143
rivojlanishiga uning negizida qaror topgan “Oltin standarti” tizimi
katta taʼsir koʻrsatdi. Oltin oldida milliy chegaralar ham chekindi va
XX asrning taxminan 70-yillarigacha u jahon valyuta tizimining asosi
boʻlib xizmat qildi, shu munosabat bilan
qimmatli metallar bilan
bajariladigan operatsiyalar qattiq nazoratga olingan edi. Asosan
operatsiyalar monitar siyosat, davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari
darajasida amalga oshirilar edi. Biroq tizimda toʻplanib qolgan
ziddiyatlar natijasida sifat jihatidan oʻzgarishlar yuz berdi va valyuta
kurslari qatʼiy belgilangan kurslardan oʻzgaruvchi kurslarga aylandi.
Natijada, oltinning roli oʻzgardi, yuridik jihatdan u jahon valyuta
aylanmasidan chiqib ketdi. Oltin bilan bitimlarning liberallashuvi
boshlandi, xususiy shaxslarning metallga
egalik qilish huquqi
kengaydi. Qimmatli metallar bozori butunlay oʻzgarib ketdi, bozorning
tuzilmasi ham, uning ishtirokchilari tarkibi ham, bozordagi
operatsiyalar spektri ham oʻzgardi. Hozir oltin toʻlov vositasi sifatida
boshqa ishlatilmaydi, biroq u iqtisodiy munosabatlar tizimini tark
etgani ham yoʻq. Bugungi kunga kelib jahon oltin bozori davlat
tomonidan juda kam tartibga solinadigan
ichki va xalqaro bozorlar
yigʻindisidan iborat. Bu qimmatbaho metallning oʻzi bilan ham,
hosilaviy vositalar bilan ham kunu-tun va global savdo qilishni
taʼminlaydi. Jahon oltin bozorida talab tuzilmasini shartli ravishda
uchta sektorga ajratish mumkin – barcha darajalarda tezavratsiya,
sanoat-maishiy isteʼmol, chayqovchilik bitimlari. Taklif yangi qazib
olingan
qimmatli metallar, xususiy va davlat zaxiralarini sotishdan,
ikkilamchi oltinni boʻlgan xomashyoni qayta ishlash va kontrabanda-
dan iborat. Taklifning asosiy manbalari yangi oltinni ishlab chiqaruv-
chilar, asosiy xaridorlar - uni sanoat maqsadlarida foydalanuvchilar
hisoblanadi. Bularning ikkalasi ham turli omillar munosabati bilan
bozorda muntazam paydo boʻlmaydi. Ammo qimmatli metallar bozo-
ridagi koʻtarilishlar va tushishlar toʻgʻrisida biz keyinroq gaplashamiz.
Xalqaro oltin bozorlari Syurix, Gonkong, London, Nyu-York,
Dubay kabi shaharlarda joylashgan. Xalqaro bozorlarning uncha koʻp
boʻlmagan ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qoʻyiladi. Bunday
ishtirokchilar odatda obroʻsi yuqori
va moliyaviy ahvoli yaxshi
boʻlgan ixtisoslashgan kompaniyalar va yirik banklardir. Qimmatbaho
metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunu-tun oʻtkaziladi, bu
144
esa oltinga aloqasi boʻlgan keng tarmoqlangan mijozlar tarmogʻi bilan
taʼminlanadi. Operatsiyalar qatʼiy tartibga solinmagan, qoidalarni
bozor ishtirokchilarining oʻzlari belgilashadi. Oltinning ichki bozorlari
- bular bitta yoki bir nechta mamlakatning bozorlari boʻlib, ular asosan
mahalliy investorlarga moʻljallangan. Ular erkin va tartibga solinuvchi
bozorlarga boʻlinadi. Erkin bozorlarga koʻpchilik Yevropa bozorlari,
masalan, Milan, Parij, Amsterdam, Frankfurt-na-Maynedagi bozorlar
kiradi. Tartibga solinuvchi bozorlarga – koʻpchilik
uchinchi dunyo
mamlakatlari bozorlari kiradi. Ichki bozorlarda bitimlar asosan mayda
quymalar va tangalar bilan amalga oshiriladi, hisob-kitob vositasi
sifatida esa mahalliy valyutalar ishtirok etadi. Qora bozorlar toifasiga
Osiyo qitʼasidagi ayrim mamlakatlarning oltin bozorlari kiradi.
Ularning vujudga kelishi oltin bilan operatsiyalarni amalga oshirishga
yoppasiga davlatlar tomonidan cheklashlar kiritilishi bilan bogʻliq.
Qora bozorlar yopiq bozorlar bilan parallel ravishda mavjuddir. Qora
bozorlar - bu radikal tarzda tashkil etilgan ichki bozorlarning bir shakli
boʻlib, bu yerda oltinni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan va soliq
tartibi tufayli qimmatli metallar bilan savdo qilish ichki narxlar jahon
narxlaridan ortiq boʻlgani sababli foyda keltirmaydi.
Tabiiy oltin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning eng katta
hajmi London va Syurixga toʻgʻri keladi. Dastlab oltin bilan savdo
qilishning katta qismi Londonga toʻgʻri kelar edi, bunga, xususan,
metallni Britaniya hamkor mamlakatlaridan (avvalo, JARdan) yetkazib
berilishi imkoni bo‘lgan. Oltin Londondan Yevropa qitʼasiga, u yerdan
Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlariga koʻchirilar edi.
Metallni oldi-sotdi qilishning joriy operatsiyalari
bitim tuzilgan
kundan keyin 2 ish kunida valyutalash sanasi (metall va valyutani
hisobdan chiqarishni belgilash sanasi) bilan spot sharti bilan amalga
oshiriladi. Joriy amallarning xalqaro bozori spot-bozori (spot market)
deb ataladi. Spot shartlaridagi lotning stardart oʻlchami besh ming
troya unsiyasini tashkil etadi. Troya unsiyasi – jahon amaliyotida
umum qabul qilingan qimmatli metallarning ogʻirligini oʻlchovi boʻlib,
u 31,1034807 grammdan iborat. Mazkur amallarni bajarishdan maqsad
kredit tashilotining qimmatbaho metallar fondini shakllantirish yoki
mijozlar buyurtmasini bajarish hisoblanadi.
Tabiiy oltin bilan narx
parametrlarini aniqlash uchun tayanch nuqtasi London bozori narxi,
145
loko London (“loko” atamasi metallni yetkazib berish joyini anglatadi)
qimmatbaho metallar bilan bitim tuzishning muhim sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: