38
1. Qo’l bilan sog’ish. Bu juda qadim zamonlardan beri qo’llanilib
kelayotgan usul. O’zbekistonda sigirlar ham qulda, ham mexanik usulda sog’ilib
keladi. Hayvonlar doimo ma’lum bir vaqtda sog’ilishi kerak.
Qo’l bilan sog’ilganda musht va 2 barmoq bilan sog’iladi. Musht bilan
sog’ilganda qo’l tez charchamaydi va sut tez sog’iladi, sigir bezovtalanmaydi. Bu
usulda hatto qiyin sog’iladigan sigirlarning suti to’la sog’ib olinadi.
Sog’ishdan oldin yelinni yuvadi, uqalaydi va emchagini ushlab, yelinni
oldingi ikki bo’limini, keyin orqadagilarini sog’ib oladi. Dastlabki bir sog’im
alohida idishga sog’ilishi kerak. Sog’ib bo’lingach dastlab oldingi keyin orqa
bo’limlari uqalanadi va qolgan sut sog’ib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: