2-masala,
1.
Bemorda tashnalikning rivojlanishi gipotalamus ventrolateral bo'limida
joylashgan tashnalik markazining ta’sirlanishi bilan tushuntiriladi.
Uning
mexanizmi: qon plazmasida natriy miqdorining ko'payishi hujayradan suvning
hujayralararo bo‘shliqqa - osmotik bosim yuqori bolgan tomonga o‘tishiga olib
ketadi. Hujayra degidratatsiyasi sodir boiadi va u tashnalik markazini qo‘zg‘atadi.
Massiv shishlar keskin proteinuriya (siydikda oqsil 2%) va gipematriemiya bilan
b o g iiq . Oqsilning siydik bilan yo ‘qotilishi, uning qondagi miqdorini
kamayishiga va onkotik bosimning pasayishiga olib keladi. Bu to‘qimada
suyuqlikning ushlanishiga sabab boiadi.
2. Bemor organizmiga suyuqlik yuborishni cheklash maqsadga muvofiq emas,
chunki qaytarib boimaydigan o'zgarishlarga (oqsil parchalanishi va b.) olib
keladigan hujayra degidratatsiyasi kuchayadi.
3. Organizm da natriy ushlanishining
sababi buyrakning ajratish
funksiyasining buzilishi, giperaldosteronizm va boshqa omillar boiishi mumkin.
Organizmda natriy ushlanishining oqibati giperosmiya hisoblanadi. Tomirlarda
va hujayralararo bo‘shliqda osmotik bosimning k o iarilish i antidiuretik
gormonning k o ‘p ajralishiga olib keladi. Bu
buyrak kanalchalarida suv
reabsorbsiyasini kuchaytiradi, natijada kundalik diurez kamayadi.
4. Bu holda suv va natriy almashinuvi buzilishining aralashgan
sindrom laridan biri: hujayra degidratatsiyasining hujayradan tashqari
gipergidratatsiyasi bilan qo‘shilishi kuzatiladi.
3-masala.
1. Qusish vaqtida nordon me’da shirasi yo‘qotiIishi natriy, kaliy,
xloridlar
yo‘qotilishi va metabolik alkaloz rivojlanishi bilan kechadi. Shirin choyni doimiy
ichish suv tanqisligini kompensirlaydi, ammo qon plazmasidagi busiz ham past
bolgan tuzlar konsentratsiyasini chuqurlashtiradi (gipoosmolar degidratatsiya)
va bolada suyuqlik ichishga jirkanish paydo boiadi.
2.
Natriy tanqisligida gipoosmiya rivojlanadi.
Bu antidiuretik gormon
ajralishining kamayishiga, buyraklarda suv reabsorbsiyasining pasayishiga,
buyraklar orqali «ortiqcha» suvning ajralishiga (osmoregulatsiyalovchi refleks)
va suvning hujayralararo bo'shliqdan hujayraga (yuqoriroq
osmotik bosim
tomonga) o‘tishiga olib keladi. Hujayra degidratatsiyasi ko‘rinish-laridan biri -
suyuqlik qabul qilganda ko‘ngil aynishi va qusishdir.
3. Bola organizmi natriy, kaliy, kalsiy elektrolitlari,
xloridlar eritmasini
yuborishga muhtoj. Tuzli preparatlaming keng spektri ko‘p qoilaniladigan va
yuqori effektiv vosita regidron preparati shaklida taqdim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: