O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/219
Sana28.05.2022
Hajmi11,17 Mb.
#612706
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

izotonik
, yuqori osmotik bosimga ega boMgan eritmalar 
gipertonik,
past osmotik 
bosimga ega bo(lgan eritmalar 
gipotonik
eritmalar deyiladi. Umumiy osmotik 
bosimning 96% noorganik eritmalar, asosan NaCl zimmasiga to‘g‘ri keladi.
Oqsillar iiosil qiladigan kolloid—
osmotik yoki onkotik bosun suvuisg plazms 
va hujayralararo suyuqlik orasida taqsimlanish regulatsiyasida muhim rol 
o‘ynaydi. Plazma va hujayralararo suyuqlik orasida oqsillar konsentratsiyasi 
gradienti hosil bo‘Iadi, u kolloid-osmotik bosimning farqiga bog‘liq bo‘lib, 22 
mm. sim. ust. (3 kPa) ni tashkil qiladi.
4. Eritrotsitlaming solishtinna og‘irligi (1,096) plazma solishtirma og‘irligiga 
(1,027) nisbatan yuqori. Shuning uchun ham ivish imkoniyati yo‘qotilgan qon 
eritrotsitlari asta-sekin probirka tagiga cho‘ka boshlaydi. Eritrotsitlaming cho‘kish 
tezligi (ECHT)me’yorida jinsga, yoshga bog‘liq. Chaqaloqlarda ECHT gematokrit 
yuqori, qonda oqsil kam boiganligi tufayli kamdan-kam hollarda 2mm/s dan 
katta bo'ladi. Bolalarda ECHT 1-8 mm/s tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda 
bu ko‘rsatkich 11-30 mm/s atrofida. Erkaklarda 4-10 mm/s, ayollarda 7-15 mm/ 
s. Ayollarda ECHT homiladorlik davrida oshadi va tug‘riqdan keyin 3 haflagacha 
yuqori darajada saqlanadi.
ECHT aniqlashning makro va mikro usullari mavjud. Panchenkov mikrousuli 
keng qo‘llaniladi. Buning uchun barmoqdan qon olinadi, andkoagulyant bilan 
aralashtiriladi. Odatda bu Na oksalati yoki sitrati (1 qism suyultiruvchi suyuqlik 
va 4 qism qon), graduirlangan shisha naychaga tortiladi va I soatga tikka holatda 
Panchenkov shtativiga o‘matiladi. ECHT aniqlanganda eritrotsitlar ustunchasi 
yuqori qismining necha mm plazma egallashi belgilab olinadi.
5. Qonning suyuq holati uning ivish, ivishga qarshi va fibrinolitik tizimlari 
orasidagi muvozanat orqali ta’minlanadi.
6. Xalqaro nomenklaturaga binoan qon ivishida ishtirok qiluvchi omillar rim 
raqamlari bilan (trombotsitar omillar arab raqamlari) belgilanadi. I - fibrinogen, 
II - protrombin, III - to‘qima tromboplastini, to‘qima omili, IV - Ca**, V -
proaktselerin, Ac - globulin, VI - akselerin, VII - prokonvertin, stabil omil, VIU 
- antigemofil globulin (AGG), IX - Kristmas omili, В - antigemofil omili, 
tromboplastinning plazmadagi komponenti (RTC - omil), X - Styuart - Prauer 
omili, protrombinaza, XI - Rozental omili, tromboplastinning plazmadagi 
o‘tmishdoshi (RTA - omil), XII - Xageman omili, kontaktli omil, XIII -
fibrinstabilizirlovchi omil, fibrinaza, plazmadagi transglut-aminaza.
7. Hozirgi zamon tushunchasiga binoan qon ivish jarayoni shartli ravishda 3 
fazaga boMinadi.
I faza - faol tromboplastin shakllanishi. Plazma (qondagi) va to‘qima 
tromboplastini farq qilinadi. Birinchisi ichki (sekinlashgan) qon ivish tizimida 
ishtirok qiladi, qon ivishi 5-8 daqiqa davom etadi. To‘qima tromboplastini tashqi


(tezlashgan) qon ivish tizimida ishtirok qiladi, ivish jarayoni unda 30- 40 daqiqa 
davom etadi.
II faza protrombindan faol tromboplastin va Ca'H“’"ida trombin hosil bo‘Iishi. 
Uning davom etish vaqti 2-5 daqiqa tashkil qiladi.
III faza fibrmogendan trombin ta’sirida fibrin hosil bo'lishi. 3-5 daqiqa davom 
etadi.
8. Eritrotsitlar gipertonik tuz eritmasida burishadi, gipotonik eritmada 
shishadi. Jiddiy shishish natijasida gemoliz sodir bo‘ladi.
9. Gemoliz («haemo» - «qon»; «lysis» - «parchalanish, yemirilish») -
eritrotsitlaming ulardagi Hb ning eritrotsit tashqarisidagi muhitga chiqishi bilan 
kechadigan parchalanishi.
10. Eritrotsitlaming osmotik turg‘unligi - ulaming gipotonik eritmaga 
nisbatan chidamligi.
Minimal osmotik rezistentlik NaCl ning shunday gipotonik eritmasida aniqlanadiki, 
bu eritmada faqat chidamli eritrotsitlar gemolizlanadi (me’yorda NaCl 0,44-0,46% li 
eritmasi). Maksimal osmotik rezistentlik NaCl ning hamma eritrotsitlar to‘ liq gemolizga 
uchraydigan (me’yorda NaCl 0,32-0,28% eritmasi). Eritrotsitlaming osmotik 
rezistentligi ulaming yetilish darajasi, shakli va plazma tarkibining o‘zgarishiga bogiiq.
11. Agar suvning yopishqoqligi 1 ga teng deb olinsa, qonning o‘rtacha nisbiy 
yopishqoqligi katta odam larda 4,5 (3,5-5,4) tashkil qiladi. Qonning 
yopishqoqligi gematokrit yuqori bo‘lishi va oqsil miqdoriga bog‘liq, u 
vyazkozimetr bilan aniqlanadi.
12. Qonda oqsil miqdori 65-86 g/I ni tashkil qiladi. Plazma hamma 
oqsillarining 60 % albumin zimmasiga to‘g‘ri keladi. Uning miqdori 4,5-5% ga 
teng, molekular og‘irligi - 69000. Bu oqsil plazma onkotik bosimining 80% ni 
aniqlaydi. Oqsillarning 2-2,5% globulinga to‘g ‘ri keladi, elektroforetik 
faolligining kamayib borishiga qarab ular a, - , a , - , (3, - va у - globulinlarga 
bo‘linadi. (3 va у globulin fraksiyalari orasida alohida tor tasma shaklida fibrinogen 
aniqlanadi (0,2-0,4%), u fibrinning eruvchan o‘tmishdoshidir.
13. Me’yorda 1 mkl qonda 180.000-320.000 trombotsit bo‘ladi (SI birligi 
bo‘yicha 180-320-1071).
14. Trombinli vaqt - ko'rikdan o ‘tkazilayotgan shaxsning trombinning 
standartli miqdori ta’sirida sitratli qon plazmasining ivish vaqti bo‘lib, me’yorda 
14-16 daqiqaga teng.
Protrombinli vaqt - standartlangan faolli to‘qima tromboplastini qo‘shiIganda 
rekalsinatsiyalangan sitratli plazmaning ivish vaqti, me’yorda 12-15 daqiqa 
tashkil qiladi. Tromboplastinlar ayrim seriyalari faolligida o‘zgarish bo‘lishi 
tufayli protrombin indeksini quyidagi formula bo‘yicha hisoblashadi.
Д
•—•100, A - donor qoni plazmasining protrombini vaqti;
о
В - tekshiriluvchi shaxs protrombini vaqti.
Me’yorda bu ko‘rsatkich 80 - 100 
%
ga teng.


Faollashgan qisman tromboplastin vaqti - standart sharoitda trombotsitlari 
kam qon plazmasining rekalsifitsirlanish vaqti, u XII omil faollashtiruvchisi kaolin 
va 3-trombotsitar omil - kefalin yuborish orqali amalga oshiriladi. Tekshirish 
natijalarida trombotsitlar ta’sirim yo‘q qilish ko‘zda tutiladi. Me’yorda 3CM0 
daqiqani tashkil qiladi.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish