Oqsilning asosiy funksiyalari.
Organizmga ovqat bilan kiruvchi oqsil
plastik va energetik maqsadlarda xizmat qiladi. Oqsilning plastik ahamiyati
hujayraning turli tuzilish komponentlarining o‘mini to‘ldirish va ulami yangidan
hosil qilishdan iborat. Uning energetik ahamiyati esa organizmni oqsil
parchalanishida hosil bo‘luvchi energiya bilan ta’minlashdan iborat. Shuningdek
oqsil modda almashinuvining hamma turlarini ta’minlash funksiyasini ham
bajaradi. Bu fermentlar, gormonlar va boshqa biologik muhim birikmalaming
sintezlanishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari oqsillar qonning kolloid-osmotik
bosimini saqlaydi, transport funksiyasi (karbonsuvlar, lipidlar, gormonlar va boshqa
moddalaming tashilishi) bajaradi, qon ivishi va h.k. larda ishtirok etadi.
Oqsillaming biologik qiymati tushunchasi ularda almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalaming bo‘lishi (ular 8 ta: valin, leysin, izoleysin, treonin, metionin,
fenilalanin, triptofan, lizin) bilan bog‘liq.
12.
Oqsil almashinuvi bosqichlari.
Oshqozon-ichak traktida oqsillar
proteolitik fermentlar: me’da shirasidagi pepsin, pankreatik shiradagi tripsin
va xemotripsin, ichak shirasi peptidazalari ta’sirida oxirgi mahsulotlar -
aminokislotalargacha parchalanadi. Katta odam qon plazmasida oqsillar
umumiy miqdori 65-85 g/l tashkil qiladi. Oqsilning asosiy fraksiyalari
albuminlar (40-50 g/l), globulinlar (20 -3 0 g/l) va fibrinogen (2-4 g/l)
hisoblanadi. Tarkibida fibrinogen bo‘lmagan qon plazmasi zardob deyiladi.
Organizm hujayralarida kechadigan oqsil oraliq almashinuvi dezaminirlanish,
transaminirlanish va dekarboksilirlanish jarayonlarini o ‘z ichiga oladi.
Aminokislotalar parchalanishini oxirgi mahsulotlari ammiak, siydikchil, biogen
aminlar, C 0 2va H ,0 hisoblanadi. Aminokislotalaming dezaminirlanishi
natijasida hamma to‘qimalarda ammiak hosil bo'ladi. Siydikchil jigarda
ammiakdan sitrullin - arginino - amitin siklida hosil bo‘ladi.
13. To'qimalarda doimiy oqsil parchalanishi bilan bir qatorda, oqsil sintezi
ham kechadi. Oqsil parchalanishini kuchaytiruvchi, ya’ni katabolik gormonlarga
glukokortikoidlar va tiroksin kiradi. Katabolik gormonlaming asosiy ta’sir qilish
mexanizmi oqsil parchalanishini ta’m inlovchi ferm entlar sintezining
induksiyalanishidan iborat. Anabolik, ya’ni oqsil sintezini kuchaytiruvchi
gormonlarga somatotrop gormonlar, insulin, anabolik steroidlar kiradi. Anabolik
gormonlaming asosiy ta’sir qilish mexanizmi - aminokislotalar uchun hujayra
o'tkazuvchanligining oshishi, i - RNK, ATF sintezining kuchayishidan iborat.
14-mashg‘ulot
1.
Katta odamlar organizmida suv tana og‘irligining 60 % ni, chaqaloqlarda
esa 75 % ni tashkil qiladi.
2. Suv hujayralarda, a ’zolarda va to‘qimalarda modda almashinuvi jarayoni
kechadigan muhit hisloblanadi. Suvning organizmga uzliksiz kirishi hayot-
faoliyatni saqlovchi asosiy shartlardan bin hisoblanadi. Bola organizmida modda
almashinuvi intensivligining yuqori bo‘lishi, ko‘p miqdorda suv talab qiladi.
3. Suvning ko‘p qismi (35- 45 %) hujayra ichida bo‘ladi. Bu intratsellular
suvdir. Uning kam qismi (15-25 %) hujayra tashqarisidagi yoki ektratsellular
suvdir. U
tomir
ichidagi, hujayralar orasidagi va transselluJar suyuqliklarga (ovqat
hazm qilish kanali sekreti, seroz bo‘shliqlar, orqa miyadagi suyuqliklar) bo‘linadi.
4. Katta odam bir kunda o‘rtacha 2,51 suv qabul qiladi. Undan 1,21 - ichish
bilan, 11 - ovqatlar bilan kiradi, 0,3 1 -
endogen suv
hisoblanadi (almashinuv
kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladi).
5. Bir kunda katta odam organizmidan o‘rtacha 2,5 1 suv ajraladi: 1-1,5 1
buyraklar, 0,5-11 teri, 0,4 1-o‘pka, 0,1—
0,2 1 axlat orqali.
6. Suv almashinuvini regulatsiya qiiuvchi asab markazi gipotalamusda
joylashgan. Suv-elektrolit gomeostazi ikkita mexanizm: tomirlar va yurak
bo‘shlig‘ining hajmiy yoki volumoretseptorlarni ta’sirlantirish, organizm
suyuqlikiari va to‘qimalarida tuzlaming osmotik konsentratsiyasi o'zgarishini
qabol qiiuvchi osm oretseptorlam i ta ’sirlantirish orqali saqlanadi.
Osmoretseptorlaming qitiqlanishi gipofiz orqa boMagi antidiuretik gormoni
ajralishini stimullaydi. Natijada buyrak kanalchalarida suv reabsorbsiyasi
kuchayadi (osmoregulatsiya refleksi). Qon hajmining kamayishida yurak o‘ng
bo‘lmachasi volumoretseptorlarining qitiqlanishi aldosteron sekretsiyasini
oshiradi. Bu gormon natriy reabsorbsiyasini kuchaytiradi va suvning saqlanishiga
imkon beradi.
7. Natriy asosan hujayra tashqarisida saqlanadi. Hujayralarda kam miqdorda
35 mmol/I boMadi, qonda esa uning miqdori 143 mmol/l ga teng. Kaliy hujayra
ichi elektroliti hisoblanadi: 98 % hujayra ichida va faqat 2 % hujayra
tashqarisidagi bo‘shliqda bo‘ladi. Qon plazmasida kaliy miqdori 3,8-5,1 mmol/
1 atrofida. Natriy va kaliy asosiy potensial hosil qiiuvchi ionlar hisoblanadi. Asab
impulslarining hosil boiishida ishtirok qiladi. Kaliy va natriy ionlarining o‘zaro
ta’siri organizm hujayralari qo‘zg‘aluvchanligini aniqlaydi. Hujayralarda natriy-
kaliy nasos deb nomlanuvchi va hujayradan natriy ionlarining chiqishini,
hujayraga kaliy ionlarining kirishini ta’minlovchi mexanizm mavjud. Natriy va
kaiiy asosiy kationlar sifatida kislota-asos muvozanatini saqlashda ishtirok qiladi,
yurak-tomir tizimi funksional holatiga ta’sir ko'rsatadi. Natriy organizm
suyuqlikiari osmotik bosimini regulatsiya qiladi, to‘qimalarda suvni ushlaydi,
ionlar balansini saqlaydi.
8. Qon plazmasida me’yorda kalsiy miqdori 2,5 mmol/l (10-11 mg %);
noorganik fosfor 0,06 mmol/l; magniy 0,75-1,2 mmol/l. Kalsiy skelet tuzilisbi
uchun zarur; uning 90 % suyak to‘qimasida bo‘ladi (kalsiy fosfat va kalsiy
karbonat shaklida cho‘kadi). Kalsiy asab impulslarining uzatilishi, skelet va silliq
mushaklar qisqarishi, yurak mushaklar faoliyati va qon ivishi jarayonida ishtirok
qiladi. Magniy ko‘pgina fermentli jarayonlarining faollashishida, mushaklar
qisqarishi, asab tolalari orqali qo‘zg‘aluvchanlikning o‘tkazilishida muhim rol
o‘ynaydi. Magniy o‘zining asab va mushak to‘qimasi funksiyaga ta’siri bo‘yicha,
kalsiyning antagonisti hisoblanadi. Fosfor muhim bioorganik birikmalar
(nukleotidlar, nuklein kislotalari, fosfolipidlar, fosfor efirlari, karbonsuvlar, qator
vitaminlar va kofermentlar) tarkibiga kiradi, organizm hayot-faoliyatining har xil
metabolik jarayonlarida ishtirok etadi.
9.
Fosfor-kalsiy almashinuviga qalqonsimon old bezi (paratgormon).
qalqonsimon bez (kalsitonin) gormonlari, vitamin D, oshqozon-ichak trakti rN
ta’sir ko‘rsatadi. Paratgormon kalsiyning oshqozon-ichak traktida shimilishini
stimullaydi va buyrakda fosfor reabsorbsiyasini susaytiradi. U kalsiyni
suyaklardan mobilizatsiya qiladi. Shuning uchun paratgormonning ortiqcha
bo‘lishi giperkalsiemiya va gipofosfatemiyaga imkon tug‘diradi. Kalsitonin
paratgonnonning antagonisti boMib, kalsiyning qondan suyakka o‘tishini
stimullaydi. Shu bilan birga gipokalsiemiya va suyaklar mineralizatsiyasiga olib
keladi, buyrak kanalchalarida fosfor reabsorbsiyasini kuchaytiradi,
giperfosfatemiya chaqiradi. Oshqozon-ichak traktining kislotalik muhiti,
shuningdek vitamin D ichakda kalsiy shimilishiga yordam beradi, ishqoriy muhit
esa unga qarshilik ko‘rsaladi.
10.
Organizm to‘qimalarida mikroelementlar 1:100 000 va undan kam
konsentratsiyada bo‘ladi. Temir, mis, rux, marganets, kobalt, molibden, oltingugurt,
brom va boshqalar organizm hayot-faoliyati uchun nihoyatda zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |