IX.ATROF MUHIT VA EKOLOGIYA QISMI
GIGENIK TALABLAR
Sog’ib olingan sutning sifati yuqori darajada bo’lishida, uni uzoq vaqt
saqlashda unga taaluqli bo’lgan barcha idish, asbob-anjom, apparat va
xokozolarning toza bo’lishi kerak. Aks xolda ifloslanadi, achiydi va uning
tarkibidagi bakteriyalar miqdori nihoyatda ko’payib ketadi. Binobarin, sut iste’mol
qilishga va undan mahsulot ishlab chiqarishga yaroqsiz bo’lib qoladi. Agar sut
idishlari va uni saqlash asboblari o’z vaqtida yuvilmasa, dizinfeksiya qilinmasa va
talab etilgan gigena-sanitariya talablariga rioya qilinmasa, sut sifatiga putur yetadi,
iste’mol qilishga yaramaydi. Shuning uchun xam sutchilik ishlarida ozodagarchilik
nihoyatda muxim axamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: