5-mashq. Gaplarni agar, mabodo, -sa bog‘lovchi vositalari bilan to‘ldirib
ko‘chiring, qanday ma’no ifodalanayotganini tushuntiring.
Biz havodagi kislorod bilan nafas olib, nafas chiqaramiz. Odam yaxshi nafas
olishi uchun havo kislorodga boy bo‘lishi kerak. ... havoda kislorod yetishma ... ,
odam o‘zini horg‘in sezadi. ... atrofda daraxtlar, o‘simliklar ko‘p bo‘l ... , ular iflos
havoni yutib, o‘zlari chiqargan kislorod bilan havoni tozalab turadi. Shuning uchun,
ayniqsa, shaharlarda ko‘kalamzorlashtirishga katta e’tibor berish kerak. Changli
havodan nafas olish ham o‘pka uchun zararli hisoblanadi. ... ko‘chalar changib ket
... , darrov suv sepib changni kamaytirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |