1-
Bob yuzasidan xulosa
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar nutqining о‗ziga xos xususiyatlari yuzasidan
pedagogik psixologik adabiyotlar taxlili nutq rivojlanmasligining kelib chiqish
ontogneziga bog‗liqliligi va nutqning rivojlantirish yо‗llarining shart-sharoitlari
xaqidagi ma‘lumotlarini adabiyotlar taxlili kо‗rsatdi. Bola nutqining rivojlanishi
nerv sistemasidagi jaroxat о‗choqlargi bog‗liqligi va ularni nutqning barcha
komponentlarini ta‘sir xususiyatlari nutq rivojlanmasligining darajalarida
kо‗rsatilgan. Nutqning rivojlanishi tafakkur rivojlanishi bilan bog‗liq bо‗lganligi
sababli , bola nutqidagi barcha nutq komponentlarining qay darajada rivojlanishiga
bog‗liqdir. Bu komponentlarni rivojlanishi bolaning nerv sistemasini о‗sishi,
ta‘lim- tarbiyaning tо‗g‗ri olib borilishi bilan bog‗liq bо‗ladi. Bolaning nutqi
tevarak- atrof va undagi kishilar mehnati о‗rtoqlari va kattalar bilan muloqot
asosida rivojlanib boradi. Har qanday nutq nuqsonlarida korreksion ishlarning olib
borilishi kabi nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar nutq faoliyatini faollashtirishda
bilish faoliyatlarini rivojlantirishning axamiyati kattadir. Chunki bilish
faoliyatlarni rivojlantirmasdan turib nutqni rivojlantirish katta qiyinchiliklarga olib
keladi. Muammoning dolzarbligi nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish
faoliyatini xolatini о‗rganish va korreksion ishlarni tо‗g‗ri olib borishdan iboratdir.
23
II BOB. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatining rivojlanish
xolatini о„rganish
2.1
.
Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar idrokining psixologik rivojlanish
mazmuni.
Psixologik nuqtai nazardan insonning bilish jarayonlariga diqqat, sezgi, idrok,
xotira, tafakkur xayol kabi jarayonlar kirib insoning bolalikdan rivojlanishi
mobaynida ushbu jarayonlar ham turli faoliyatlarda rivojlanib boradi.Bilish
jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yо‗naltirilgan
tusdaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning kо‗plab ta‘sirlari orasidan kishi
hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadair fikr yuritadi,
о‗ylaydi. Ongning bu xossasisini uning diqqat kabi xususiyati bilan о‗zaro bog‗liq
deb hisoblashadi. Diqqat bilish jarayonlaridan farqli о‗laroq, о‗zining alohida
mazmuniga ega emas, u barcha bilish jarayonlarining jо‗shqin jixatidir. Diqqat
individning hissiy aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini
taqozo etadigan tarzda ongning yо‗naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Diqqat sezgi , xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bо‗lishi mumkin.
Bog‗chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nixoyatda beqaror bо‗lishi bilan
harakterlanadi. Masalan, bolaga yangi о‗yinchoq bersangiz о‗yinchoqni juda qiziqib
kо‗ra boshlaydi, lekin ayni shu paytda yana bir boshqa о‗yinchoqni kо‗rsatilsa,
birinchi о‗yinchoqni tashlab ikkinchiga talpinadi. Bu yoshdagi bolalar diqqatining
beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda xali tormozlanish protseslarining
kuchsizligi bilan bog‗liqdir. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‗oyat beqaror
bо‗lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‗liqdir. Bog‗cha yoshidan
boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq, kichik yoshdagi bog‗cha
bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‗cha bolalarida kun
sayin paydo bо‗ladigan yangi-yangi qiziqishlar о‗yin faoliyatining xilma -xil bо‗la
borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta- sekin takomillashtirib boradi.
24
Bola xotirasining nutqning о‗sishi juda katta axamiyatga ega . Bu davrda bola narsa
va xodisalarni faqat bevosita kо‗rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning
nomlari orqali idrok qila oladigan bо‗ladi. Bundan tashqari ham ular kattalardan
sо‗rab, bilib olish, eshitish orqali ham, о‗z xotiralarini boyitadilar. Kichik yoshdagi
bolalar dastavval mexanik ravishda ya‘ni , ma‘nosiga tushunmasdan esda olib
qolaveradi. Buning о‗ziga xos jixti bor. Birinchidan bolalarda turmush tajribasi juda
oz bо‗ladi, ular kо‗p narsani xali mutlaqo bilmaydilar, lekin xayotda tо‗qnash
kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining
plastikligi, ya‘ni, juda egiluvchanligi kattalarnikidan xam ustunroq bо‗ladi. Ana shu
sababli bolalarga mexanik esda olib qolish xech qanday qiyinchilik tug‗dirmaydi.
Bolalarda ma‘nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlanana boshlaydi.
Masalan, ilk bolalik davridagi о‗zlari yoqtirgan xikoyalarning ayrim qahramonlarini
yaxshi kо‗radilar, ba‘zilarini yomon kо‗radilar. Umuman hikoyalarning mazmuni
bolalarga ta‘sir qilib ularda ma‘lum tuyg‗u- xissiyotlarni uyg‗otadi, bu esa bolalar
hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi.
Bolalar xotirasini rivojlanishida kattalarning nutqi bolalar bilan bо‗ladigan muloqati
katta rol о‗ynaydi. Xotirani rivojlanishi bog‗cha yoshidagi bolalarda ularning ta‘lim-
tarbiyasida amalga oshiriladi.
Tafakkur bolaning bog‗cha yoshidagi davridan juda tez rivojlana boshlaydi.
Buning sababi, birinchidan, bog‗cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining
anchagina kо‗payishi, ikkinchidan bu davrda bolalar nutqining nisbatan yaxshi о‗sgan
bо‗lishi, uchinchidan esa, bog‗chada harakatlar qilish imkoniyatiga ega bо‗lishidir.
Bog‗cha yoshidagi bolalar о‗zlaring mustaqil harakatlari davomida atrofidagi turli xil
narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish va nihoyat umumlashtirish kabi fikr
qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi. Bog‗cha yoshidagi
bolalarda xar xil soxalarga doir savollarning tug‗ilishi ular tafakkurining
shakillanayotganligidan darak beradi. Shuning uchun bolalarning savollariga doimo
axamiyat bilan qarash kerak. Bola о‗z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar
25
savoliga axamiyat brmasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi.
Lekin bog‗cha yoshidagi bolalarning hamma savollarigi javob berish qiyin, chunki
ular о‗zlari xali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar xaqida xam savol
beraveradilar.
Odatda har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmasdan, biron narsadan
taajublanish,hayron qolish natijasida hosil bо‗ladi. Juda kо‗p ota- onalar va ayrim
tarbiyachilarga ortiqcharoq savol bersalar, ularni ―kо‗p maxmadona bо‗ma‖, Sen
bunday gaplarni qayerdan о‗rganding‖ – deb jerkib tashlaydilar.
Bolalar beradiga savollarning juda qiziq bо‗lishiga bir necha sabablar bor. –
Birinchidan, bog‗cha yoshidagi bolalao , tevarak – atrofdagi narsa va xodisalarni
qanday bо‗lsa, shandayligicha yani yaxlit xolda xuddi rasmdagidek aks ettiradilar.
-
Ikkinchidan ularda katta odamlardagidek idrok qiladigan narsa va hodisalarni
chuqur analiz va sintez qilish xususiyati xali о‗smagan bо‗ladi.
-
Uchinchidan ularda turli tabiat va jamiyat xodisalarga doir ilmiy tushunchalar
xali tarkib topmagan bо‗ladi.
-
Tо‗rtinchidan, ularning turmush tajribalari juda oz bо‗ladi.Bog‗cha yoshidagi
bolalarning beradigan savollridan ular tafakkurining konkret obrazli xarakterga
ekanligi ham kо‗rinib turadi.Masalan, bolalar quydagi savollarni berishadi:
―Bulutlar nega yuradi?, Osmon katta –mi? yoki yer katta-mi?.
-
Ayrim bolalar xaddan tashqar kо‗p savollar beradilar. Boshqa bolalar esa xech
qachon savol bermaydilar.
Nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari о‗rtasidagi bog‗liqliq
tafakkurning о‗ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Bolalar о‗z yoshiga mos
fikrlash operatsiyalarini egallab olishni umumiy tо‗la shart-sharoitlarga ega bо‗lib
turib, ularda sо‗z mantiqiy tafakkur rivojlanishi ortda qoladi va bunday bolalar
maxsus о‗qitishsiz analiz-sintez, taqqoslash va umumlashtirishni egallashda
qiyinchilikka duch keladilar. Umumiy jismoniy xolsizlanish va lokomoter
(harakatlanish) vazifalari sust rivojlanishi bilan birga harakatlarining rivojlanishida
26
ba‘zi bir ortda qolishlar ham ularga xosdir. Bular harakatni boshqarish yomonligi,
meyorli harakatlarni bajarishda ishonchsizligi, bajarish tezligi va chaqqonligining
pasayishi bilan ifoda etiladi. Eng katta qiyinchiliklar sо‗z kо‗rsatmalari bо‗yicha
harakatlarni bajarishda aniqlanadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar normal
rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur kо‗rsatkichlarida
ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni
qoldirib ketadilar.
Nonutqiy jarayonlarni tо‗g‗ri baxolash nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar atipik
rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‗rnini tо‗ldirishi
imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Bolalarda bilish faoliyatlarini rivojlanishi
tevarak-atrof, kishilar mehnati va bola yashayotgan muhitdagi barcha predmetlar va
narsalarni bilish, о‗rganish orqali ularning idroklari rivojlana boradi.
Idrok –inson analizatori yoki analizatorlar sistemasiga bevosita ta‘sir etuvchi
narsa va hodisalarning butunligicha yoki ularning turli xususiyatlari о‗zaro
aloqasining shakllanish jarayonidir.
Idrok turli sezgilar asosida shakllanadi.
Psixologiyada idrok quyidagilarga ajratiladi: kо‗ruv, eshituv, taktil, tam bilish
va hid bilish sezgilari kabilar.
Idrokning barcha turlarida harakatlagish sezgirligi muhim о‗rin tutadi, biroq
bularni inson kо‗pincha idrok etmaydi. Idrok etishda nutq katta rol о‗ynaydi.
Narsa va hodisalarning sо‗zlar bilan ta‘riflanishi ular orasidagi mavjud о‗zaro
aloqa ta‘minlanishini abstrakqiyasi va umumlashtirilishi idrok etayotganlarning
mazmunini ochishga yordam beradi. Idrokning obyektiv faoliyati inson faoliyatining
ilgarilanganligidir. Shu bilan birga faoliyat, amaliyot idrokning rivojlanishiga
harakatlarning tо‗g‗ri va tо‗la aks etishiga yordam beradi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan
bolalar о‗ziga xos hususiyatlargsha ega bо‗lib, ularda nutqning rivojlanmasligi
natijasida eshituv va nutq zonalarining zararlanishi natijasida idrok rivojlanishi nutqi
tо‗liq rivojlanmagan bolalarda sust rivojlanadi. Ular atrof muhitdagi narsa va
27
hodisalarni kо‗ra biladilar, ularni farqini, ulardagi о‗zgarishlarni bilsalarda nutq orqali
tushuntira bera olishda qiynaladilar.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda kо‗ruv idroqi о‗ziga xos xususiyatga ega.
Kо‗rish analizatorlari atrof olam haqidagi turli xil axborotlarni olishga yordam beradi.
Eksperimental psixologshik usullarning ishlab chiqqanligi tegishli ahamiyat kasb
etadi. Kо‗rish orqali idrok etish juda murakkab ish bо‗lib bu jarayonda kо‗pgina
qо‗zg‗atuvchilar kо‗zga о‗z tasirini kо‗rsatadi. Idrok etishda analiz qanchalik aniq
bо‗lsa, sezish shunchalik tо‗la, kuchli, aniq bо‗lib, ular qо‗zg‗atuvchilarda
defferensial aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |