partiyasi) kelishdi.
Ular o'z das- turlarida Angliyada sanoatni davlat mulkiga o'tkazish orqali sot-
sialistik tuzumga o'tishni targ'ib etishdi. 1946 yildan 1951 yilgacha ular
iqtisodiyotni bir qator tarmoqlari davlat mulkiga o'tkazildi. Angliya banki, ko'mir
va gaz sanoati, elektrostansiyalar, radio va televidenie, temir yo'l va transporn-
ing boshqa turlari davlat mulkiga o'tkazildi. 1967 yilda leyboristlar yana hukumat
tepasiga kelishdi, va metallurgiya sanoati davlat mulkiga o'tdi Firmalar davlat
mulkiga o'tayotganda aksionerlarning aksi- yalari davlat zaymlariga almashtirilib
berildi (bunda ular keltirila- digan daromad o'zgarmadi). Xususiy mulkni davlat
mulkiga o'tkazishning asosiy natijalari: 1. Asosan "eski", kamrentabelli tarmoqlar
davlat mulkiga o'tkazilgan edi. Davlat ularni sotib olib, ushbu tarmoqlarning xara-
jatlarini to'liq o'z bo'yniga oldi, korxonalarning oldingi egalariga esa "yangi"
istiqbolli tarmoqlarni egallashga imkon berildi. Davlat mulkiga o'tkazilgan
tarmoqlar, ayniqsa ko'mir va metallurgiya sanoati rekonstruksiyaga muhtoj edi.
Avvalgi egalarin- ing bunday rekonstruksiyani amalga oshirish imkonlari yo'q edi,
chunki ular yuqori daromad keltirmasdi. Endi davlat ushbu rekonstruksiyalarni
davlat budjeti hisobiga amalga oshirdi. 2. Davlat tasarrufiga asosan iqtisodiyotga
xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar o'tib, iqtisodiyotni yoqilg'i, energiya, metall bilan
ta'minlardi, tashish xizmatlarini ko'rsatardi.
Davlat tasarrufiga o'tgandan so'ng xususiy sektorga energiya, xom ashyo va
transport xizmatlarini arzonlashtirilgan narxlarda ko'rsatilardi. Shunday qilib,
korporatsiyalar xarajatlari davlat hisobiga qisqartirildi, daro- madlar oshdi. Ammo
iqtisodiy jihatdan davlat sektori kamsamarali bo'lib qoldi. Uni saqlash uchun katta
xarajatlar zarur edi. Davlat iqtisodiyoti asosan ma'muriy usullar yordamida
boshqarilar edi. Shu sababdan hukumat tepasiga konservatorlar kelganda ular
darrov xususiylashtirish jarayonini boshlashar edi. XX asr 80-yy.da M.Tetcher
hukumati bir qator firmalarni xususi- ylashtirdi. Avval to'liqligacha davlat sektori
hisoblangan tarmoqlarga xususiy sektor kiritildi. Iqtisodiyotda davlat
investitsiyalari qisqartirildi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usul-
lari qisqartirildi. Lekin ushbu choralar iqtisodiyotda davlat ulushi- ni katta hajmda
qisqarishiga olib kelmadi. Bu davrda kommunal xizmatlar va uy-joylar
xususiylashtirildi, millionlab inglizlar dav- latdan uylarini sotib oldilar va natijada
65% aholi shaxsiy uyiga ega bo'ldi. Xususiylashtirish jarayonida aksiyalarni
sotishda xususiylashti- rayotgan firmalar xodimlari ustuvor huquqlarga ega
bo'ldilar. Natijada M.Tetcher hukumati davrida aksionerlar soni aholining 7%dan
25 %gacha oshdi. Angliya davlat sektorida sanoat mahsulotining 20% ishlab
chiqarilardi. YaMMning 40% davlat budjeti orqali o'tardi. Angliyada iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solishda asosiy vosita sifatida davlat budjeti
hisoblanardi. Iqtisodiyotni tartibga solish jarayoniga qishloq xo'jaligi ham jalb
qilingandi. Birinchi jahon urushi boshida Angliya qishloq xo'jaligi shahar yaqinida
joylashtirilganligi sababli iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlarning 2/3 qismi import
qilinardi. Birinchi jahon urushi davrida Germaniya Angliyaga oziq-ovqat olib
borayotgan kemalarni cho'ktirganligi sababli mamlakatda oziq-ovqat yetish-
movchiligi yuzaga keldi va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini ko'paytirishga
majbur bo'lindi. Urushdan so'ng "ichki" oziq- ovqatlarga ehtiyoj qisqardi. Lekin bu
holat Ikkinchi jahon urushi davrida ham qaytarildi va bu urushdan so'ng davlat
fermerlarni qo'llab-quvvatlash usullaridan foydalana boshladi. Bunda fermer- lar
ishlab chiqarish xarajatlarining taxminan % qismi qoplanar edi: davlat tomonidan
kafolatlangan narxlarda mahsulotlar sotib olinardi, hosildorlik oshirilsa mukofotlar
to'lanardi va boshqalar.
Natijada 50-yillarning boshlaridan 80- yy.ning boshlariga qadar Angliyaning
qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi 3 marotaba o'sdi, va Angliya iste'mol qilayotgan
oziq-ovqatning 60%ni o'zi yetishtira boshladi. Angliya "Umumiy bozor"ga kirishi
bilan uning qishloq xo'jaligi muammolarga duch keldi. Angliyaning qishloq xo'jalik
mahsulotlari "Umumiy bozor"dagi hamkorlarning mahsulotlaridan qim- matroq
bo'lib chiqdi, va u o'z raqobatbardoshligini yo'qotdi. Shu sababdan bu holat
Angliya va "Umumiy bozor" ishtirokchilari o'rtasida kelishmovchiliklarni keltirib
chiqardi. Birinchi Jahon urushiga qadar Angliya jahonning eng yirik savdo
mamlakati hisoblanardi. Tashqi savdo unda katta ahami- yat kasb etardi, xorijdan
90% zarur xom ashyo, 70% oziq-ovqat olib kirilardi, uning sanoat mahsulotining
1/3 qismi eksportga mo'ljallangan edi. Lekin urushdan keyin u jahon bozorlarida
o'z pozitsiyalarini yo'qota boshladi. Jahon kapitalistik eksportida un- ing ulushi
keskin qisqardi
.
Tashqi savdoda o'z pozitsiyasini mustahkamlash uchun ingliz hukumati o'z
tovarlarini sotilishi uchun bozorlarni yaratish maqsa- dida iqtisodiy ittifoqlar
tashkil eta boshladi. 1931 yilda "sterlingga oid blok" tashkil etilib, u Angliyani
mustamlaka imperiyasi, Gollandiya, Skandinaviya mamlakatlari, Portugaliya bilan
birlashtirdi. Ushbu mamlakatlar o'zaro savdoda funt sterlingda hisob-kitob
qilishga kelishib olishdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda AQSh dollarida savdo
qilardi. Shunday qilib, ushbu mamlakatlarning tashqi dunyodan ko'ra o'zaro savdo
qilish imkoniyatlari kengroq edi.
1932 yilda preferensial tariflarning imperiya tizimi joriy etildi: Britaniya imperiyasi
mamlakatlari o'zaro savdo vaqtida bojlarni pasaytirishar edi, boshqa mamlakat
tovarlariga bojlar ko'tarilar edi. Shunday qilib, 30-yy.da "yarimyopiq" bozorlar
vujudga kelib, ularda ingliz tovarlari ustuvorlikka ega edi. Urushdan keyin
Angliyaning jahon savdosidagi ulushi pasay- ishda davom etdi. 90-yy. boshlariga
kelib ushbu ko'rsatkich jahon kapitalistik eksportining 6%ni tashkil etdi. Avvaliga
Angliya oldingi tashqi iqtisodiy siyosatini (o'z tovarlarini sotish uchun hududlar
yaratish orqali) davom ettirishga harakat qildi. 50-yy. oxiriga kelib "Umumiy
bozor"ga qarama-qarshi qilib 7 mamlakatdan iborat "erkin savdo hududi"ni
tashkil etildi. Angliyadan tashqari ushbu savdo ittifoqiga Norvegiya, Shvetsiya,
Daniya, Avstriya, Shveysari- ya va Portugaliya kabi mamlakatlar - ya'ni avvalgi
"sterlingga oid blok" mamlakatlari kirishdi. O'zaro savdoda ushbu mamlakatlar
bojlarni pasaytirishardi, ittifoqdagi hamkorlarning tovarlarni us- tunligini
ta'minlashardi. Britaniya imperiyasi parchalandi. Ingliz mustamlakalari mus- taqil
davlatlarga aylanishdi. Mustamlakalarni yo'qotilishi ingliz iqtisodiyotiga katta
zarba berdi va endi ushbu yo'qotishlardan Angliya o'ziga kela olmaydi deb taxmin
qilingandi. Lekin ma'lum vaqt o'tgandan so'ng ingliz diplomatlari oldingi
mustamlakalar bilan munosabatlarni tiklab olishdi. Britaniya imperiyasi Britaniya
hamdo'stligiga aylandi. Hamdo'stlik mamlakatlari hanuz sterling hududiga
kirishar, ma'qul bo'lgan tariflar (ya'ni o'zaro savdoda pasaytirilgan bojlar)ni
qo'llashar, Angliya bilan iqtisodiy kelishuv orqali bog'liq edilar.
The
Do'stlaringiz bilan baham: |