O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


 Yapon shamlari turlari va modellari



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

10.5. Yapon shamlari turlari va modellari 
 
Yapon shamlari
uzoq yillardan buyon yapon treyderlari tomoni-
dan texnik tahlil uchun qoʻllanib kelingan. Yaqin yillardan boshlab esa 
boshqa davlat treyderlarining diqqatini tortgan. 
Umuman olganda, qimmatli qogʻozlar bozorida sekʼyurimetrik 
tahlil usullaridan foydalanish bozor ishtirokchilari uchun (emitent, 
investor, professional qatnashchilar) qimmatli qogʻozlarning kurslarini 
kelajakdagi oʻzgarishlarini yoki muayyan tendensiya boʻyicha 
harakatini prognoz qilishga yordam beradi. Emitent aksiyalarini fond 
bozorida sekʼyurimetrik tahlil usullaridan foydalanib tahlil qilish, 
uning aksiyalari boʻyicha oldi-sotdi bitimlarini tuzish, emitent 
obroʻsiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida oldi-sotdi qilinayotgan moliyaviy 
instrumentlar narxi yoki kursi talab va taklifga qarab tez-tez oʻzgarib 
turishi mumkin. Shuning uchun, bozor professionallari kursning ijobiy 
va salbiy oʻzgarishida katta foyda yoki zarar koʻrishi mumkin. Zararni 
kamaytirish va maksimal foyda koʻrish uchun bozor professionallari 
qimmatli qogʻozlar kurslarining kelajakdagi oʻzgarishini prognoz 
qilishlari mumkin. Bunday holda, texnik tahlil usulidan foydalaniladi.
Rivojlangan fond bozorlarda qimmatli qogʻozlar kursining 
kelajakdagi oʻzgarishini prognoz qilishda texnik tahlil usullaridan biri 
yapon shamlaridan foydalaniladi. Texnik analizda markaziy oʻrinni 
yapon shamlari grafigini tahlili egallaydi. Yapon shamlari grafiklari 


169 
orqali prognozlash 80-90 yillarning eng mashhur metodlaridan edi. 
Yapon shamlari odatda bar (kesmali)li grafikka mos ravishda yasaladi.
Jahon amaliyotida quyidagicha metod qabul qilingan, agar bar 
ochilish bahosiga nisbatan yuqori darajada yopilsa, oq rangdan; agar 
yopilish bahosi ochilish bahosidan past boʻlsa qora rangdan 
ifodalaniladi. Quyidagi 4.3.1 rasmda Boenig Co. kompaniyasi 
aksiyalarining dinamikasini yapon shamlarida koʻrishimiz mumkin. 
Bu rasmda Boenig Co. kompaniyasi aksiyalari oʻsuvchi 
tendensiyada ochilgan boʻlib, 1-raqamigacha davom etgan. 2-raqamida 
bozorda “ayiqlar” trendining kuchli namoyon boʻlishi koʻrsatilgan 
boʻlsa, 3-raqamda yapon shamining shakli asosiy ahamiyatga ega 
boʻlib, bu trend aksiya narxlarining oʻzgarishiga, qayrilishiga olib 
kelgan, yaʼni keyingi savdo sessiyalarida bozorda “buqalar” hukmron 
boʻlishgan. Investor esa sotib olgan aksiyalarini 3-raqamdagi savdo 
sessiyasida sotishi kerak, aks holda katta zarar koʻrishi mumkin. 
Sham chizigʻi ochilish va yopilish bahosi, maksimal va minimal 
koʻtarilish baholariga bogʻliq holda turli xil koʻrinishlarda namoyon 
boʻladi. 
Yapon shamlarining turlari va modellarini bilish va oʻrgansh 
investor uchun fond bozorida mavjud risklarni xedjirlashi yoki 
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisida koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni 
oldini olishi mumkin. 
 
Anʼanaviy yapon shamlari keng qoʻllanilishi bilan birga quyidagi 
turlari mavjud: 
Marubozu – bu yapon shami turida oʻsuvchi tendensiyani saqlagan 
holda, bozorda “buqalar”ning kuchli namoyon boʻlishi. 
Uzun tanli sham – bu yapon shami turida savdo sessiyasida 
qimmatli qogʻozning ochilish va yopilish narxlari oʻrtasidagi 
anchagina farqni koʻrishimiz mumkin.
Doji – savdo sessiyasida qimmatli qogʻozlarni ochilish va yopilish 
narxlarining bir xil boʻlishida kuzatiladi. Boshqa yapon shamlarining 
turlari bilan kombinatsiyasida uning ahamiyatini koʻrishimiz mumkin, 
lekin asosiy ahamiyatli yapon shamlari turlariga kiradi. Bundan 
tashqari, doji ahamiyatli sham modellari tarkibiga kiradi. Doji bozor 
ishtirokchilari harakatidagi ishonchsizlik holatlarini koʻrsatadi, 
shuningdek, bozordagi narxlarning qayrilishini, oʻzgarishini bildiradi. 


170 
Doji har doim ham fond bozorlarda uchramaydi, shuning uchun oʻz 
ahamiyatini yoʻqotmaydi, agar fond bozorlarda tez-tez uchraydigan 
boʻlsa, doji oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. 
Dojining quyidagi turlarini mavjud:
1. Qimmatli qogʻozning maksimal va minimal nuqtalari boʻlma-
gan doji turi. 
2. Dojining eng koʻp uchraydigan turi. 
3. Uzun oyoqli doji – uzun maksimal va minimal nuqtalarga ega. 
Agar dojining maksimal nuqtasi qanchalik uzun boʻlsa, uning 
shunchalik “ayiq” trendi imkoniyati kuchli boʻladi.
Uzun oyoqli dojining ahamiyati, oʻsuvchi tendensiyada bu doji 
turining namoyon boʻlishi narxlarning qayrilishiga, yaʼni pasayuvchi 
tendensiyaga oʻzgarishiga olib keldi. Fond bozori ishtirokchilari uchun 
foyda koʻrish yoki zararni oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Doji “qabr toshi” - uning minimal nuqtasi boʻlmagan doji, lekin 
maksimal nuqtaga ega, yaʼni savdoning ochilish va yopilish bahosi 
tahlil etayotgan vaqtimizdagi minimumga toʻgʻri keladi.
Dojining bu turi ham uzun oyoqli dojiga oʻxshab uning “buqalar” 
trendida paydo boʻlishi keyingi savdolarda “ayiqlar” trendi im-
koniyatlarini oshirayapti, yaʼni keyingi savdolarda fond bozorida 
“ayiqlar” trendi hukmron boʻladi. Investor uchun bu doji turining aha-
miyatli tomoni shundaki, “qabr toshi” dojini bozorda namoyon boʻlishi 
bilan investor oʻz aksiyalarini sotishga tushadi va keyingi savdolarda 
aksiyalarni yanada arzon bahodan sotib olishga harakat qiladi. 
Doji “ninachi” – “qabr toshi”ning teskarisi: bu dojida yuqori mak-
simal nuqtaga mavjud emas, lekin uzun minimal nuqtaga ega. Hisob-
lanadiki, doji “ninachi” qanchalik uzun minimal nuqtaga ega boʻlsa, 
shunchalik bozor ishtirokchilari optimistik kayfiyatda boʻlishadi.
Doji “ninachi”ning ahamiyati doji “qabr toshi”ning teskarisi
faqatgina doji “ninachi” pasayuvchi trendda namoyon boʻlib 
narxlarning qayrilishi, burilishiga sabab boʻladi, yaʼni oʻsuvchi trendga 
oʻzgarishiga. 
Fond bozori professional qatnashchilari, investorlar qimmatli 
qogʻozlar oldi-sotdisida ishtirok etishar ekan, ularning maqsadi katta 
foyda olish bilan bogʻliq. Shuning uchun, bu bozor qatnashchilari 
qimmatli qogʻozlar narxlarining kelajakdagi oʻzgarishini prognoz 


171 
qilishi uchun yapon shamlaridan foydalanadilar. Lekin faqat doji 
turlari bilangina fond bozori holatini tahlil qilish mumkin emas, hamda 
investor doji turlarini oʻrganish orqali fond bozorida oʻz strategiya va 
taktikalarini bajara olmaydi, ammo doji yapon shamlari modellarida 
ham ahamiyatli hisoblanadi.
Shunday ekan, yapon shamlarining modellarini bilish va oʻrganish 
fond bozorining bugungi va kelajakdagi holatlarini prognoz qilishda 
katta ahamiyatga ega. Yapon shamlari modellarining quyidagi turlari 
mavjud: 
1.
Yutish (qoʻshib olish) modeli. 
2.
Tongi va tungi yulduz modellari. 
3.
Uch qora qargʻa modeli. 
4.
Uchta oq askar modellari va boshqalar. 
Yutish (qoʻshib olish) modeli “buqalar” va “ayiqlar” turlariga 
ajraladi.
Yutish modeli ikkita sham orqali shakllanayapti. Bunda 2-
shamning tanasi 1-shamnikidan uzun boʻlib uni yutib yuborayapti, 
yaʼni 2-shamda savdolar hajmi oshgan, shuning uchun savdolarning 
ochilish va yopilish baholari oʻrtasida katta farq mavjud va bu holat 2-
sham tanasiga taʼsir qilgan. ”Buqalar” modelida 2-shamning namoyon 
boʻlishi va 1-shamning yutib yuborilishi qimmatli qogʻozlar savdo-
laridagi trendning pasayuvchidan oʻsuvchi trendga oʻzgarishiga olib 
keladi. Investor esa, 1-shamda, yaʼni pasayuvchi trendda aksiyalarni 
xarid qiladi ikkinchi va undan keyingi shamlarda, yaʼni oʻsuvchi 
trendda sotadi. “Ayiqlar” modeli “buqalar” modelining teskarisi. 
Yapon shamining tonggi va tungi yulduz modellari oʻsuvchan 
hamda pasayuvchan tendensiyada shakllanadi.
Fond bozorida may oyigacha qimmatli qogʻozning narxlari 
“ayiqlar” trendiga boʻysungan boʻlib, kichik oq tanali va uzun minimal 
nuqtasiga ega boʻlgan shamning paydo boʻlishi (savdo hajmlarining 
kichik boʻlishi) aksiya narxlarning burilishiga, yaʼni “buqalar” 
trendiga oʻzgarishiga olib keldi. May oyining oxirigacha oʻtkazilgan 
savdolarda bozor oʻsuvchi tendensiyaga boʻysungan. Bu modelning 
namoyon boʻlishi orqali investorlar “ayiqlar” bozoridan “buqalar” 
bozorida harakat qilishlari mumkin.


172 
Uch qora qargʻa modeli baland narx atrofida paydo boʻlsa yoki 
uzoq muddat davom etgan oʻsuvchan tendensiyadan soʻng narx 
tushishini oʻlchab beradi. Uch qora qargʻada narxning yopilishi 
minimal narx atrofida yoki ularning yaqinida boʻlishi kerak. Har bir 
shamda narxning ochilishi bundan oldingi sham tanasining “ichida” 
boʻlishi kerak. Uchta qora shamning ketma-ket namoyon boʻlishi 
keyingi savdolarda fond bozorida toʻla-toʻkis “ayiqlar” trendining 
hukmronligini koʻrsatayapti. Investorlar bu modeldan oʻz manfaatlari 
uchun foydalanishi mumkin, yaʼni ular qimmatli qogʻozlar juda arzon 
bahodan sotib olishga harakat qilishadi va maʼlum savdo kuni oʻtga-
nidan keyin yoki bozor tendensiyasi “buqalar” trendiga oʻzgarganida 
qimmat narxda sotadilar. 
Yapon shamlarining boshqa modellari ham fond bozoridagi narx-
larning muayyan yoʻnalishini oʻrganishda, yaʼni qimmatli qogʻozlar 
trendining oʻsishini yoki pasayishini oʻrganishda, oldindan bilishda 
foydalaniladi. 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, qimmatli qogʻozlar bozorida 
sekʼyurimetrik tahlil usulini qoʻllanilishi bu fond bozori infratuzil-
masini rivojlanishiga, qatnashchilar sonining oshishi, bilimli mutaxas-
sislarni ish bilan taʼminlanishi, yangi texnologik majmualarni 
qoʻllanilishi, bozor volatilligining oʻsishi kabi ijobiy holatlarga olib 
kelishi mumkin. Bu rivojlanish oʻz navbatida mamlakatimizning yalpi 
ichki mahsulotining oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi. 


173 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish