bo‘lishi bir necha bosqichda o‘tadi: 1) bezga yodidlarning tushishi. Organizmga
tushadigan yod ichakda shimiladi, qonga o‘tadi, u yerda uning organik va
noorganik birikmalari yodidlarga- Ki, Nai -
aylanadi; 2) yodidlaming oksidlovchi
fermen tlar ~ peroksidaza va siloxromoksidazaJar ta’sirida oksidlanishi va molekular
yod hosil boMishi; 3) hosil bo‘lgan molekular yod tirozin aminokislotasi
molekulasiga qo‘shiladi, natijada mono - va diyodtirozinlar hosil bo‘Iadi; 4)
peroksidaza fermenti va gipofiz tirotropini ta’sirida yod bilan birikkan tirozinlar
(m ono- va diyodtirozin) tironinlarga: monoyodtironin va tetrayodtironin
(tiroksin) larga kondensatsiyalanadi.
Qonga yod ushlovchi gormonlar tireoglobulinning
proteolitik fermentlar -
proteaza va peptidazalar ta’sirida parchalanganidan keyin tushadi. Fermentlaming
stimulatori gipofiz tirotropini hisoblanadi. Qonda yod ushlovchi gormonlar
spetsifik oqsillar (tiroksin bog'lovchi globulin va tiroksin bog‘lovchi prealbumin)
bilan birikadi va oqsil bilan bog‘langan yod (OBY) shaklida sirkulatsiya qiladi.
T4 ning taxminan 85% i deyodinatsiyalanish yo'li orqali metabolizlanadi, qonda
sirkulatsiya qiladigan uchyodtironinning (T3) 60 - 90% T4 ning periferik (jigar,
buyrak, mushaklarda) monodeyodlanishi natijasida hosil bo'ladi. Yod ushlovchi
gormonlar to‘qimaga tushgandan keyin to'qima deyodaza fermenti ta’sirida
deyodlanadi, natijada uchyodtirosirka kislota hosil bo‘ladi.
Tiroksin va
uchyodtironinlarga xos to‘qima fiziologik effektini u bilan bog‘lashadi (Potemkin
V.V., 1986).
Tiroksin xilma - xil fiziologik ta’sir ko‘rsatadi: u to‘qimalaming me’yoriy
o‘sishi, rivojlanishi va differensiatsiyasi uchun zarur, yurak faoliyatini, oqsil,
karbonsuvlar vayog' almashinuvi, asab impulslarining o ‘tkazilishmi
stimullaydi,
to‘qimalarga kislorod jalb etilishini va issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Taxmin qilinishicha, gormon oldin energiya o‘zlashtiruvchi tizimni, masalan,
Na* ionlari faol transmembran o ‘tkazilishini stimullaydi, buning orqasidan
to‘qimalarga kislorod jalb etilishi pasayadi. Tiroksin ayrim fermentlar tizimi
faolligini ham butun bir organizmda va ekilgan to‘qimalarda kuchaytiradi.
Uchyodtironinning gormonal faolligi tiroksinga nisbatan 5-10 marta yuqori.
U tireoid gormonlarining hujayra shakli hisoblanadi (Turaqulov Ya. X., 1985),
to ‘qimada
nafas
ferm entlari,
ayniqsa,
m itoxondriyadagi
a -
glitserofosfatdegidrogenaza sintezini kuchaytiradi. Uchyodtironin asosiy ta’sir
qiladigan joy hujayra genetik apparati hisoblanadi, chunki u yadroga bog'lanish
qismlariga nisbatan katta yaqinlik bilan ajralib turadi (hujayra yadrosini T3 ga
yaqinligi, T4 ga qaraganda 4-10 marta yuqori). Uchyodtironin yadro xromotini
bilan ustivor ravishda bog'lanadi; T3 ning yadro retseptorlari bilan bog‘lanishi
DNK transkripsiyasini stimullaydi. Natijada RNK
va oqsil sintezi kuchayadi
(Turaqulov Ya. X., 1985). Ko‘pincha T3 gipofizda bog'lanadi. Taxmin qilinishicha,
tirotropin sekretsiyasining teskari aloqa prinsipida regulatsiya qilinishi ushbu
jarayon tufayli amalga oshiriladi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: