funksiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon ivishi jarayoni, karbonsuvlar va lipidlar
almashinuvini faollashtiradi. Vitamin Pp (nikotin kislotasi) hujayra nafasi va oraliq
almashinuvi reaksiyalarida ishtirok qiladi, oshqozon-ichak trakti sekretor va
motor funksiyalarini me’yorlashtiradi. Vitamin С (askorbin kislotasi) oksidlanish
-
tiklanish jarayonlari, tomir devorida kollagen hosil bo‘!ishi, qon ivishi va to‘qima
regeneratsiyasida ishtirok qiladi, steroid gormonlar hosil bo‘lishini stimullaydi,
organizmning infeksiya va intoksikatsiyaga chidamliligini ta’minlaydi.
17-mashg‘ulot
1. Biologik oksidlanish - hamma tirik hujayralarda kechadigan oksidlanish
reaksiyalarining majmui. Biologik oksidlanish kislorodning oksidlanish
substratiga bevosita birikish jarayoni emas. U vodorod (yoki elektronlar)
atomining berilishi bilan va ulaming bir birikmadan (donor) ikkinchiga (akseptor)
ko‘chirilishi bilan bog‘liq; bunda eng oxirgi akseptor kisloroddir. Donorlar ham
organik, ham noorganik moddalar bo‘lishi mumkin.
2. Biologik oksidlanish energiyasi ATF va boshqa makroergik birikmalar
shaklida kumulatsiyalanadi. Bu organizm hujayra ichi kimyoviy jarayonlarining
har xil ko‘rinishlarida, fiziologik faoliyatining turli
shakllarida foydalanishi
mumkin bo‘!gan eng oddiy energiya shaklidir. ADF va noorganik fosfaidan har
xil substratlar oksidlanish energiyasi hisobiga ATF molekulasi sintezlanish
jarayoni oksidlanishli fosforlanish deyiladi. ADF va fosfatdan ATF sintezlanishida
ATF - sintetaza fermenti ishtirok qiladi.
3. Hujayrada energiya hosil bo‘ladigan asosiy joy mitoxondriyadir. Bunda
ikkita jarayonning birikishi amalga oshiriladi - makroergik bogiamlar hosil
bo‘Iishi bilan oksidlanish va fosforirlanish, qaysikim,
bunda oksidlanuvchi
moddalar (karbonsuvlar, oqsillar, yog‘lar) energiyasining 60
%
gacha
qadar
bo‘lgan qismi makroergik bog‘lamlarga o‘tadi. Nafas fermentlari zanjiri (flavin
fermentlari, har xil degidrogenazalar, sitoxromlar) mitoxondriyalar ichki
membranasiga joylashgan bo‘lib, elektronlarning ko‘chirilishida ishtirok
qiladi, elek tro n lar salbiyroq oksid lan ish -tik lanish
potensialiga ega
birikmalardan, potensiali ijobiyroq birikmalarga o'tkaziladi. Elektronlarning
zanjir b o ‘yicha ko ‘chirilishi sitoxromoksidaza murakkab ferment tizimi
yordam ida tugallanadi. Shunday qilib, substratlarning kislorod bilan
oksidlanish jarayoni oksidlanish - tiklanish reaksiyalari seriyasi bilan vositali
ifodalangan.
4. Energiya to‘p!anishi bilan birga kechmaydigan biologik oksidlanish erkin
oksidlanish deyiladi. Uning energetik effekti issiqlik hosil bo‘lishi boiib, tana
harorati saqlanishida ishtirok qiladi va erkin holda organizmdan chiqib ketadi.
Gomoyoterm hayvonlarda oksidlanuvchi fosforianishning
erkin oksidlanishga
o'tishi, organizmda issiqlikka talab oshganda katta ahamiyatga ega.
5. To'qimalaming kislorod bilan ta’minlanishida qator tizimlar: nafas a ’zolari
- ular yordamida atmosferadagi kislorod organizmga kiradi; organizmni
kislorod
transport mexanizmi bilan ta’minlovchi qon tizimi; to‘qimalarga kislorod yetkazib
berilishini ta’minlovcbi qon aylanish tizimi va biologik oksidlanishni
ta’minlovchi hujayraning o‘zidagi ferment tiziini ishtirok qiladi.
6.11 arterial qonda me’yorda 180-200 ml/l (18-20 % hajm), vena qonida esa
120 ml/1 (12 % hajm) kislorod; 45-50 va 50-55 % hajm karbonat angidrid gazi
bo‘ladi.
7. Gemoglobinning kislorodga to'liq to‘yinishida, qonda kislorodning
maksimal miqdori qonning kislorod sig‘imi deb nom olgan. Shunday qilib,
qonning kislorod sig‘imi undagi gemoglobin miqdoriga bog‘liq. 1 g
gemoglobin
o‘ziga maksimal 1,34 ml kislorod biriktirish xususiyatiga ega (Xyufner
konstantasi). Qonda gemoglobin miqdori 140 g/l bo‘lsa, qonning kislorod sig‘imi
1,34x140=187,6 ml yoki 19 % hajm atrofida. Qon plazmasida kislorod kam
miqdorda fizik erigan holatda ham bo‘ladi.
8. Karbgemoglobin - gemoglobinning karbonat angidrid gazi bilan birikishi.
Eritrotsitlarda karbon ikki oksidi suv bilan birikadi va karbonat kislotasi hosil
bo‘ladi. Bu jarayon karboangidraza fermenti tomonidan katalizlanadi (20 000
marta tezlashadi). Karboksi - va metgemoglobin - gemoglobinning patologiyada
uchraydigan birikmalari; is gazi bilan zaharlanishda karboksigemoglobin;
nitratlar, bertole tuzi va boshqa zaharlar bilan zaharlanganda - metgemoglobin
hosil bo‘ladi. U ham kislorod tashilishida ishtirok qila olmaydi.
9. Fetal gemoglobin HbF homila qonida uning ona qomida rivojlanishining
9-haftasida paydo bo‘ladi. U kattalar gemoglobiniga (HbA) qaraganda kislorodga
yaqinroqdir, bu unga kislorod kamroq boMganda ham kislorod bilan to‘yinishga
imkoniyat beradi. Tug‘ilishdan oldin qonda HbA hosil bo'ladi. Hayotini birinchi
yilida fetal gemoglobin to‘liq ravishda kattalar gemoglobini bilan almashinadi.
18-mashg‘ulot
1. Mitotik sikl hujayrada birinchi bo‘linishdan keyingi bo‘linishga qadar
ro‘y beruvchi va ikkita yangi hujayra generatsiyasining hosil bo‘ lishi bilan
tugallanuvchi jarayonlar majmuidir. U interfaza va mitozalardan iborat.
2. Mitoza jarayonida besh faza: profaza, prometafaza, metafaza, anafaza,
tanafaza farq qilinadi.
3. Hujayra boiinishida genetik axborot uzatilishi DNK molekulasi reduplika-
tsiyasi yordamida amalga oshiriladi.
4. DNK reduplikatsiyasi interfazada kechadi.
5. Genetik kod - nasliy informatsiyaning nuklein kislota molekulasida yozilish
tizimi.
6. D N K -» R N K -» oqsil.
7. Transkripsiya - genetik informatsiyaning DNK qolipidan RNK ga
uzafilishining birinchi bosqichi.
8. Teskari transkripsiya - genetik informatsiyaning
RNK dan DNK ga
uzatilishi.
9. Translatsiya - genetik informatsiyaning oqsil sintezlanishi jarayonida
matritsali (yoki informatsion) RNK dan uzatilishining ikkinchi bosqichi.
10. Keylonlar - glikoproteidlar bo'lib, mitoz jarayonida hujayralar tomonidan
ishlab chiqariladi. Shu to'qimaning boshqa hujayralari mitozini tormozlaydi.
Ularning ta’sir qilish mexanizmi: DNK reduplikatsiyasi uchun zarur fermentlami
inaktivlash. Trefonlar - kimyoviy tabiati bo'yicha har xil moddalar bo'lib (masalan,
leykotsitlar parchalanish mahsulotlari), hujayra o'sishi va bo'linishini stimuliash
qobiliyatiga ega.
11. Ikkita yonma-yon joylashgan qismlar me’yoriy hujayralari ko'payib,
bir-biri bilan kontaktga keladi. To'qima o'sishi va hujayra bo'linishi bu joyda
to'xtaydi, chunki hujayra membranasi fermentlari va to'qima ichi tizimi gormonlari
bo'linayotgan hujayralar sonini regulatsiya qiladi.
12. Xeyflik hujayra bo'linish Iimiti (chegarasi) har bir hujayra yadrosida
joylashgan, bo'linish sonini 50 tagacha cheklaydigan (masalan, chaqaloqlar
fibroblastlari) mexanizmlarining mavjudligidir.
13. Ko'pgina me’yoriy to'qimalarda Paster effekti kuzatiladi: kislorod
ishtirokida glikoliz intensivligi (jadalligi) pasayadi va sut kislota hosil bo'lishi
tormozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: