Komplekslilik tamoyili mutaxassislar –shifokorlar, logopedlar, psixologlar (ularning muxokamasiga ko‘ra )ma’lumotini to‘plash va taxlil qilishni ko‘zda tutadi.
Yosh chegaralarni hisobga olish talabi ,o‘z oldiga bolalarning yoshiga ko‘ra tashxis qilish , keyin o‘qitishni maqsad qilib qo‘yadi.Maxsus muassasalarga bolalar turli xil yoshda kelishadi (3yoshdan 5 yoshgacha) shuning uchun, tekshirish topshiriqlarini xar bir bolaning yosh imkoniyatlariga ko‘ra ishlab chiqish kerak, bunda unga aynan shu yoshida bajara oladigan topshiriqlardan boshlash taklif etiladi.
Bolaning nutqiy imkoniyatlarini har tomonlama o‘rganish tamoyili– bu logopedik tekshiruvda: artikulyatsion apparatning qurilishi va harakatchanlik darajasi umumiy va mayda motorika, oral praksis , fonematik va sintez ko‘nikmalar, shuningdek, tovushlar talaffuzi nutqning leksik –grammatik tomonlari va boshqa muhim xususiyatlarini birma –bir o‘rganish degani.
Tekshirish turli xil usullar va metodlarning yig‘indisi asosida , har bir alohida vaziyatga mos ravishda o‘tkazilishi kerak.Uning muvoffaqiyatini belgilovchi muhim shart, ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tanlash , ba’zan esa taklif etilayotgan vazifalarni to‘g‘ri tushuntirish usullari hisoblanadi.Ular ko‘rgazmali og‘zaki bo‘lishi mumkin , ko‘rsatishda logoped bilan hamkorlikda bajarishda asta sekin mustaqil bajarishga o‘tishi mumkin. Bola undan nima talab qilinayotganligi, oldida qanday vazifa turganligini tushunishi kerak.
Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlashda tekshirishning standart usullaridan foydalanmaslik kerak.Saqlangan va buzilgan funksiyalar, va bolalrning nutqiy imkoniyatlariga bog‘liq ravishda verbal va noverbal topshiriqlar taklif etiladi. Ba’zi bolalar uchun tanlangan topshiriqlarning ko‘pchiligi noberbal bo‘lishi lozim bo‘lsa, boshqalariga esa, ham verbal , ham noverbal topshiriqlarni afzal ko‘rishadi.
Topshiriqlarni bajarish tezligini, bola faoliyatining to‘g‘riligi va aniqligini qayd etish va qiyoslash muhim ahamiyatga ega.Tekshirish davomi ko‘pgina ahamiyatli holatlar: bolalarda topshiriqqa qiziqish uyg‘ondimi yoki yo‘qmi, ularning diqqati, charchash darajasi, muvoffaqiyatsizlikka munosabati qay darajada ekanligi va boshqalar aniqlandi.
Nutq o‘zida murakkab fiziologik, psixologik, fikrlash jarayonini aks ettirib, unda elementar daraja kabi (sensomotor, gnostik-amaliy), uning yuqori tashkil etilgan darajasi ham qo‘shilib keladi ( ma’noviy, til xususiyatlari). Shunga bog‘liq ravishda nutq va uning buzilishi, shuningdek, uni tuzatishga qaratilgan korreksion ish ham turli tomonlardan ko‘rib chiqiladi – tibbiy, psixologik, lingvistik, psixolingvistik.
Harakat sohalaridagi buzilishlar , qo‘pol sensor va ba’zi hollardagi aqliy yetishmovchilik nutqning barcha kopmonentlarini rivojlanmasligiga olib keladi. Rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bo‘lgan bolalardagi nutqiy nuqsonlar o‘ziga xos holatlarga ega bo‘lib ( artikulyatsiyasi va akustikasiga ko‘ra o‘xshash tovushlarni farqlashdagi, tallaffuzni o‘z nazoratiga olishni o‘zlashtirishda, nutqning grammatik qurilishini o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar.), korreksion ta’sirning differensial metodlarini talab etadi.Turli nuqsonlari qo‘shilib kelgan bolalar nutq buzilishlarini o‘rganishda nafaqat barcha nutqiy faoliyat komponentlarini, balki, keyinchalik kompleks logopedik ta’sir asosida yotuvchi nonutqiy funksiyalar holati ham tahlil qilinadi va qayd etiladi. Bu toifa bolalar bilan ishlashning o‘ziga xosligi shundaki, nutq nuqsonlarini korreksiyalash va uni kuchaytiruvchi ko‘pgina omillar qo‘shimcha buzilishlar xarakterini- ko‘rish, eshitish holati, harakat imkoniyatlari va idrok xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Logopedik mashg‘ulot- bu qator o‘zaro tasir etuvchi , qisimlarni birlashtiruvchi butun bir pedagogik usullar tizimidir.Bu mashg‘ulotlar korreksion ta’limning asosiy shakli hisoblanib bu jarayonda nutqning barcha komponentlarini ketma –ket va o‘zaro aloqada rivojlantirish amalga oshiriladi.Yetakchi tashkiliy shakllar –yakka va frontal mashg‘ulotlardir . Rivojlanishida murakkab nuqsonga ega bo‘lgan bolalar uchun yakka ish shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Yakka logopedik mashg‘ulotlarni muvoffaqiyati uchun ularini to‘g‘ri tashkil etish va maxsus buzilishlar haqida aniq bilimlar zarur bo‘ladi.U yoki bu buzilishni bartaraf etish vaqti, shuningdek uni bartaraf etish ketma –ketligini aniqlashtrish, tekshirish davomida belgilangan nuqsonning namoyon bo‘lishi xolatiga bog‘liq.
Barcha ishlarini to‘g‘ri rejalashtirish katta ahamiyatga ega.Uning har bir bosqichi chuqur o‘ylangan aniq maqsadlar va yakuniy natijalar belgilanishi kerak.Mashg‘ulotni rejalashtirish jarayoni maqsadni aniqlashdan boshlanadi.Bunda ta’limiy faoliyat va bolalarning bilish faolligini rivojlantirilishga beriladigan urg‘u aniq shakllantirilishi kerak.Mashg‘ulotning tuzilishi metod va usullarni tanlanishi, lug‘at ishi uning mavzusi va maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda logoped har doim bolalar nimani o‘zlashtirishdi va nimani ustida ishlarni davom ettirish zarurligini belgilovchi kuzatuvchi , taxlilar olib borishi kerak.Logopedik ish dasturi quyidagi holatlarni hisobga olgan holda, uning uchun natijaviylik holatlarini hisobga olgan holda qurilishi mumkin.
Bu ishda nutqninig komunikativ funksiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.Nutqiy muloqatning jadallashuvi keng nutqiy amaliyotni paydo bo‘lishiga olib keladi.Muloqatga kirishishga yo‘naltiruvchi bo‘lib bolalar talaffuzi uchun qulay va ular muloqati uchun dolzarb bo‘lgan materialni to‘g‘ri tanlanishi xizmat qiladi. Shuningdek , qulay sharoit yaratish, bevosita muloqot o‘rnatishga yo‘naltirilgan turli xil faoliyat turlaridan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Bolalarni qayta ishlangan nutqiy opperatsiyalarini o‘xshash yoki yangi sharoitlarda qo‘llashga egallangan ko‘nikmalarni turli faoliyat turlarida ijodiy amalga oshirishga o‘rgatish kerak.
Bolalarning nutqiy rivojlanishining pasligi va materialni o‘zlashtirish sekinligi tempi bilan bog‘liq ravishda taklif etilayotgan material xajmini to‘g‘ri belgilash , har bir mashg‘ulotning mazmuniga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bu toifa bolalar bilan ishlashning o‘ziga xosligi mujassam nuqson komponentlarining tuzilishlariga bog‘liq bo‘lib , bu turli xil nutqiy (dizartiriya, rinolaliya va boshqalar) buzilishlarda ,analizator tizimining buzilishlarida (ko‘rish ,eshitish, tayonch- harakt apparati) yoki intelektual buzilishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, kar yoki ko‘r dizartriya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar bilan logopedik ishlashda logopedik massajni kiritish , artikulyatsion mashqlarni faol olib borish zarur va hakozo.
Bu toifa bolalarning ko‘pchiligida analiz- sintez faoliyatini rivojlanish xususiyati oliy psixik funksiyalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.Har bir mashg‘ulot davomida korreksion vazifalar u yoki bu psixik funksiyalarga urg‘u beradi –xotira, diqqat, idrok, taffakur.
Logopedik mashg‘ulotlarni rejlashtirishda nutqiy faoliyatni shakllantirishda ancha samarali ishtirok etadigan turli xil saqlangan analizatorlar faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni kiritish zarurati ko‘zda tutiladi.
Bunday mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishning muhim sharti ish usullari mazmunini o‘zaro aloqada takrorlash tizimi hisoblanadi.Takrorlashlar mexanik emas, balki ongli bo‘lishi kerak, mashg‘ulotlar turini o‘zgartirish orqali bolalarga qiziqarli va yangi elementlarga erishadi.Materialni mustahkamlash uchun takrorlash tizimiga maxsus yaratilgan yoki o‘z –o‘zidan paydo bo‘luvchi sharoitlar kiritiladi.
Logopedik mashg‘ulotlarda turli xil metodlar qo‘llaniladi:amaliy, ko‘rgazmali va og‘zaki.Ularni tanlash va qo‘llash xususiyatlari nutqiy va qo‘shimcha nuqsonlar ,logopedik ta’sir mazmuni, maqsadi, vazifalari ish bosqichi, bolaning individual –psixologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda belgilanadi.Masalan, ko‘r bolada dizartriya ko‘rinishidagi nuqsonni bartaraf etishda amaliy va og‘zaki metodlarga tayanish maqsadga muvofiq.
Bolalarni o‘qitish metod va usullarini birlashtirish va tanlash mezoni faoliyat turlarini almashtirish hisoblanadi : rasmlarni nomlash, hamkorlikda va aksli gapirish, berilgani tovushga mos so‘z topish ,eshitish va boshqalar.Mashg‘ulotni rejalashtirish kerakki, bolalarda turli analizatorlarning hammasi bevosita ishtirok etsin –eshituv, ko‘ruv, nutq harakat, taktil va hakozo.
Bu toifa bolalarni o‘ziga xos xusuiyatlariga bog‘liq ravishda o‘quv jarayoni tashkil etishni muhim shartlaridan biri logopedik mashg‘ulotlarni didaktik materiallar bilan yoritish hisoblanadi.Bunda nutq va tayanch –harakat apparatida nuq bola faoliyatining to‘g‘riligi va aniqligini sonlarga ega bo‘lgan bolalar uchun yetarlicha katta , yorqin , aniq, taktil yuza bilan tasvirlangan bo‘lishi kerak.Agar bolalarda nutqiy buzilish ko‘rish nuqsonlari bilan birga qo‘shilib kelsa ,bunda asosiy talab rasmli materiallarga beriladi : tasvir yorqin , chegaralari aniq tasvirlangan bo‘lishi kerak.
Maxsus adabiyotlarda turli xil nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalarga korreksion –logopedik ta’sir etish bo‘yicha ishlar va metodik tavsiyalar keng yoritilgan (L.S. Volkova, M.I.Ippolitova, R.I.Lalayeva,N.N.Malofeyev, YE.M.Mostikova ).Birlamchi xarakterdagi nutq buzilishlariga ega , eshitishida nuqsonga ega bo‘lgan bolalarga nisbatan, ularning muammolari bilan bog‘liq ilmiy izlanishlarining kamligini tan olish kerak. Kar bolalardagi nutqiy nuqsonni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ba’zi logopedik ish usullarini ko‘rib chiqishni taklif etamiz.
Eshitish buzilishida bola og‘zaki nutqni spontan ravishda egallashga qodir emas, chunki, u atrofdagi odamlar nutqini idrok etishdan mahrum, oqibatda bolaning nutqi rivojlanmaydi.
L.S.Vigotskiyning nuqsonli rivojlanishning murakkab tuzilishi haqdagi nazariyasiga tayangan holda kar yoki zaif ko‘ruvchi boladagi nutq buzilishi , rivojlanishdagi ikkilamchi nuqson sifatida qaralib, u eshitish buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi.Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy faoliyat, uning paydo bo‘lishi, ko‘pgina defektologlarning tadqiqotlarini predmeti bo‘lgan (R.M Boskis, A.G.Zikeyev, S.A.Zikov, K.V.Komarov, I.G.Korovin va boshqalar). Eshitishida nuqsoni ega bo‘lgan bolalarni o‘qitishdagi muhim va ancha murakkab vazifalardan biri, og‘zaki nutqni shakllantirish hisoblanadi, bu kommunikatsiya va ijtimoiy reabilatsiya muammolarni hal etishda ham muhim ahamiyatga ega.Og‘zaki nutqni shakllanishi bolalar tomonidan zarur nutqiy materialni o‘zlashtirilishi, uni idrok etish va og‘zaki shaklda zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda aks ettirilishidir. Hozirigi kunda talaffuzga o‘rgatish analitik-sintetik , polisensor ,konsentrik metodlar asosida amalga oshiriladi (Rau.F.F. , Slezina N.F ., 1981)
Amaliyotning ko‘rsatishicha, eshitishida nuqsoni ega bo‘lgan bolalar kontinigenti o‘z tarkibiga ko‘ra xilma- xildir.Nutqiy buzilishlarga ega bo‘lish ta’lim –tarbiya jarayonini tashkil etishni murakkablashtiradi , bola shaxsini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’limda differensial yondashuv muammosiga alohida e’tibor qaratish uchun asos bo‘ladi. Bundan tashqari eshitishida nuqsoni ega bo‘lgan bolalarda nutqiy buzilishlarni sezilarli darajada xilma- xilligi kuzatiladi.Nuqsonlar ichida dizartriya, rinolaliya, organik dislaliya, organik xarakterdagi ovoz buzilishlari katta o‘rin egallaydi.Aniqlangan har bir nutqiy nuqson o‘zining simptomatikasiga va paydo bo‘lish dinamikasiga ega.
Amaliyotda mavjud og‘zaki nutqni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar tizimi murakkab nuqson tuzilishini hisobga olmasdan quriladi va bu kam samara beradi. Bevosita eshituv funksiyalari holatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish integrallashgan holda amalga oshiriladi.Bu logopediyada ishlab chiqilgan va qabul qilingan metodlarni eshitmaydigan bolalar rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda qo‘llanilishi kerak,- degani.
Bu toifa bolalarni o‘qitish malakalarini umumlashtirib, biz bu bolalardagi turli nutq buzulishlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan logopedik ishlarni tashkil etish va olib borish bo‘yicha ba’zi metodik tavsiyalarni keltirishga harakat qildik.
Mujjasam nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan korreksion –logopedik ish murakkab nuqson tuzilishini hisobga olgan holda quriladi ,bunda eshitish buzilishlari va birlamchi xarakterdagi nutqiy nuqsonlarni qo‘shilib kelishi alohida o‘rin egallaydi, ularning xar biri ma’lum darajada bir- biriga ta’sir ko‘rsatadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola suyanadigan sensor bazani hisobga olgan holda, har bir analizator imkoniyatlarini hisobga olish kerak: ko‘rish, teri, harakat va eshituv qoldig‘i.
Bola nutq apparatlari harakatlarini idrok eta oladigan ko‘ruv analizatorining roli beqiyosdir. Lablar, pastki jag‘, alohida hollarda til harakatlari yaxshi ko‘rinadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni logoped nutqni maxsus usul bilan idrok etishi- labdan o‘qish hisoblanadi. Bu meyorda eshitadigan bolalar uchun ham begona emas, ba’zi hollarda, nutqni eshitish idrok qiyinlashganda, ular ham nutqni shunday idrok etishlari mumkin. Eshitish buzilganda labdan o‘qish sezilarli darajada ortadi. Eshitish analizatori turg‘un buzilgan bolalar bilan logopedik iishda aynan shu hisobga olinadii. Ular labdan o‘qishga tayanib, logopedning lab harakatlariga taqlid qilib tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar ayta oladi, shuningdek, bajariladigan topshiriqlar ko‘rsatmalarini tushunishlari mumkin.Urg‘u, inonatsiya kabi fonetik elementlar ko‘rish yordamida yomon idrok etiladi,intonatsiyaning melodik komponenti umuman idrok etilmaydi. Shuni hisobga olgan holda, biz turli xil tushuntirishlar uchun yozuvli tablichkalar, chizilgan sxemalar, shuningdek, kar bolalar uchun tushunish qiyin bo‘lgan nutqiy tovush elementlarini idrok etish imkoniyati chegarasini kengaytiradigan vizual asboblardan foydalanamiz.Og‘zaki nutq ustida ishlashda quyidagi asboblardan: I-2M, vibroskoplar, “Ko‘rinadigan nutq” kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Ular yordamida ovozli nutq optik signallarga aylanadi, bu bolalarning fonema haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
Topshiriqlarni bajarishni to‘g‘ri tushunishi uchun tablichkali ko‘rsatmalardan foydalaniladi, buni har bir logoped o‘zi tayyorlashi mumkin, masalan , quyidagicha yozuvlar bilan (7-rasm):
Til tepaga
|
Til pastga
|
Kuchliroq pufla
|
Baland gapir
|
Sekin gapir
|
Pichirlab gapir
|
7-rasm .Bajariladigan harakatlar uchun yozma tablichkalari ko‘rsatmalar.
U yoki bu tovush uchun artikulyatsiya organlarining holatini aniqlay turib, logoped artikulyatsiya holatlari sxemasini ko‘rsatadi . U artikulyatsion organlar holatini to‘g‘ri talaffuz holati bilan qiyoslashni taklif etishi mumkin, noto‘g‘ri talaffuzni tushuntirish va korreksiyasi uchun tovush noto‘g‘ri talaffuz qilingan holatni ko‘rsatadi.
Nutqiy kamchiliklar oyna oldida taqlid asosida tuzatilishga erishmagan holatlarda , artikulyatsiya holatini barmoqlar va qo‘l harakatlari bilan imo- ishora orqali ko‘rsatish mumkin. Ba’zi bolalar bu usulni yaxshi qabul qilishadi , va shunga ko‘ra tovushlar talaffuzi xususiyatlarini oson tushunishadi.
Eshitishida nuqsonga ega bo‘lgan bolalarning ko‘ruv imkoniyatlarini hisobga olgan holada korreksion ishda grafik usullardan ham foydalanish mumkin.Masalan, bola undoshlarni jaranglatib yoki jarangsizlantirib , ularga unli tovushlar qo‘shib gapiradi . Tablichkada bu nuqsonni bola qayerda hato qilayotganligini ko‘rsatib, u yoki bu so‘zni qanday talaffuz qilish kerakligini aks ettirishi mumkin. 8-rasm.
Maktap (b)
|
|
Toq (g‘)
|
Esh (ch)ki
|
Bobo (p)o(p)o
|
Ol(i)ma
|
Sabzi (SH)abi(sh)i
|
Xar bir analizator yordamida nutqning u yoki bu fonetik elementlarini aks ettiruvchi qator hodisalarni idrok etilishini ta’minlash mumkin. Masalan, jarangli va jarangsiz tovushlarni talaffuzini tushuntirishda qo‘lni o‘zining bo‘g‘iziga yoki logopedning bo‘g‘iziga qo‘yish yo‘li bilan o‘z o‘zini nazorat usulidan foydalaniladi, bunda un paychalarining tebranishini sezish mumkin. Bu usul orqali bola tovushlar o‘rtasidagi farqlarni tushunishi mumkin. Teri sezgirligi yordamida u yoki bu tovushda ishtirok etadigan chiqarilayotgan xavo oqimi xarakteri idrok etiladi: tekis , tebranuvchan, shuningdek, uning xarorat xususiyatlari –sovuq , issiq .Taktil idrokga ko‘ra, bola alohida tovushlarni talaffuz qilishda ko‘ruv analizatori orqali ilg‘ab bo‘lmaydigan nutqiy organlarning ishi haqidagi ma’lumotlarni oladi. Rivojlanishida mujjasam nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni o‘qitish jarayonida talaffuz ko‘nikmalari samaradorligini oshirish uchun chet elda ko‘r- kar, aqli zaif, kar bolalar va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan keng qo‘llaniladigan “Tadoma ”metodini qo‘llash mumkin(Tadoma method , 1977,) (AQSH , Gallandiya) 1
Bu metodga ko‘ra, talaffuz ko‘nikmalarini o‘zlashtirish imkoniyatini ta’minlovchi va o‘zining talaffuzini nazorat qiluvchi saqlangan sensor kanallarni bir vaqtda ishga tushurish chegaralari kengaytiriladi.
“Tadoma” metodi bola va logopedninng bevosita muloqatida samaralidir. Logoped tomonidan tovush talaffuzi vaqtida bola qo‘lini logopedning nutq apparatiga belgilangan vaziyatda qo‘yadi. Katta barmoq lablar bilan yengil birikadi, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar yuzga qo‘yiladi, nomsiz va jimjimaloq birikkan holda bo‘g‘izga orqa tarafi bilan qo‘yiladi.Shu tariqa bolada teri sezgirligi orqali qator artikulyatsion hodisalarni idrok etish ta’minlanadi : lab harakatlari, chiqarilayotgan havo oqimi, bo‘g‘izdagi va yuzdagi tebranishlar(burunli tovushlarni talaffuzida).Bundan tashqari, bu metod yordamida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga xos burunli ottenkani aniqlash va o‘z vaqtida uni bartaraf etish mumkin.
Tovushlar talaffuzida birga keladigan kinestetik opperatsiyalarni anglash uchun harakat analizatori muhim ahamiyatga ega . Nutq organlaridan chiqadigan kinestetik impulslar u yoki bu tovush artikulyasini o‘ziga xosligini tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Bunga xatto, logoped bola nutqiy organlarining ixtiyoriy ravishda u yoki bu holatga qo‘yganda , ular harakatini mexanik vositalar ta’sirida boshqarganda(logopedik zond, shpatel bilan) ham erishish mumkin.Asta sekin mustaxkamlangan nutqiy kinesteziyalar talaffuzni o‘zini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ko‘pchilik kar bolalar eshituv qoldig‘iga ega. Buni og‘zaki nutq ustida ishlashda hisobga olish kerak.Masalan, eshituv qoldig‘iga ega bo‘lgan bolalar uchun so‘z urg‘usi, so‘zning ritmik chegarasi , pauzalar , nutqning melodik komponenti , intonatsiya va hatto ba’zi tovushlarini idrok etish xosdir.Tovush kuchaytiruvchi apparatlardan (individual eshituv apparati) foydalanishda bunday idrok imkoniyati kengaytiriladi.
Talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha, xususan, tovushlar qo‘yish bo‘yicha logopedik ishda fonetik ritmika muhim rol o‘ynaydi.
Til –uchi , beli , yon qisimlari
|
Labalar- yuqori , pastki
|
Tishlar - oldgi, jag‘
|
Yumshoq tanglay
|
Un paychalari
|
9-rasm.Artikulyatsion organ elementlari nomi yozilgan tablichkalar.
Harakatli mashqlar tizimi, bunda ritmik harakatlar belgilangan tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar talffuzi bilan birga qo‘shilib keladi.Fonetik ritmika nafaqat nutqni shakllantirish bo‘yicha ishga organik kiritiladi, balki talffuzini korreksiyalashda ahamiyatli rol o‘ynaydi.Fonetik ritmika usullari nutq xarakat, eshituv analizatorlarini bolaning umumiy motorikasi bilan qo‘shilib kelishi asosiga quriladi.Shu tariqa nutqi va eshitishida nuqsonga ega bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning xarakterli xususiyati talab etilayotgan tovushni artikulyatsini va uning nazoratini yengillishtiruvchi turli xil analizatorlarga keng tayanish hisoblanadi.Talaffuzni korreksiyalashga kirisha turib, ishni shu zahotiyoq tovushlardan boshlamaslik kerak.Eshituv funksiyasining buzilishi yetarlicha hajmda lug‘at egallash imkoniyatini pasaytiradi, shuning uchun bolalarda ko‘pgina so‘z , iboralarni tushunishda muammolar kuzatiladi. Shunga ko‘ra, belgilangan ish turiga mos maxsus lug‘atni boyitishdan ish boshlash maqsadga muvofiq. Birinchi mashg‘ulotdayoq bolaga uning artikulyatsiya apparatinin qurilish xususiyatlarini tushuntirish, uni tashkil etuvchi organlarini ko‘rsatish va nomini aytish kerak. Tanishtirish bosqichida artikulyatsion xolatlar va nutqiy apparatning har bir elementi nomi yozilgan tablichkalardan foydalaniladi (9-rasm) .Manashu yozuvlar va tasvirlarga qarab bola mustaqil ravishda ko‘rsatilgan harakatlarni bajarishga urinishi kerak va o‘zining urinishlarini rasm va logopedning artikulyatsiyasi organlari ishi bilan qiyoslashi kerak. Bu bosqichda egallangan malaka o‘xshash artikulyatsion tovushlarni talaffuzini tavsiflash va aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega , bunda ovoz yoki til holatining o‘zgarishi farqlovchi omil xisoblanadi.Bu shuningdek, bolalarga nutq tovushlarini to‘g‘ri va ongli ifodalashga yordam beradi.Tovushlarni farqlash uchun quyidagi grafik tasvirli topshiriqlarni berish mumkin (10 - rasm).
Belgilangan tovushni to‘g‘ri yozuvni ko‘rsat va talaffuz qil.
Do'stlaringiz bilan baham: |