Ustunli diagramma
Diagrammadagi har bir ustun oʻtgan savdo kunidagi aksiya
narxining tebranishini ifodalaydi. Ustunning yuqori nuqtasi savdo
kunidagi eng yuqora narxni ifodalasa, pastki nuqtasi savdo kunidagi
eng past narxni ifodalaydi. Yopilish bahosini ifodalash uchun esa
ustunga perpendikulyar chiziqcha oʻtkaziladi.
Texnik
tahlilning
tamoyillari:
Bozor hamma narsani
hisobga oladi
Narxlarning
harakatlanishi
tendensiyaga boʻysunadi
Tarix takrorlanadi
Aksiya narxi
(rub)
Kunlar
163
Дни
Цена
акции
(руб.)
1
2
3
4
5
250
300
350
450
500
10
15
20
25
10.3-rasm.
Savdo hajmi maʼlumotlari bilan toʻldirilgan
ustunli diagramma
Bu holatda absissa oʻqi boʻyicha chap tomonda narx, oʻng
tomonda esa savdo hajmi ifodalanadi. Rasm pastidagi ustunchalar
savdo kunidagi hajmni koʻrsatadi.
Aniqroq aksiya narxi harakati tasvirini olish uchun ularning
narxlarini birlashtirish mumkin. Masalan, toʻgʻri chiziqlar orqali
yopilish bahosini:
1
2
3
4
5
6
7
8
Дни
300
350
400
450
500
550
Цена
акции
(руб.)
10.4-rasm.
Aksiya narxi tebranishi grafigi
Aksiya narxi
(rub)
Kunlar
Aksiya narxi
(rub)
Kunlar
164
300
400
500
600
Цена
акции (руб.)
Дни
х
о
х
о
х
о
х
х о х о х о х
х о х о х о х
х о х о о х
х
о х
х
о х
х
о
х
о
10.5-rasm.
Aksiya narxi trendi yoʻnalishi
Tahlilchi narx har bir oʻzgarishini qayd qilib boradi. Agar narx bir
pogʻona oʻssa, u holda diogrammaga X belgisi qoʻyiladi. Keyingi narx
oʻsishida yuqoriga yana bir X belgisi qayd qilinadi. Agar narx bir
pogʻona pasaysa, u holda oʻng tomondan yangi ustun ochiladi va shu
ustundan 0 belgisi bilan belgilanadi.
Texnik tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning bozor
narxini moliya bozori obyektiv baholaydi, degan fikrdan kelib chiqadi.
Bu usul umuman olganda aksiyalar bozori kurslari konyunkturasini
konkret kompaniya aksiyalari kurslari dinamikasiga prognoz berish
uchun oʻrganadi. Bunda avval kurslar dinamikasida sikllar (davrlar)
yoki qaytariladigan tendensiyalarni aniqlash maqsadida oldinggi
davrlar uchun bozor kurslari tadqiq qilinadi. Keyin esa avvalgi
davrlarda aniqlangan tendensiyalarga oʻxshash joriy tendensiyalarni
aniqlash maqsadida vaqtning oxirgi davri uchun aksiyalar kurslari
tahlil qilinadi. Tahlilning oxirida hozirgi mavjud va avvalgi aniqlangan
aksiyalar kurslari tendensiyalari oʻzaro solishtiriladi. Bunda narx
trendlari davriy qaytariladi deb qabul qilinadi. Shunday qilib, analitik
koʻrilayogan aksiyalar boʻyicha avvalgi va joriy bozor tendensiyalarini
aniqlagan holda, kurslarning kelajakdagi dinamikasini yetarlicha aniq
prognoz qilishga ishongan holda tahlil qiladi.
Texnik tahlil yordamida fond bozoridagi narxlar dinamikasini
iqtisodiy hodisalarning mazmuniga kirmasdan tadqiqini amalga
Aksiya narxi
(rub)
Kunlar
165
oshirsa boʻladi. Uni yana grafik tahlil (grafiklar, gistogrammalar,
nuqtali diagrammalar, narxlar harakati, indekslar usuli) ham deyiladi.
Bunda fond indekslari bozor holatini yaxshiroq ifodalaydi.
Texnik tahlilni amalga oshirishga quyidagi muhim tahminlarga
asoslaniladi:
- tashqi omillarning har qanday oʻzgarishlari qimmatli
qogʻozlarni bozor narxlari (kurslari) dinamikasida oʻz aksini topadi;
- fond bozoridagi narxlar dinamikasi oldindan idrok qilinadigan
maʼlum qonuniyatlarga boʻysunadi, bunday qonuniyatlar barqaror
boʻlishi mumkin;
- qimmatli qogʻozlar kurslarining avvalgi va joriy bozor
tendensiyalarini oʻrganish asosida ularning kelajakdagi oʻzgarish
dinamikasini prognoz qilish mumkin.
Grafik tahlil quyidagi uch asosiy masalani yechishda qoʻllaniladi –
fond bozoridagi narxlar darajasini prognoz qilish; qimmatli
qogʻozlarni sotish va sotib olish vaqtining optimal momentini topish;
fundamental tahlil natijalarining toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirish.
Hozirda har ikkala usul bir-birida farqlansada, oʻzlarida bir-
birlarining u yoki bu komponentlarini qoʻllaydilar. Bundan tashqari
ular boshqa tahlil nazariyalari unsurlarini ham oʻz ichiga olishgan,
masalan, “effektiv bozor” modellarini, “ehtimoliy asosda behosdan
qilingan tanlov” konsepsiyasini. Bunga qaramasdan har ikkala usul
ham hozirda fond bozorlarini tahlil qilishda bosh mavqega ega boʻlib
kelmoqda. Lekin, bu usullar yangi yondashuvlarni paydo boʻlishi
evaziga takomillashib bormoqda. Masalan, I.Fisherning foiz stavkalar
nazariyasini, Uilyamsning kapital aktivlarni baholash nazariyasini,
Naytning aniq boʻlmagan omillar va risklarni sifat tahlili metodini,
Markovichning (keyinchalik Sharp, Tobin, Lintner, Mossin, Blek,
Shoulzlarning) optimal portfelni tanlash nazariyasini, SARM
modellarini, Elliotning toʻlqinlar nazariyasini, Sorosning refleksiv
nazariyasini, Rossning ART modellarini, Molilyani va Millerning
nazariyalarini, va h.k. nazariyalarni keltirish mumkin.
Taʼkidlash joizki, texnik tahlil usuli barcha mutaxassislar
tomonidan oson qoʻllanilishi mumkin, fundamental tahlil usulini esa
har qanday mutahassis tomonidan oson qoʻllashi qiyinroq kechadi.
Chunki fundamental tahlil ancha qiyin ish boʻlib, yetarli maʼlumotlar
166
bazasini shakllantirishni va mos ravishda moliyalashtirilishni talab
qiladi.
Sekyurimetrik tahlil yordamida bozordagi qimmatli qogʻozlarning
ekvivalentlilik potensiali darajalari asosida fond bozorining poten-
sialini baholash mumkin. Bunda ekvivalentlilik potensialini natijaviy
vektorning miqdoriga (natijaviy yoʻnaltirilgan kuch sifatida) koʻpay-
tmasi qimmatli qogʻozning quvvati kuchini, bu quvvatlarning yigʻin-
disi esa qimmatli qogʻozlar bozori muhitining quvvati kuchini
bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |