Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bo’lgan bolalar korreksion-pedagogik ta’limida logopedik ish. Birlamchi xarakterdagi nutq va eshituv nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish xususiyatlari. Nutqida va ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan logopedik ish xususiyatlari.
Reja:
Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan logopedik ish
Mujassam nuqsonli bolalar bilan ishlash jarayonida logopedning asosiy vazifalari.
Eshitishida nuqsonga ega bolalarada birlamchi xarakterdagi nutq buzilishlari.
Eshitishda nuqsonga ega bolarda nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan logopedik ish mazmuni.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalardagi nutq nuqsonlariga tavsifnoma.
Ko‘rishida nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion- logopedik ish mazmuni.
Tayanch iboralar: Mujassam nuqson, logopedik tekshiruv, mashg’ulot, komplekslilik tamoyili, Bolaning nutqiy imkoniyatlarini har tomonlama o‘rganish tamoyili, birlamchi nuqson, ikkilamchi nuqson, mujassam nuqson, koxlear implant, logopedik ta’sir, nutq nuqsoni, ko`r bolalar, zaif ko`ruvchi bolalar, nutqiy tovush, nonutqiy tovush, relyefli rasmlar
Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bo‘lgan bolalarga korreksion – pedagogik tizimida biz logopedik ishlarga aloxida o‘rin ajratamiz ,chunki mujassam nuqsonlar tuzilishida nutqiy buzilishlar muhim o‘rinni egallaydi. Bolalarda nutqiy nuqsonlar muammosini o‘rganishga ko‘pgina maxsus tadqiqotlar bag‘ishlangan bo‘lib,biz ular haqida avvalgi bo‘limlarda aytib o‘tdik. Bundan tashqari logopedlar bunday holatlar bilan amaliyotda ko‘p marta to‘qnash kelishadi , murakkab vaziyatda qolishadi, bunda ular to‘g‘ri va maqsadga qaratilgan korreksion ta’sir yo‘llarini mustaqil izlashlari , pedagogik jarayonni modellashtirishlari, aniq ishda integrallashgan yondashuvni amalga oshirishi kerak.
Logopedning vazifalariga quyidagilar kiradi:
rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni logopedik tekshirish metodikalarini ishlab chiqish;
bolaning nutqiy rivojlanish darajasi , nutqiy xususiyatlarini aniqlash maqsadida diagnostik tadbirlarni o‘tkazish ;
bu toifa bolalar bilan korreksion –logopedik ishlarda o‘zaro aloqa o‘rnati .
Tashxis qilish bosqichi muxim axamiyatga ega bo‘lib, bu vaqtda mavjud nuqsonlar, ularning mazmuni, bolalarninig individual xususiyatlari aniqlanadi. Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni logopedik tekshirish yetarli darajada keng doiradagi muammolarga –bola anamnezini, oilaviy sharoitini, nutq apparati tuzilishini o‘rganishga, til tizimidagi buzilishlarni aniqlashga, fonematik eshituv holatini aniqlashga va boshqalarga yo‘naltirilgan.
Bu logopedik tekshiruv o‘zining asosiga ko‘ra mavjud va sinalgan metodikalardan farq qilmaydi ( G.A. Volkova, T.B.Filechova, G.V. Chirkina ) Bu sohadagi ishlanmalarni har bir aniq xolatdagi nuqsonlarning o‘ziga xosligiga, shuningdek bolalarning yoshiga ko‘ra qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Masalan , kichkintoylar uchun material soddalashtiriladi; ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolar uchun esa, rasmlar o‘rniga xaqiqiy predmetlar, o‘yinchoqlar yoki relyefli rasmlardan foydalaniladi; topshiriqlar uchun ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tuzish va tanlash muxim axamiyatga ega. Bolalar kontinigentining o‘z tavsifiga ko‘ra xaddan tashqari polimorfligini hisobga olib logopedik tekshiruvda diagnostik metodikalar tuzishda tayanish lozim bo‘lgan quyidagi tamoillarni tavsiya etish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |