foizga ko’paygan. Ana shu davrda sigirlar bosh soni 51,3 ming boshga yoki 42,2
foizga ko’payganligi, keyingi yillarda mollar bosh sonini yanada ko’paytirishga
hamda go’sht va sut mahsulotlarini sezilarli darajada oshirishga zamin yaratadi.
Respublikadagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarida 1992
yilda qoramollar bosh soni 66,3 ming boshni tashkil qilgan bo’lsa, 2010 yil yakuni
bo’yicha ularning soni 501,7 mingtaga yetkazilib, 435,4 ming boshga ko’paygan.
Ana shu davrda sigirlar bosh soni 147,5 ming boshga yoki 6,8 martaga
ko’payganligi, keyingi yillarda mollar bosh sonini yanada ko’paytirishga hamda
go’sht va sut mahsulotlarini sezilarli darajada oshirishga zamin yaratadi.
Barcha toifadagi xo’jaliklarda 1991 yilda 800,2 ming tonna go’sht, 3331,4
ming tonna sut, 2347 mln. dona tuxum ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2010 yil yakuniga
ko’ra go’sht ishlab chiqarish 1461,4 ming tonnaga, sut-6169 ming tonnaga va
tuxum 3059 mln. donaga yetkazildi.
Bugungi kunda respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan go’shtning 95 foizi,
sutning 96,1 va tuxumning 58 foizi shaxsiy yordamchi, dehqon xo’jaliklari
xisobiga to’g’ri kelmoqda.
Respublikamiz viloyatlari bo’yicha 2005 yilda zooveterinariya servis
xizmatlarini ko’rsatadigan shaxobchalar soni 1768 ta bo’lgan bo’lsa, 2006-2010
yillarda qo’shimcha 823 ta shaxobchalar yangidan tashkil qilinib, ularning soni
2591 taga yetkazildi.
Avstriyadan onalarining sut mahsuldorligi 11 mingdan 16 ming litrgacha
bo’lgan 20 bosh naslli buqalar ―O’znaslchilik‖ korxonasiga keltirilib, ulardan ham
urug’ ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Jami Avstriyadan sotib olingan yuqori
ko’rsatgichlarga ega bo’lgan naslli mollarning 9 tasi shvis, 9 tasi Golshtin zotiga
va 2 tasi simmental (flekvi) zotiga mansubdir.
Naslli buqalar urug’ini o’zimizda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish
maqsadida respublikadagi naslchilik toifasiga kirgan xo’jaliklardan ham 38 ta
naslli buqalar tanlab olinib, bugungi kunda 30 tasidan urug’ olinmoqda.
2008 yilda ―O’znaslchilik‖ korxonasida 60314 doza urug’ ishlab chiqarilgan
bo’lsa, 2010 yilda bu ko’rsatgich 1700 ming dozaga yetkazildi.
Mollarning sifatini qisqa davr ichida yaxshilash va ularning mahsuldorlik
ko’rsatgichini oshirish hisobiga chorvachilik mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada
ko’paytirishda sun’iy urug’lantirishning ahamiyati beqiyosdir. Bu yo’nalishdagi
ishlar yildan-yilga kuchayib bormoqda.
2008-2009 yillarda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklaridagi
sigir va qochirish yoshidagi tanalarning 30 foizini sun’iy urug’lantirish, sun’iy
urug’lantirishning afzalliklari to’g’risida, aholi o’rtasida targ’ibot qilinishi
natijasida, 2005 yilda 32064 bosh mollar sun’iy urug’lantirilgan bo’lsa, 2010 yilga
kelib, 1300 ming bosh sigir va qochish yoshidagi tanalar sun’iy urug’lantirildi.
Bajardi
Rahbar
Yusupov A
Karimov A
Do'stlaringiz bilan baham: