2.3.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar idrokini tekshirish natijalari.
III BOB.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish
faoliyatini rivojlantirish usullarini takomillashtirish (tavsiyalar berish).
3.1.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini turli faoliyatlarda
rivojlantirish.
Xulosa
Adabiyotlar rо‗yxati
3
Kirish
Prezidentimiz tomonidan 2012 yilni ―Mustahkam oila yili‖ deb e‘lon
qilinishi va Davlat dasturini ishlab chiqishi mazmunida yosh avlodni jismonan
sog‗lom, aqlan teran, ma‘naviy yetuk, ya‘ni xar tomonlma rivojlangan komil inson
bо‗lib yetishishiga jiddiy e‘tibor qaratilgan. Bu о‗rinda alxida yordamga muxtoj
bо‗lgan bolalarni sog‗lomlashtirish, ularni sog‗lom tengdoshlar qatoriga qо‗shish,
ijtimoiy moddiy jixatdan qо‗llab quvvatlash, mustaqil xayotga tayyorlash barcha
tengdoshlari qatorida ta‘lim tarbiya berish, korreksion pedagogik, psixologik
yordamni kо‗rsatish kabi masalalar davlat dasturida alohida qayd etilgan.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 21 yilligiga bag‗ishlangan
tantanali marosimida Respublika Prezidentining tashabbusi bilan 2014 yil ―Sog‗lom
bola yili ― deb nomlanishi bejiz emas. Prezidentimiz о‗z ma‘ruzalarida sog‗lom bola –
sog‗lom ota-ona oilasida vujudga keladi. Sog‗lom bola tug‗ilishida onaning 9 oy
davomida о‗z vujudidagi farzandini dunyoga keltirishda sog‗lom bо‗lishi,
shifokorlarning ona-bola sog‗ligi haqida qayg‗urishlari, onalik va bolalikni himoya
qilishlari, ish joylarida, oilada, sog‗lom muhitni yaratish kabi bir qancha vazifalarni
aytib о‗tdilar.
1
Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish
davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy saloxiyati, iste‘dodi,
mustaqil fikrlashiga bevosita bog‗liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng
dunyoqarashga ega barkamol va ma‘naviy yetuk shaxslarni tarbiyalab yetishtirish
vazifasi, davlatimiz siyosatining ustivor yо‗nalish darajasiga kо‗tarilgan.
1
О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 2014 yil. 3 b.
4
Prezidentimiz I.A. Karimov «Kelajak avlod haqida qayg‗urish, sog‗lom,
barkamol insonni, uning naslini tarbiyalab yetishtirishga intilish, bizning milliy
xususiyatimizdir.
Bizning ustivor siyosatimiz yosh avlodni aqlan teran, ma‘nan yetuk, jismonan
sog‗lom, har tomonlama rivojlangan komil, zukko inson qilib voyaga yetkazishdan
iboratdir. Bugungi kunda alohida yordamga muxtoj bolalar va о‗smirlarga nisbatan
g‗amxо‗rlik, ularning xuquqlarini ijtimoiy qо‗llab-quvvatlash, ta‘lim-tarbiya
jarayonini bu bolalarning ehtiyojini va qobiliyatiga mos ravishda tashkil etish,
sog‗lom jamiyatga tenglashtirish ishlari о‗ta dolzarb masalalardan biridir‖.
О‗zbekiston Respublikasida alohida yordamga muxtoj bolalar va о‗smirlarning
ta‘lim mazmunini takomillashtirish masalalariga e‘tibori davlat tomonidan ortib
bormoqda. О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi va
―О‗zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tо‗g‗risida‖gi qonunda о‗z
ifodasini topadi.
Alohida ta‘limga muhtoj bolalarni ilk yoshdan tashhis qilish , ta‘limga
tayyorlash, psixologik, tibbiy–pedagogik yordamlarni kompleks yо‗naltirilgan holda
sifatli tashkil etish, meyoriy–huquqiy hujjatlarni takomillashtirish,umumta‘lim davlat
standartlarini maxsus ta‘limning barcha yо‗nalishlariga moslashtirish ishlari jadal olib
borilmoqda. Xalqaro miqiyosda imkoniyati cheklangan bolalarga о‗z imkoniyat va
qobilyati darajasida maxsus yoki umuta‘lim muassasalarida ta‘lim berish, sog‗lom
tengdoshlari orasida integratsiyalash tajribalari О‗zbekistonda ham keng targ‗ibot
qilib kelinmoqda. Nutq faqat inson uchun xos bо‗lgan alohida va yuqori darajadagi
aloqa shaklidar. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga
ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va
gramatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о‗z fikrini bayon etish uchun zarur
bо‗lgan sо‗zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‗laydi va
nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.
5
Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо‗lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari
aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak.
Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta sal‘biy ta‘sir
kо‗rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‗ir ruxiy kechinmalar kelib chiqishiga
sabab bо‗ladi. Masalan, ayrim sо‗zlarning notо‗g‗ri talaffuz etilishi kishini noqulay
vaziyatga solib qо‗yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab
qо‗yadi, u gapirganda о‗z fikrini tо‗la anglata olmaydi Olimlar nutq nuqsonini
rivojlanmasligini turli aspektlarda tekshirib tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Gapirmaydigan bolalarga tashxis qо‗yish va ular bilan korreksion ish olib borishni
tо‗g‗ri yо‗nalishini aniqlab beradi.
L.S.Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta‘lim va tarbiyaning
yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofizalogik tadqiqotlar
tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik kо‗p doimiy va
xilma xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional va anatomik
jihatdan yetilishi shunchalik tez sodir bо‗ladi. Alohida funksional tizimlar
rivojlanishini tezlashtirish imkoniyati muammosi xali tо‗liq о‗rganilmagan. Biroq,
kelayotgan axborat oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik xolatiga mos ravishda
bо‗lishini hisobga olish lozim, chunki xar qanday ortiqcha yuklashlar markaziy nerv
tizimi xolatiga salbiy ta‘sir kо‗rsatish mumkin.
Klinik va psixolgo-pedagogik tekishirishlar, bu gurux bolalarida bilish
faoliyatining xarakterli kamchiliklari mavjudligini kо‗rsatdi. Bunday bolalarninig oliy
psixik
faoliyatlarini
tekshirish
jarayoni,
ularda
alohida
gnozis,
praksis
kо‗rinishlarining о‗choqli yetishmovchili mavjudligini kо‗rsatdi. Bu neyropsixologik
va elektro ensefalografik tarqiqotlarda tasdiqlangan. Xususan, geometrik shakllardan
nusxa olishdagi, rasm chizishdagi о‗ziga xos qiyinchiliklar, kо‗ruv-fazoviy
gnozisning shakllanmaganligini kо‗rsatadi.
6
Bu guruxdagi kо‗pgina bolalar umumiy motor kamchiligi bilan farq qiladilar,
ular bir harakat turidan ikkinchisiga qiyinchilik bilan о‗tadilar. U yoki bu harakatli
vazifalarni avtomatik tarzda bajara olmaydilar va hattoki oddiy ritmlarni ham amalga
oshirolmaydilar. Umumiy va oral praksisning buzilishi, bunday bolalr uchun
xarakterdidir.
Kо‗rsatilgan buzilishlar odatda fonematik idorok buzilishi bilan uyg‗unlashadi.
Bunday bolalarda µissiy-irodaviy soµaning shakllanmaganligi aqliy ish
qobiliyatining pastligi, µissiy labillik, goµida µarakat qо‗zg‗aluvchanligi, yuqori
affektiv qо‗zg‗alish, kо‗pincha telbanamo qiliqlar va eyforiya turi bо‗yicha kо‗tarinki
kayfiyat ustunligi holati bilan birgalikda namoyon bо‗ladi.
Ularning ayrimlari uchun aksincha, yuqori darajadagi tormozlanganlik,
ishonchsizlik, sustlik, mustaqil emaslik xarakterlidir. Bu bolalr odatda lanj,
tashshabbussiz, kam harakat bо‗ladilar. Ularning faoliyati samarasiz xarakterga
egadir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning tо‗liq rivojlanmasligi
masalasi yuzasidan R.YE. Levina, V.K.Orfinskaya, S.A.Kovshikov va boshqalar nutq
rivojlanishini turli yо‗nalishlarda aniqlab korreksion ishlar olib borish usullarini
kо‗rsatganlar.
N.N.Traugott nutqni rivojlantirishni tashkil etish; R.YE. Levina
―Gapirmaydigan bolalar nutqini о‗rganish‖; G.I. Jarenkova esa ―Nutqning tо‗liq
rivojlanmasligida grammatik tushunchalarning egallashdagi qiyinchiliklarni
aniqlaganlar.
Nutqning
tо‗liq
rivojlanmasligi
muammosi
yuzasidan.
О‗zbekiston
Respublikasida L.R. Mо‗minova ―Maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqi tо‗liq
rivojlanmagan
bolalarda
korreksion-
pedagok
ishlar
sistemasini
ishlab
chiqqanlar(1991y); ―Nutqning fonetik va fonematik tomonidan buzilishi va uni
bartaraf etish yо‗llari‖ yuzasidan M.Y. Ayupova (1992y); ―Nutqning
rivojlanmasligini sabablarini ikki tillilik blingivizm‖ natijasi ekanligini о‗z
7
tadqiqotlarida YE.A.Babayeva kо‗rsatib bergan. 1991 yilda I.G.Veretennikova
«Tovushlar talaffuzini buzilishi» natijasida grammatik komponentlarini
rivojlanmaganligini va kamchiliklarni korreksion ish yо‗llarini olib borilishi haqida
ilmiy izlanishlar olib borganlar.
X.M.Pо‗latova (1994) о‗z tadqiqot ishlarida ―Nutqning tо‗liq rivojlanmasligining
sababini lug‗at boyligini rivojlanmasligini aniqlab lug‗at faoliyatini faollashtirish
usullari‖ ni asoslab berganlar. Psixologiya fanida olimlar bilish faoliyatini
о‗rganishga xissa qо‗shganlar. «Maxsus psixologiya» fanida Nutqi tо‗liq
rivojlanmagan bolalar bilish faoliyati keng о‗rganilmagan va tadqiqot ishlari olib
borilmagan. Maxsus adabiyotlarni yetarli darajada emasligi tadqiqot mavzuimizning
dolzarbligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |