Soatcha
|
To‘siqcha
|
Kulgu holati
|
Naycha.
|
Kulgu holati- naycha.
|
Bolg‘acha
|
Arg‘imchoq
|
Ninacha
|
Belkurak
|
12- rasm.Ko‘rgazmalar bilan nafasni rivojlantirish uchun o‘tkaziladigan artikulyatsion mashqlar signal- belgilari; eshituv idrokini rivolantirish uchun ovoz chiqaruvchi asboblardan foydalaniladi ( naychalar, baraban, garmoshkalar,shiqildoqlar,qoshiqlar va hakozo). Bunda mashg‘ulot mazmuniga va berilayotgan nutqiy materialga mos asboblarni tanlash muhim rol o‘ynaydi. Uning semantikasiga asosiy e’tibor qaratiladi: u bolaga ma’no jihatidan yaxshi tanish va muloqot uchun zarur bo‘lishi kerak.
Tovushlarni mustahkamlash uchun mashqlarga material tanlashda turli xil bo‘g‘in va so‘zlarni aytishdagi talaffuz qiyinchiliklarini bartaraf etishni ko‘zda tutadigan fonetik tamoyilni hisobga olib tanlanadi. Mashg‘ulotda mustahkamlash bosqichida turli nutq faoliyatlarini o‘z ichiga olgan topshirqlarni kiritish lozim- o‘qish, predmetlar va hodisalarni nomlash, yodlash,berilgan tovushga mos so‘zlar topish va hakazo. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun nutqiy faoliyatlardan ancha osoni – nutqiy materialni o‘qish hisoblanadi, bunda ko‘rgazmali so‘zli tayanch(so‘zlar yozilgan tablichkalar) beriladi : eng qiyini esa- rasmlarni , predmetlarni nomlash, savollarga javob berishdir, chunki bu yerda tayanch so‘zlar berilmaydi. Aynan shuning uchun mashg‘ulotga turli xil topshiriqlar kiritish zarur.
Aytilganlarni tahlil qila turib, quyidagicha xulosa qilish mumkin, eshitishida nuqsoni bo‘lgan va birlamchi xarakterdagi nutq nuqsonlari qo‘shilib kelgan bolalar bilan korreksion- logopedik ish olib borishda mujassam nuqson tuzilishiga bo‘ysunadigan o‘ziga xosliklarga ega.
Ko‘rishi va nutqidagi nuqsonlari qo‘shilib kelgan mujassam nuqsonli bolalardagi nutqiy buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan bir nechta logopedik ish usullarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘ruv nuqsonlari oqibatida kelib chiqadigan analizatorlararo aloqalarning buzilishi o‘z ichiga ma’lum darajada nutqiy holatga ta’sir etuvchi tasavvurlar va obrazlar tizimining buzilishini qamrab oladi. Shunga bog‘liq ravishda ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning muloqot sifatini rivojlantirish va korreksiyalash muammolarini hal etish dolzarb bo‘lib qoladi. Kompleks korrksion ish tizimida logopedik ta’sirga katta e’tibor qaratiladi.Bolalarda ko‘ruv analizatori faoliyatining buzilishiga ko‘ra turli xil nutq nuqsonlar paydo bo‘ladi, nutqning ancha kech paydo bo‘lishi, ko‘rishning roli ancha katta bo‘lgan taqlid qilish faoliyatining chegaralanganligi, xususan, tovushni ifodalashda uning obrazini va aytilishini ko‘rib idrok eta olmaslik. Bundan tashqari, bolalarda aniq ma’no va umumlashtirish darajasiga ega bo‘lmagan so‘zlar to‘planadi. Shuningdek, so‘z va uni nimani anglatishi haqidagi tasavvurlarning nomutanosibligi ham kuzatiladi. Bularning hammasi to‘liq korreksion ish olib borishga to‘sqinlik qiladi.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan logopedik mashg‘ulotlarning zarurligi va muhimligi ko‘rish nuqsonida nutqning kompensaor ahamiyati bilan ham tushuntiriladi.Sensor sohaning chegaralanganligida nutqning kopmpensatorlik faoliyati bolalarning psixik rivojlanishidagi bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiluvchi hissiy anglash vositasi bo‘lib qoladi.
Bu toifa bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar nutq asosiga quriladi- predmet va hodisalarning belgi va xususiyatlari to‘ldiriladi, tushuntiriladi., tushunchalarning mazmuni aniqlashtiriladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘rish buzilishlarida ko‘pincha ko‘rish analizatorining patologiyasi bilan bog‘liq, shuningdek turli omillar sabab bo‘ladigan, birlimchi xarakterdagi nutq nuqsonlari ham kuzatiladi-tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar, rinolalaiya, dizartriya, duduqlanish va boshqalar ( M.V.Xvatsev, S. L. Shapiro, S.V.Yaxonova va boshq.). Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning kattagina qismida tizmili nutq buzilishlari kuzatilib, bunda nutqning barcha komponentlari: fonetika, fonematik eshituv, leksika, grammatik qurilish buzilgan bo‘ladi ( L.S.Volkova, L.S. Korobko, R.YE. Levina, V.K. Orfinskaya va boshq.). Shuning uchun bu toifa bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish nutq tizimini to‘liq takomillashtirishga qaratiladi: fonematik eshitish rivojlantiriladi, tovushlar talaffuzi tuzatiladi,nutqning leksik – grammatik tomoni shakllantiriladi, bog‘langan nutqga o‘rgatiladi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan logopedik mashg‘ulotlar nuqson tuzilishini hisobga olib, saqlangan analizatorlarga va polisensor asosni yaratishga tayangan holda tashkil etiladi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolaning nutqni egallashga qaratilgan sensor bazasini ko‘rib chiqayotib, nutqning fonetik elementlarini shakllantirishda, tilni to‘liq egallashi uchun , unda qaysi analizatorlar imkoniyati katta ekanligini aniqlab olish zarur- eshituv, teri- taktil, harakat, qisman ko‘rish.
Ko‘rish nuqsonlarida o‘qitishda katta og‘irlik saqlangan eshituv analizatoriga tushadi, shu bilan birga, bunda bu yukning og‘irligi darajasi ko‘p tomondan ko‘rishni yo‘qotilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Zaif ko‘ruvchilar uchun bu og‘irlik eshitish va qoldik kurishga taqsimlanadi, shu bilan bir vaqtda ko‘rlikda asosiy og‘irlik eshituv analizatoriga tushadi. Uning yordamida bola nutqning fonetik elementlarini – fonemalarni, urg‘uni, ritm-ohang tuzilishini idrok eta oladi. Eshitish o‘z nutqidagi tovushlarni nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eshitish imkoniyatini to‘liq baholashda fiziologik eshitishning bir qismi bo‘lgan, so‘z va va ularning ma’nosini tushunishini ta’minlaydigan fonematik eshitishning shakllanganligi va faoliyatiga katta ahamiyat berish zarur, fonematik eshitish yordamida so‘zning tarkibidagi tovushlarni anglash va ajratish operatsiyalari amalga oshiriladi. Shuning uchun fonematik eshitishni buzilishi nutqning tovush tomonini o‘zlashtirishga tusqinlik qiladi, bu ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Korreksion –logopedik ish fonematik eshituv, tovushlarni analiz va sintez qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishni , tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarnin bartaraf etishni ko‘zda tutishi kerak.
Ishni nonutqiy tovushlarni rivojlantirish bo‘yicha mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq,bu mashqlarni bajarishda bolalarda eshituv diqqati ham, eshitish xotirasi ham rivojlanadi. Masalan, ular turli hil musiqa asboblarining tovushlari bilan tanishtiriladi ( qo‘ng‘iroqcha, surnay, chiqildoqlar), keyin ularni ovozidan topish va nomlash taklif etiladi. Bu o‘yinni boshqa turli ovozli o‘yinchoqlar bilan boyitish mumkin.
Nonutqiy tovushlar bilan mashqlar bolalarda ovoz kuchini aniqlashni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan , bolalar ikkita qo‘ng‘iroqcha bilan birga o‘ynaydilar, ulardan biri kichkina, ikkinchisi katta. Ular har birining ovoz kuchini aniqlashga o‘rganishadi.
Tovush xarakterini aniqlash uchun ( zarbli, davomli) tovush chiqarishiga ko‘ra qarama-qarshi asboblar tanlanadi, masalan, shiqildoq va lab garmoshkasi, baraban va surnay va hakozo.
Nutqiy tovushlar ustida ishlashni tovushlarni tushunishga yordam beradigan obrazli kontekstli mashqlardan boshlash mumkin. Maslan, logoped boladan so‘raydi: shamol qanday ovoz chiqaradi ( sh-sh-sh); bo‘ri qanday uvillaydi ( u-u-u); sher qanday irillaydi (r-r-r) va boshqalar.
Bolalar asta –sekin nutqdagi ma’lum tovushni idrok etishga, ularni umumiy nutq oqimidan ( tovushlar qatoridan, so‘z va suz birikmalaridan) ajaratishga o‘rganadilar. Avval artikuyatsiya va akustik jihatidan bir- biridan farq qiladigan tovushlar tanlanadi. Masalan, bolalarga tovushlar [m, n, r,s,v] qattoridan [c] tovushini eshitganlarida chapak chalish taklif etiladi. Keyin [c] tovushini so‘z ( sim, kosa, avtobus,gilos) va uning so‘zdagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha mashqlar taklif etiladi( so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida).
Shu bilan bir vaqtda tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar ham olib boriladi. Bu bir nechta bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi, tayyorlov bosqichi bolalar tomonida artikulyatsiya a’zosining tuzilishi va o‘zining nutqiy apparatining ishlashi haqidagi zarur bilimlarni o‘zlashtirishni , nutqiy motorikani rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Ikkinchi bosqichda – to‘g‘ri talaffuz shakllantiriladi.
Uchinchi bosqichda – to‘g‘ri talaffuz mustahkamlanadi.
Ishni bolalarga tushunarli tilda artikulyatsiya a’zolarini fiziologik tuzilishini tushuntirishshdan boshlash kerak. Bu oqibatda bolalar turli artikulyatsiya a’zolarining so‘zli kopmonentlari bilan moslay olishlari uchun zarur – lablar, til, tish, tanglay , jag‘ va boshqalar.artikulyatsiya a’zolariningko‘rsatish logopedning va bolaning o‘zini og‘zida ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi, shuningdek, sun’iy jag‘lar, til, artikulyatsiyaning releflirasmlaridan ham foydalaniladi. Tilning maketini mustaqil ravishda oson tayyorlash mumkin: ozroq plastilin olinib, tibbiy rezina barmoq qoplagichga joylashtiriladi va natijada egiluvchan til maketi hosil bo‘ladi. Shu maket bilan tilning istalgan holatini ko‘rsatish mumkin. Artikulyatsiya a’zolarining relyefli ko‘rinishini quyidagicha tayyorlash mumkin: baxmal qog‘ozdan kerakli ko‘rinish qirqib olingan bo‘lak kartonga yelimlanadi. Bunday maketlar va relyefli ko‘rgazmalar orqali artikulyatsiya a’zolarining har qanday holatini ko‘rsatish mumkin.Keyinchalik ular artikulyatsion mashqlar bajarishda,tovushlar kiritishda va tovushlarni tuzatishda yordam beradi.
Nutqiy motorikani rivojlantirish uchun bolalar bilan artikulyatsion gimnastika o‘tkaziladi.Uni sifatli bajarilishi uchun teri, harakat analizatorlari jalb etilib,bola shular yordamida harakatlarni, ularning bosimini sezishga va tushunishga qodir bo‘ladi. Har bir mashq nutqiy tafsilotlar bilan berilib, ular faqat bolalarning harakatlarini yo‘naltirishi kerak. Agar ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolada dizartriya kuzatilsa, unda logopedik amaliyotda mashhur yuz muskullari, lab,til massajlari taklif etiladi ( A.G. Ippolitova, YE.M. Mastyukova, G.V. Chirkina.).
Nutqiy nafas buzilgan holatlarda , uni meyorga keltirish uchun turli xil mashqlar kiritiladi.chiqayotgan havo oqimi bolaning kafti bilan nazorat qilinadi. U avval logopedning , keyin o‘zining og‘ziga tutiladi.
Logoppedik ishning ikkinchi bosqichida tovushlar nutqga kiritiladi yoki tuzatiladi. U yoki bu tovushning to‘g‘ri talaffuzidagi artikulyatsiya a’zolarining holatini tushuntirishni bola og‘zaki tarzda oladi. Masalan, unga aytiladi ( va maket yokitasvirda ko‘rsatiladi), [c] tovushini talaffuz qilish uchun, lablar kulgu holatiga keltiriladi, til uchini pastki tishlar orqasida ushlash va til o‘rtasiga puflash kerak. Agar talab etilayotgan talaffuzga erishilmasa, logoped qo‘llari bilan artikulyatsiya a’zolarini kerakli holatga keltirib qo‘yadi.Bunda shpatellar, logopedik zondlardan ham foydalansa bo‘ladi.
Keyingi, uchinchi bosqichda nutqga kiritilgan tovush bo‘g‘inlarda, so‘zlarda, iboralarda, maxsus tanlangan leksik materiallar yordamida mustahkamlanadi. Bu kichik she’rlar, so‘z birikmalari maqollar bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri talaffuzni avtomatlashtirish bolalar bilan mashg‘ulotlar jarayonida hamkorlikdagi va aksli nutqda amalga oshiriladi. Ular tomonidan berilgan tovushga mustaqil so‘z aytishda o‘yin sharoitini tashkil etish , relyefli rasmlar yoki predmetlardan foydalanish mumkin. Relyefli rasmlar turli usullarda tayyorlanadi. Masalan, kortonga rasm chegralari bo‘ylab qalin ip yopishtirib chiqiladi, bu paypaslaganda oson sezilishi kerak; shuningdek, o‘tkir uchli predmet bilan tasvir chegaralarini teshib chiqiladi, bu esa orqa tomonidan aniq seziladi.
Tovushlarni farqlash bo‘yicha ishlar fonematk analiz va sintezni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqlikda olib boriladi.Har bir tovush ustida ishlangandan va artikulyatsiya holati aniqlangandan keyin alohida tovushlar farqlanadi, bunda ular akustik xarakteristikasiga ko‘ra qiyoslanadi.
Bolalarga artikulyatsiya a’zolarinig holatiga ko‘ra tovushlarni farqlash ko‘rsatiladi, maslan, [c] tovushini talaffuzida- til uchi pastda, [sh] tovushining talaffuzida esa yuqorida bo‘ladi.Tovushlarni so‘zlarda farqlashda ularning ma’no o‘zgartirishiga ham alohida e’tibor qaratiladi, masalan: sim – bu metall, shim- bu kiyim.
Nutqdagi tovushlarni farqlash bo‘yicha ishlarda quyidagi mashqlar taklif etiladi:
nomida farqlanayotgan tovushlar ishtirok etgan relyefli rasmlarni tanlash va yig‘ish:
qarama-qarshi tovushlarni eshitganda kichik predmetlarni ko‘tarishni taklif etish, masalan, s tovushini eshitganda bayroqchani, sh tovushini eshitganda koptokchani;
matndan farqlanayotgan tovushlar ishtirok etgan so‘zlarni ajratish;
berilgan tovushlarga mos so‘zlar topish va hakozo.
Logopedik mashg‘ulotlarda lug‘at boyligini aniqlash, faollashtirish va boyitishga katta e’tibor qaratiladi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni atrofni sensor idrok etishidagi kamchiliklarini hisobga olgan holda , so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosini eslab qolishga, ularni predmetlarga moslashga, atrof-olam haqida chuqur tasavvurlar va bilimlar berishga katta e’tibor qaratiladi.
So‘zning ma’nosini aniqlashtirish uchun predmetlarning belgilari va funksiyalari sezib idrok etish tayanchi orqali taqqoslanadi. Masalan, choynak va qantdon tashqi ko‘rinishi jihatidan juda o‘xshash ( har ikklasining ham qopqog‘i, tutqichi, bor, odatda ular dumaloq shaklda bo‘ladi), ammo ,farqlari ham bor: choynakning choy quyadigan jumragi bor, qantdonda esa yo‘q, kantdonga qant va shakar solinadi va uni qoshiq bilan olish mumkin.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini oshirish va so‘z ma’nosini aniqlashtirish bo‘yicha quyidagicha mashqlarni taklif etish mumkin:
quyidagi juft so‘zlar nimasi bilan farq qiladi, masalan: olma-nok, stul -kreslo, kofta - ko‘ylak;
berilgan so‘zlar ichidan mebellarni anglatuvchi so‘zlarni ajrat va ayt: mashina, stol, magazin, kravat, uy, stul, savat va hakozo;
predmetlarni uning qismlariga ko‘ra top va nomla: novda, barg, tanasi ( daraxt);oyna, rom, tokcha ( deraza);
berilgan predmet (obyekt)ning qismlarini ayt: uy ( tom, zina,xonalar, devor), qush (tanasi, dumi, tumshug‘i, qanotlari, patlari..).
So‘z ma’nolarini chuqur tushunishga yana so‘z birikmalarini sinonim va antonim tomonidan qiyoslash orqali ham erishiladi. Masalan, sho‘rva- issiq, kompot- sovuq, daryo –keng, ariqlar- tor va hakozo.
Lug‘atni boyitishda turli usullar bilan so‘z yasash va so‘z o‘zgartirish ishlari ham qo‘lllaniladi. Bolalar so‘z ma’nosini farqlovchi turli xil morfologik elementlarni (o‘zak va qo‘shimchalar) farqlashga o‘rganishadi. Masalan, bir o‘zakli so‘zlarni tanlash: ish,ishchi, ishla, ishsiz, ..; kichraytirish ,erkalash qo‘shimchalari qo‘shish orqali yangi so‘zlar yasash: stul- stulcha, kuchuk- kuchukcha….
Nutqning grammatik qurilishini rivojlantirish uchun turli xil qurilgan so‘z birikmalari va gaplarda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanishini o‘zlashtirishga qaratilgan amaliy mashqlar bajariladi. Bolalar grammatik kategoriyalar bilan tanishtiriladi,so‘zlarni grammatik belgilariga ko‘ra birlik va ko‘plikda ifodalashga , kelishik qo‘shimchalariga ko‘ra otlarni turlashga ; shaxs-son qo‘shimchalariga ko‘ra tuslashga; otlarni fe’l va sifatga moslashga o‘rganadilar va hakozo. Masalan, quyidagicha topshiriqlar beriladi:
bajarilayotgan harakatlarni nomla:qo‘g‘irchoq uxlayapti, o‘tiribti.ovqatlanyapti va hakozo;
berilgan so‘zlarni ko‘plikda nomla: stol-stollar, ruchka- ruchkalar, sumka - sumkalar, va hakozo;
so‘z birikmalariga qo‘shimchalar qo‘shish: echki(ni) suti, olma(li) sharbat va hakozo;
gaplarni to‘ldirish: Nonni..... kesadilar(nima bilan?- pichoq bilan). Yerni kovlaydilar( nima bilan?- belkurak bilan).Dadam… uycha qurdi (nimaga?-itga).
Berilgan so‘zlar asosida gaplar tuzish :qizcha,o‘qiyapti, kitob; gul, o‘sadi, bog‘da.
Korreksion-logopedik mashg‘ulotlarda bolalarning og‘zaki bog‘langan nutqini rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.bunday holatlarda mashqlar monologik nutqni takomillashtirishga, alohida so‘z birikmalarini bog‘langan ma’lumot sifatida ifodalash malakalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Masalan;
- savollar, reja, relyefli seriyali rasmlar asosida hikoya tuzish;
- matnni qismlarga ajratish;
- eshitganlarini yoki o‘qigan matnini qayta so‘zlab berish.
Bog‘langan nutqni rivojlantirish bo‘yicha ishlaganda bolalar diqqati doimo so‘zlarning intonatsion ohangdorligiga, mantiqiy urg‘uga qaratiladi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ko‘pchiligida , ularda muloqot ko‘nikmalarining yetarli emasligi sababli ijtimoiylashuvida sezilarli qiyinchiliklar kuzatiladi. Ular mustaqil ravishda tilning ifoda vositalaridan foydalanishni egallay olmadilar. Suhbatdoshining mimik va pantomimik ifodalarini to‘liq idrok eta olmasligi ko‘pincha uning haqiqiy holati va tavsifini to‘g‘ri idrok eta olmaslikka olib keladi, bu to‘g‘ri nutqiy hissiy bo‘yoqdorlikni shakllanishida qiyinchiliklarga olib keladi.( Badayev A.A., 1982; Yegorova LV., 1982;Labunskaya V.A., 1987 va boshq.). “ Bu shaxslararo muloqotdagi kamchiliklar- ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni sensitiv davrda , ular o‘zlari mustaqil ravishda muloqot ko‘nikmalarini egallay olmasliklari bois, nutqiy va nonutqiy muloqotga maxsus o‘rgatish lozimligini ko‘rsatadi” 2.
Logopedik mashg‘ulotlarda bolalar o‘yin shaklida muloqotning noverbal vositalaridan foydalanishni o‘rganadilar. Avvaliga ularga hissiy holatlar bilan tanishish taklif etiladi, asosiy hissiy holatlar – jahl, xursandchilik, arazlash, qo‘rquv holatlar ustida ishlanadi . Bu o‘qilganlar asosida suhbatlashayotganda, harakatli o‘yinlar jarayonida, matnlarni o‘qiyotganda qahramonlarning hissiy holatini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan bir vaqtda bolalarga kuyidagi tushunchalar mazmuni tushuntiriladi: “ egilish”, “ ta’zim qilish”,” gavdani o‘girish”, “ boshni egish”, “ qo‘llarning holatlari”; muloqotdagi meyoriy turli yoqimli imo-ishoralar bilan tanishtiriladi. Maxsus yaratilgan sharoitlar orqali ifodaviy harakatlar shakllantiriladi. Hissiy holatlarni shakllantirishning eng samarador usuli- keyinchalik sahnalashtiriladigan ertaklarni o‘qishdir.
Korreksion ta’limdan keyin, bolalarni nutqiy faoliyatda noverbal muloqot elementlaridan to‘g‘ri foydalana olishlari va ularni tabiiy muloqot jarayonida to‘g‘ri qo‘llay olishlari juda muhim.
Logopedik mashg‘ulotlarga muloqotning noverbal ifodalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni kiritilishi muloqotni faollashtirishga, nutqning ma’noviy tomonini yaxshi tushunishga olib keladi, ijtimoiylashish imkoniyatini rivojlantiradi va kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |