O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

11.2. Portfel nazariyasi:
Markovisgacha va undan keyingi baholash usullari
Investorlar yuqori darajadagi riskka mos keladigan ehtimolli 
daromadlilikni taʼminlashlari uchun riskning xolisona baholashlari 
kerak boʻladi. 
Riskni baholash trillion dollarlarga teng qiymatga ega boʻlgan 
derivativlarning uzluksiz savdosini taʼminlash, narxini saqlab qolish va 
ular bozorini barqaror boʻlishi uchun juda ham muhim hisoblanadi.
52
Riskni notoʻgʻri baholash riskdan keladigan yoʻqotishlarni 
yetarlicha baho bermaslikka olib keladi va natijada bankrotlikka va 
52
L.A. Stout.
Why the Law Hates Speculators: Regulation and Private Ordering in the Market 
for OTC Derivatives. Duke Law Journal, 48(4):701–786, 1999. 


187 
hatto butunlay moliya sektori qulashiga (inqirozga duch kelishiga) 
sabab boʻladi.
53
Riskni miqdoriy baholash evolyutsiyasi quyidagi uch bosqichga 
boʻlinadi: 
1. Markovisgacha boʻlgan riskni baholash uslubiyotlari; 
2. Markovisning “Portfel nazariyasi”ga asoslangan riskni baholash 
uslubiyotlari; 
3. Riskdagi qiymat (Value at Risk) hamda unga bogʻliq riskni 
baholash uslubiyotlari. 
Ushbu evalyutsion bosqichlarni tarixiy ketma-ketlikda yoritib 
riskni baholashning kelajakdagi istiqbolli yoʻnalishalarini quyida 
muhokama qilib oʻtamiz. 
Olimlar risk va noaniqlikni iqtisodiy kategoriyalar sifatida 
farqlashadi va bunga birinchi bor oʻz izlanishlarida amerika iqtisodchi 
olimi Frenk Nayt eʼtibor qaratgan va bu kategoriyalarni batafsil 
yoritib, chegaralab bergan. 
Nayt fikricha risk – bu maʼlum ehtimollik bilan ifodalangan 
tasodifiylik, noaniqlikda esa tasodifiylik nomaʼlum ehtimollik bilan 
ifodalanadi degan fikrni ilgari surgan.
54
Biroq moliyaviy risklar 
boʻyicha adabiyotlarda bunday farqlash deyarli uchramaydi. 
Risk va riskni baholashning muhim jihati – bu portfel diversifikat-
siyasi hisoblanadi. Diverifikatsiya deganda bir nechta aktivlarga 
investitsiya kiritish orqali hamda ehtimolli daromadlilikni oʻzgarmas 
saqlab qolish bilan umumiy risklarni kamaytirishni tushiniladi. Chunki 
barcha risklar barcha aktivlarga ham teng taʼsir koʻrsatmaydi. Shu bilan 
birga albatta diversifikatsiya orqali kamaytirib boʻlmaydigan risklar ham 
iqtisodiyotda mavjud (masalan foiz stavkasi riski). 
Koʻpchilikni fikridan farqli oʻlaroq riskni baholash va 
diversifikatsiyalash Markovisning portfel nazariyasidan oldin tadqiqi 
qilingan. Rubinshteynnning taʼkidlashicha rossiya iqtisodchi olimi 
Bernulli 1938 yilda
55
riskli qarorlarni kutilayotgan naflilikka asosan 
53
M.H. Kabir and M.K. Hassan.
The Near-Collapse of LTCM, US Financial Stock Returns, 
and the Fed. Journal of Banking and Finance, 29(2): 441–460, 2005. 
54
F.H. Knight.
Risk, uncertainty and profit. Houghton Mifflin Company, 1921. 
55
D. Bernoulli.
Exposition of a new theory on the measurement of risk. Econometrica: Journal 
of the Econometric Society, pages 23–36, 1954. 


188 
baholash mumkinligini isbotlaganida diversifikatsiya orqali daromad-
lilikni pasaytirmasdan riskni kamaytirish haqida toʻxtalgan.
56
Markovisdan oldin 1906 yilda Irving Fisher iqtisodiy riskni 
dispersiya yordamida baholagan.
57
Tobin esa investitsion portfel 
risklarini daromadlilikning dispersiyasiga bogʻlagan.
58
Zamonaviy qimmatli qogʻozlar tahlilining otasi sanalgan Benje-
min Grem riskni baholashga oʻzining xavfsizlik marjasi gʻoyasini 
hamda riskni kamaytirish uchun diversifikatsiya amaliyotini taklif 
qilgan.
59
Ushbu qiymatga asoslangan investitsiyalash metodologiyasi 
tarafdorlaridan taniqli Djeremi Grentem va Uorren Baffetlar 
gavdalansa-da, moliyaviy matematiklar jamiyati tomonidan bu ilmiy 
qarashlar keyinchalik tadqiq etilmagan.
60
Iqtisodchi olimlar risk haqida koʻplab qarashlarni shakllantirga-
niga qaramasdan riskni baholash standart moliyaviy hisobot tahlili 
sifatida qaralgan. Markovis birinchi bor portfel riski, diversifikatsiya 
va aktivlarni tanlashga matematik yondashuv bilan tavsiflab bergan.
61
Bu matematik apparat aktivning kutilayotgan (oʻrta) qiymati, 
dispersiyasi va kovariatsiyasidan tashkil topgan edi. Markovisning 
portfel nazariyasi riskni baholashda oʻta muhim innovatsiya edi va bu 
uchun muallif Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. 
Demak Markovis portfel riskini uning daromadliligining 
dispersiyasiga teng deb hisobladi.
62
Agar portfelning kutilayotgan 
(oʻrta) daromadliligi quyidagicha aniqlansa, 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish