256
Mablag‘larni
sarflash yo‘nalishi
bo‘yicha
milliy bozorga yo‘naltirilgan
xalqaro bozorga yo‘naltirilgan
aralash model
Fond mabag‘larini
boshqarish shakli
bo‘yicha
davlat organlari
xususiy boshqaruv kompaniyalari
Tashkiliy-huquqiy
shakli bo‘yicha
mustaqil yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan fondlar:
-
qonun yoki normativ aktlar asosida tashkil etilgan
-
umumiy korporativ qonunchilik me’yorlar asosida
mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan fondlar
Byudjet
tizimiga
integratsiyasi
tamoyili bo‘yicha
byudjet tizimi tarkibiga kiritiladigan fondlar
byudjet tizimi tarkibiga kiritilmaydigan fondlar
E.A.Vasin o‘zining izlanishlari natijasida 3ta maqsadini alohida
ajratib ko‘rsatgan
103
:
-
barqarorlashtirish maqsadi (inqiroz davrida fond mablag‘laridan
foylanib inqirozga qarshi faoliyat yuritish);
-
daromadli investitsiyalash maqsadi (kengroq doiradagi moliyaviy
vositalardan
foydalanish
hisobiga
xalqaro
zaxiralar
bilan
taqqoslaganda yuqoriroq darajada daromadlilik olish);
-
taraqqiyot maqsadi (qayta tiklanmaydigan
tabiiy resurslar
eksportidan kelib tushadigan daromadlar hisobiga iqtisodiyotning ichki
tarmoqlarini rag‘batlantirish, iqtisodiyotda “uzun pullar” manbalarini
shakllantirish).
Muayyan bir mamlakatda qo‘llanadigan fondlarning mablag‘larini
shakllantirish va foydalanish qoidalari turli omillarning ta’sir
darajasiga bog‘liq. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: tabiiy-iqlim
omillari, mamlakatning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy holati, demografik
vaziyat, pul-kredit va byudjet siyosatini amalga oshirish samaradorligi,
shuningdek, suveren fondning o‘ziga xosligi va bajaradigan vazifalari.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning diversifikat-
siya darajasi pastligi, iqtisodiyotning xomashyoga bog‘lanib qolganligi
tufayli inqirozli davrlarni bartaraf qilish
uchun suveren fondlarga
zarurat yuzaga keladi. Ayrim mamlakatlarda, misol uchun, Xitoy va
103
Васин Е.А.
Повышение эффективности управления суверенными фондами в Рос-
сийской Федерации: дис… канд. эк. наук : 08.00.10 / Васин Евгений Александрович. М.,
2015. 17-с.
257
Singapurda suveren fondlar paydo bo‘lishi tovarlar eksporti hajmining
o‘sishi va tashqi iste’molchiga bog‘liqlik yuqoriligi bilan asoslanadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi,
avvalambor bazaviy
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash bo‘yicha
loyihalarni, shuningdek, samarali tarkibiy o‘zgarishlar va investitsiya
siyosatini amalga oshirish maqsadida 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib,
2020 yilda ustav kapitalini 25 mlrd AQSH dollariga yetkazish
belgilangan.
Jamg‘armaning eng asosiy vazifalaridan biri – iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish infratuzilmasining
shakllanishi bilan bog‘liq ustuvor vazifalarni amalga oshirishdagi
strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdan iborat.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra
suveren fondlar
mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tamoyillarini
ifodalab beramiz:
—
strategik koordinatsiya tamoyili. Ushbu tamoyil shuni
anglatadiki, suveren fondlarning maqsad va vazifalari soliq-byudjet va
pul-kredit tizimi bilan bog‘langan, shuningdek, iqtisodiyotni
rivojlantirishning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rejalari bilan
munosabatda bo‘lishi lozim;
—
mablag‘larni shakllantirish va foydalanish to‘liqligi tamoyili:
byudjetning konyunktura omiliga bog‘liqligini
pasaytirish uchun
barcha konyunktura daromadlarini boshqarish kerak, ularning bir
qismini emas;
—
boshqaruvda maqsadlarni belgilash tamoyili. Suveren fondlar
belgilangan, aniq va tushunarli maqsadlar va vazifalarga erishish
uchun tashkil etilishi lozimligini anglatadi. Fondning o‘zi uchun
suveren fond tashkil qilishga ruxsat etilmaydi;
—
samarali boshqaruv tamoyili:
suveren fondlar oldiga
qo‘yilgan maqsad va vazifalarga samarali erishish uchun har bir
boshqaruv
qatnashchisining
javobgarliklarini
mos
ravishda
taqsimlagan va vakolatlarni chegaralagan holda tushunarli va shaffof
boshqaruv struturasi tashkil qilish zarurligi ko‘zda tutiladi:
—
ijtimoiy javobgarlik tamoyili:ushbu tamoyil shuni anglatadiki,
suveren fondlarning mablag‘lari asosiy foyda oluvchilar – butun aholi
258
manfaatlarini hisobga olgan holda davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati
maqsadlariga erishishga yo‘naltirilishi lozim;
—
samarali investitsiyalash tamoyili shuni talab qiladiki, suveren
fondlarning mablag‘lari ishlab chiqilgan investitsiya strategiyalariga
muvofiq va investitsiyalash potensial ehtimoliy risklarini hisobga
olgan holda joylashtirilishi lozim;
—
mustaqillik tamoyili: ushbu
tamoyil shuni anglatadiki, suve-
ren fondlarni boshqarishda suveren fondlar mablag‘larini shakllan-
tirish, foydalanish va investitsiyalashning siyosiy konyunkturadan
mustaqil bo‘lishi ta’minlanishi lozim;
—
shaffoflik tamoyili, ya’ni suveren fondlar faoliyati investitsion
hamjamiyat va aholining fondlar operatsiyalariga ishonchini oshirish
uchun axborot jihatidan shaffof bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: