Sutni qabul qilish, sifatini aniqlab navlash
Har bir keltirilgan sut alohida keltirilgan idishlarda sifati tekshirilib,
harorati o’lchanib, namuna olinadi. Sutning organoleptik baholash, kimyoviy
tarkibi va reduktoza namunasi orqali andoza talablari asosida navi aniqlanadi.
Qo’shimcha achish, shirdon-achish, yog’ achish namunalari o’tkaziladi. Shirdon
fermenti ta’siridagi uyushiga qarab sutning pishloq tayyorlashga yaroqliligi
aniqlanadi. Har sut navi alohida-alohida ishlanadi. Achish namunasi bo’yicha III-
IV klassga, shirdon achish namunasi bo’yicha III klassga mansub sutlar pishloq
tayyorlashga noloyiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |