
Toshkent
«Yangi asr avlodi»
2008
Qo'lingizdagi ushbu qo'llanm a ikki qismdan iborat bo‘lib, uning biriachi Umumiy
patofiziologiya qismida davolash va pediatriya fakultetlari talabalarining mustaqil ishlashlari
uchun 18 mavzu bo‘yicha materiallar keltirilgan.
Qo‘llanmaning ikkinchi qismida a ’zolar va tizimlar patofiziologiyasi bayon qilinadi. U
xususiy patofiziologiyaning 14 darsini o ‘z ichiga oladi.
Qo'llanmada asosiy bilimlar darajasini aniqlash uchun savollar va ularning javoblari,
mustaqil tayyorlanish uchun adabiyotlar keltirilgan.
Ushbu qo‘llanma ilgari rus va o‘zbek tillarida chop qilingan qo'llanmalar asosida qayta
ishlangan va qisman to'ldirilgan.
Taqrizchilar: N .H .
A bdullayev,
tibbiyot faniari doktori, professor
T. D.
Dehqonov, tibbiyot faniari doktori, professor
ISB N 978-0043-08-261-8
О O.A. Husinov. «Patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun qo‘llanma», «Yangi asr
avlodi», 2008-yil.
MUQADDMA
0 ‘quv-qo‘llanma Samarqand Davlat tibbiyot instituti patologik fiziologiya
kafedrasida 0 ‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim to‘g‘risidagi konsepsiyasi
talablari hamda 0 ‘zbekiston Respublikasining Sog‘iiqni
saqlash Vazirligi
tomonidan tasdiqlangan 2002-yilgi oquv dasturi asosida tayyorlangan.
Auditoriyadan tashqari mustaqil tayyorlanish kichik kurslardagi fanlar
bo‘yicha (me’yor fiziologiya, umumiy biologiya va b.) asosiy bilimlar darajasini
aniqlashni nazarda tutadi. Qo‘llanmadajavoblarberilgan. Har bir mavzu bo‘yicha
adabiyotlar tavsiya etilgan, mavzu bo'limlarining asosiy o ‘quv
savollari
shakllantirilgan.
Darslikning tajribaga asoslangan qismi patologik jarayon modelini mustaqil
amalga oshirish, patologiyaning rivojlanish mexanizmini o'rganish va olingan
nadjalami muhokama qilish, tajriba bayonnomasi tuzishni nazarda tutadi. Amaliyot
darslarida har bir mavzu bo‘yicha vaziyath masalalami yechish o ‘rganilayotgan
materialning mustahkamlanishiga imkoniyat tug‘diradi.
0 ‘quv materialining hajmi kattaUgini e’tiborga olib, u ikki qismga bo'lindi.
Birinchi qismda;
—
umumiy nozologiya, etiologiya
va patogenez masalalari, patologiyada
irsiyatning roli;
—
tipik patologik jarayonlar: hujayra shikastlanishi, mikrotsirkulatsiya
buzilishlari, qon aylanishining
mahalliy buzilishlari, yallig'lanish, isitma;
—
immunopatologik jarayonlar: immunodefitsit hoJatlar, allergiya;
—
modda almashinuvining tipik buzilishlari, gipoksiya, o‘smalar.
Ikkinchi qismda:
—
qon va gemostaz patofiziologiyasi;
—
yurak-tomir tizimi va nafas a'zolarining patofiziologiyasi;
—
oshqozon-ichak trakti, jigar, chiqaruv a ’zolari patofiziologiyasi;
—
endokrin va asab tizimi patofiziologiyasi.