O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

10.4. Trend turlari va shakllari 
Qimmatli qogʻozlar bozorida turli xildagi qimmatli qogʻozlar oldi-
sotdi operatsiyalari amalga oshiriladi. Operatsiyalar chogʻida qimmatli 
qogʻozlarning narxlari doimo oʻzgaruvchan tendensiyaga ega boʻladi. 
Narxlarning oʻzgarishi natijasida trendlar hosil boʻladi. 
Trend
– bu baholarning, yaʼni fond bozoridagi qimmatli 
qogʻozlarning oldi-sotdisida belgilanadigan baholarning muayyan 
yoʻnalishlar boʻyicha oʻzgarishidir.
Trendlar davom etish muddatiga koʻra: 
1. Uzoq muddatli (birlamchi) trend, yaʼni bunda qimmatli qogʻoz-
lar narxi uzoq muddat (1 yil hatto undan ortiq) oʻzgarishi kuzatiladi. 
2. Yonlanma (ikkilamchi) trend – bozorining asosiy tendensiyasi 
harakatini toʻgʻirlovchi (korrektiruyushiy) trend hisoblanadi. 
3. Kichik trendlar – narxlarning kunlik oʻzgarishi, tebranishdir. 
Trendlar narxlarning harakati yoʻnalishiga koʻra: 
1)
Oʻsuvchi yoki “buqa” lar trendi. 
2)
Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi. 
3)
Gorizontal trend yoki flet. 
1. Oʻsuvchi yoki “buqalar” trendi (uptrend, upward, bullish trend) 
shunisi bilan xarakterlanadiki, bozordagi tebranishlarning past narxlari 
koʻtarila boshlaydi. Koʻtariluvchi (oʻsuvchi) trendda bizga pastdan 
chegara belgilashimiz juda muhimdir, chunki bunday holatda stavkalar 
narxlarning koʻtarilishiga qoʻyiladi.


167 
Narxni pastda chegaralovchi chiziqni kesishuvi, narxlar koʻtaril-
gandagi trend soʻnayapti yoki umuman yoʻnalishini oʻzgartirmoqda 
deb signal beradi. 
Narxlarni pastdan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq qoʻllab-
quvvatlovchi chiziq deb ataladi. 
2. Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi (downtrend, downward, 
bearish trend) bozorda maksimal tebranuvchi narxlar pasaya boshla-
shidan vujudga keladi.
McDonalds kompaniyasi aksiyalarining bozordagi kursi 6 oy 
davomida oʻsuvchi trendga ega boʻlgan, lekin avgust oyida narxlardagi 
burilish pasayuvchi tendensiyaga oʻzgargan va bozorda “ayiqlar” 
trendi hukmron. Investor esa, McDonalds kompaniyasi aksiyalarini 
avgust oyida sotishi kerak, aks holda katta zarar koʻrishi mumkin. 
Pasayuvchi trendda narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi 
toʻgʻri chiziq qarshilik chizigʻi deb ataladi. 
“Ayiqlar” bozorida biz narxlarning pasayishiga qoʻyamiz, chunki 
biz uchun narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq 
muhimdir. Qarshilik toʻgʻri chizigʻining pasayishi, kesishuvi trend 
bilan oʻzgarayotganidan dalolat beradi. 
Bir vaqtning oʻzida aniq qoʻllab-quvvatlash toʻgʻri chizigʻiga 
hamda qarshilik toʻgʻri chizigʻiga ega boʻlgan trend koʻplab qiziqishlar 
uygʻotadi (3-rasmga qarang). Bu trendda narxlarning ham yuqori ham 
past darajalarini prognozlashtirishga imkon boʻladi. 
3. Uchinchi trend turi – gorizontal trend (trendning mavjud 
emasligi). Bu trendda narxlar gorizontal diapazonda tebranadi. 
(sideways, Flat market, trendless). Bu trendning qoʻllab-quvvatlash 
yoki qarshilik chiziqlari boʻladi, lekin narxlarning yuqoriga yoki 
pastga harakatining aniq tasviri boʻlmaydi.
Bundan tashqari, trendlarni shakli boʻyicha tasniflashimiz 
mumkin. Fond bozori savdolarida eng koʻp uchraydigan trend 
shakllaridan biri, bu “bosh” va “yelka” trendidir.
Bu chizmada narxlarni oʻzgarishi natijasida “bosh” va “yelka” 
trend turlari oʻz aksini topgan. Bunda savdo boshlangandagi ochilish 
bahosidan boshlab narxlar koʻtarilib boradi va eng yuqori nuqtaga 
yetib, pastga oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi. Agar biz bu nuqtalarni 
tutashtirib chiqsak, bosh va yelka tasvirlari hosil boʻladi.


168 
“Ikki qoya” trendida narxlar faqat 2 marta maksimal nuqtaga 
erishadi. Bu holda A nuqtada qimmatli qogʻozlarni albatta sotib 
yuborish kerak. “Ikki jarlikda” esa buning aksi.
Bu rasmda koʻrishimiz mumkinki, RTS indeksining fond 
bozoridagi dinamikasi orqali 10 oy ichida “ikki qoya” trend shakli 
hosil boʻlgan. Trendning ikkinchi maksimum nuqtasi narxlarning 
qayrilishini, burilishini ifodalab, bozorda RTS indeksi trendi 
tendensiyasining oʻzgarishini anglatadi, yaʼni “buqalar” trendidan 
“ayiqlar” trendiga. Investor uchun bu trend shaklining ahamiyati 
shundaki, ikkichi maksimum nuqta RTS indeksining keyingi 
savdolarda pasayishini ogoh qiladi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish