Bilib oling!
O‘zbek tilida -sa shart mayli qo‘shimchasi sodda gaplar tarkibida kelganda istak
ma’nosini, ergash gaplar tarkibida kelganda shart, payt, o‘rin kabi ma’nolarni
bildirib keladi.
Masalan:
Tabiatni asrasak, jamiyatning kelajagini asragan bo‘lamiz – shart ma’nosi.
Bahor kelsa, qushlar uchib keladi, atrof gulga, maysalarga chulg‘anadi – payt
ma’nosi.
4-mashq. Gaplarni o‘qing. Ergash gaplarni bosh gapga bog‘lovchi vosita-
larni ko‘rsatib, qanday ma’no ifodalayotganini ayting.
1. Katta arava qayerdan yursa, kichiklari ham shu yo‘ldan yuradi. 2. Kasalni
ya shirsang, isitmasi oshkora qiladi. 3. Kim maqtanchoq bo‘lsa, uning ko‘ngli har
doim hijolatda bo‘ladi. 4. Qayerda mehnat intizomi yaxshi bo‘lsa, o‘sha yerda
samaradorlik yuqori bo‘ladi. 5. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroyli.
6.Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan.
Do'stlaringiz bilan baham: |