O
‘
ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O
‘
RTA
MAXSUS TA
’
LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG
‘
BEK NOMIDAGI O
‘
ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“
Amaliy matematika
”
fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi
Iqtisodiy ta
’
limotlar tarixi
Fanidan
SLAYDI
Mavzu:
А
ngliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr).
BAJARDI: 925-21 guruh talabasi Normatov Jahongir.
QABUL QILDI: Xudoyarov Rashid.
Jizzax_2022
А
ngliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr).
Birinchi jahon urushi natijasida Angliya g'oliblar qatorida bo'lganligi sababli yutuq
bilan chiqqan bo'lishi kerak edi. Uning asosiy dushmani hisoblangan Germaniya
mag'lub bo'lib, Angliyaga Germaniya mustamlakalarining bir qismi o'tdi. Lekin
urush ingliz iqtisodiyoti holatini yomonlashtirdi. Urush davrida Angliya o'z savdo
flotining yarmini yo'qotdi. Mustamlakalar bilan aloqalar susaydi - Angliya va
mustamlakalar o'rtasida ummonlar bo'lib, ularda nemis suvosti kemalari
navbatchilik qilardi. Angliyaning Qo'shma Shtatlarga bo'lgan qarzi shu daraja katta
ediki, uni qo- plash uchun har yili davlat budjetining 40% sarflanar edi. Ikki urush
oralig'idagi davrda ingliz sanoati ommaviy ishsizlik va ishlab chiqarish kuchlarini
to'liq band emasligi bilan xarakterla- nardi. Angliyaning holati boshqa
mamlakatlarnikidan og'irroq edi, chunki uning iqtisodiyotida an'anaviy "eski"
tarmoqlar (ko'mir, metallurgiya, tekstil) katta ahamiyatga ega edi, bu tarmoqlar
esa "yangi" tarmoqlar tomonidan siqib chiqarilar edi. Angliyada "yangi" tarmoqlar
ham asta-sekin rivojlana boshlandi: kimyo, av- tomobil, elektrotexnika, aviatsiya.
Shu sababdan 1929 yilda, jahon iqtisodiy inqirozi boshlanishiga kelib, ingliz
sanoati urushdan old- ingi darajagacha ko'tarilmadi, ikkinchi jahon urushi
boshlanishi davrida esa 1913 yildagi ko'rsatkichdan 22%ga oshdi. Ikkinchi jahon
urushi natijalari bo'yicha ham Angliya g'oliblar qatorida edi, lekin yana bu holat
uni rivojiga yordam bermadi. Angliya sanoati urushdan keyingi davrda ham
boshqa mamlakat- larga nisbatan sekinroq rivojlanayotgan edi. 1990 yilga kelib
ingliz sanoat ishlab chiqarishi 1938 yilga nisbatan 3,2 marotaba o'sdi,
industrial
jihatdan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarning barchasida 8,5 marotaba o'sish
kuzatildi. XX asrning 90-yy. boshiga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha
Italiya Angliyadan o'zib ketdi va Angliya bu ko'rsatkich bo'yicha 5-o'ringa tushib
qoldi. XX asrning 50-80 yillarda Angliya sanoatining 3 barobar o'sishining asosiy
sabablari. Birinchidan, iqtisodiy o'sishni rag'batlantiruvchi kuch sifatida davlatning
tartibga soluvchi siyosati. Ikkinchidan, urushdan keyin asosiy kapitalni to'liq
yangilanishi. Vayron bo'lgan korxonalarni tiklashga va boshqa korxonalarning
uskunalarini yangilashga majbur bo'lindi, chunki urush davrida ular yemirilib
tugagan edi. Yirik qurilishlar ish kuchi, qurilish ma- teriallari, uskunalarga talabni
oshirib yubordi - qurilish "bum"i yuzaga keldi, iqtisodiyot jonlandi. Lekin, eng
asosiysi, sanoatni tiklashda texnik jihatdan sakrash yuzaga keladi. Sanoatning
texnik darajasini ko'tarilishi, uning imkoniyatlarini, raqobatbardoshligini oshiradi.
Undan tashqari asosiy kapitalni yangilanishi jarayonida sanoatni tarkibiy qayta
qurish jarayoni ham yuz beradi: kapital istiqbolli tarmoqlarga qarab oqib boradi.
Avvallari Angliya aynan shu tarmoqlar rivoji bo'yicha orqada qolayotgan bo'lsa,
endi ushbu tarmoqlarga yetarlicha mablag' oqib kela boshladi. Uchinchidan,
mustamlakachilik tizimini yo'q bo'lishi munosa- bati bilan mamlakatdan kapital
olib chiqilishi keskin qisqardi, va endi ushbu mablag'lar o'z sanoatiga sarflana
boshlandi. To'rtinchidan, Shimoliy dengizda yirik neft konlarini ochilishi Angliyani
o'zini o'zi neft mahsulotlari bilan ta'minlanishini amalga oshirdi, energetik inqiroz
davrida boshqa mamlakatlarga nisbatan ustunlikka ega bo'lishga imkon yaratdi.
likka ega bo'lishga imkon yaratdi. 13.2. Monopoliyalar va davlat tomonidan
tartibga solish Birinchi jahon urushiga qadar Angliya boshqa mamlakatlardan
ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalarni tashkil etilishi
borasida orqada edi.
Ammo urush davrida, daro- madli davlat buyurtmalarini eng
yirik firmalar olayotgan sharoit- da, hamda urushlar oralig'idagi inqirozli va
depressiyali yillarda, mayda va kuchsiz firmalar to'xtovsiz xonavayron bo'layotgan
vaqtda, Angliya sanoatini monopolizatsiyalash jarayoni muvaf- faqiyatli
yakunlandi. 80-yy. boshlarida jahonning 5 yirik monopo- liyalaridan 3 tasi
amerikaniki, 2 tasi angliyaniki edi: "Royyal Datch Shell" va "British Petroleum"
(ikkalasi neft monopoliyalari). GFR va Yaponiyaning hech qaysi monopoliyalari